B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B


Крук М. Современные формы и механизмы корпоративного управления.
М., ИЭ РАН, 2000, с. 254.
11


— rivojlantirish va boshqarish strategiyasida hamda xavf-xatarlami 
boshqarishda kompaniyalarning pinhoniyligi;
— kompaniya kuzatuv kengashi a’zolari va menejerlari ishi samara- 
dorligining rasman baholanishi va boshqalar1.
Korporatsiyalar shakilanishi tahliliga yondashishda alohida e’tibor 
korporativ tuzilmalarga, ularning qurilishi, ichki shakliga murakkab 
integratsiya qilingan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar sifatida qaratiladi. 
Tadqiqotlar asosan korporativ tuzilmalar, ko‘proq xoldinglar va moliya- 
viy-sanoat guruhlarini tashkil qilishning zarurligi, maqsadlari va 
me’yoriy-huquqiy shakllariga bag‘ishlangan. Mavzu jihatidan yaqin 
bo‘lgan muammolar bo‘yicha mutaxassislar yirik korporativ tizimlarda 
ishlab chiqarish va kapital harakati jarayoni va xususiyatlarini tadqiqot 
qilishni o‘z vazifasi deb bilishadi2. Mualliflammg ko‘pchiligi o‘tish iqtiso- 
diyotiga ega mamlakatlarda korporatsiyalarni shakllantirish xususiyatlari
birinchi navbatda xususiylashtirish jarayoni va uning natijalariga bog‘hqligini 
ta’kidlaydilar, ammo iqtisodiyot barqarorlashgani sari texnologik yondo- 
shishlar ustun bo'ladi. Texnologik yondashishda korporatsiyalar texnologik 
aloqa tamoyili bo‘yicha sotib olinadi va birlashtiriladi, yangi sheriklarni 
tanlashning mezoni esa texnologik moslashishdir.
Milliy iqtisodiyotda integratsiya jarayonlarining xususiyatlari sanoat- 
ni boshqarishning yillar davomida shakllangan soha tizimiga bog'liq. 
Rivojlangan bozor munosabatlariga ega mamlakatlarga evolyutsion 
tarzda qariyb ikki asr davomida rivojlanib kelayotgan sanoatning 
korporativ tuzilmasi xos.
2.2. Korporativ tizimlarning mohiyati
Rivojlangan mamlakatlarda sanoat korporativ tuzilmalarni bosh­
qarish tizimi quyidagi ko‘rinishlarga ega:
— yakuniy mahsulot bo'yicha vertikal integratsiya qilingan bo'linmalar 
va divizionlarga ega 100—200 ta yirik korporatsiyalarning mavjudligi;
— ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (funksional majmua bo‘yi- 
cha o‘z ishlarining hajmi 80—90% va to‘liq funksional yakuniy mahsu- 
lotning keng assortimenti);

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə