Bachadon rivojlanishining anomaliyalari


Bachadon bo’ynining psevdoeroziyasi



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#164609
1   2   3   4   5   6
Bachadon rivojlanishining anomaliyalari

Bachadon bo’ynining psevdoeroziyasi — bu diametri 5 mm ga teng bo’lgan dumaloq qizil hududni nazarda tutadi, uning ustida ham yiring hosil bo’lishi mumkin, ayniqsa, kasallik uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bo’lsa, ko’pchilik hollarda esa aynan shunday bo’ladi. Psevdoeroziya qonida ayol gormonlari yuqori bo’lgan qizlar uchun xosdir va bachadon bo’yni kanali chegarasidan tashqariga chiqib ketishi mumkin. Psevdoeroziyaning xavfi uning yomon sifatli shaklga aylanishi mumkinligi bilan bog’liq.
Ba’zan, yosh yoki o’smir qizlarni ko’rikdan o’tkazayotganda, ginekolog bachadon bo’ynida silindrik epiteliya siljishini aniqlaydi, kolposkopiyada esa uni yorqin qizil rangga bo’yalganini ko’rish mumkin. Bu, tug’ma eroziya deb ataladi va uni davolashga hojat yo’q, chunki amalda u hech qachon onkologik kasallikka aylanmaydi.

Bachadon bo’yni eroziyasini davolash


Bachadon bo’yni eroziyasini davolash majburiy hisoblanadi, chunki bu kasallikni e’tiborsiz qoldirish yomon yoki yaxshi sifatli o’smalar, shuningdek, kasallikning og’ir shakllari rivojlanishiga olib keladi. O’z vaqtida o’tkazilgan keng qamrovli davolash nafaqat ayollarning sog’lig’iga hech qanday zarar yetkazmaydi, balki umuman olganda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Albatta, davolanish individual bo’lishi kerak.
Kasallikni operatsiyasiz davolash ham samarali bo’lishi mumkin, bunda muayyan usul kasallikning og’irlik darajasi, kattaligi, shiakstlanish tuzilishi va birgalikda kechayotgan kasalliklar mavjudligiga qarab tanlanadi. Eroziyani davolashning bir bo’lagi sifatida bemorlarga yallig’lanishga qarshi va gormonal, shuningdek antibakterial va antivirus preparatlar, jumladan, mahalliy ta’sir ko’rsatuvchi preparatlar buyuriladi. Yordamchi davolash sifatida odatda immunitetni oshiruvchi va umumiy mustahkamlovchi vositalar belgilanadi. Agar patologiya erta bosqichda aniqlansa, u jarrohlik usullaridan foydalanmasdan ham butunlay davolanishi mumkin.

Jarrohlik usuli bilan davolash


Ba’zi bachadon eroziyasi hollari jarrohlik yordamida davolanishni talab qiladi, ular hozirgi kunda bir necha samarali usulda o’tkazilishi mumkin:


  1. Yüklə 38,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə