Bachadon rivojlanishining anomaliyalari


Davolanishdan keyin nimalar mumkin va nimalar mumkin emas



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə6/6
tarix30.12.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#164609
1   2   3   4   5   6
Bachadon rivojlanishining anomaliyalari

Davolanishdan keyin nimalar mumkin va nimalar mumkin emas


Bachadon eroziyasini davolash usuli qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ba’zi tavsiyalarga amal qilish kerak, jumladan, 6 hafta davomida jinsiy faoliyatni to’liq rad etish. Jinsiy aloqa qilishni davom ettirish faqatgina bachadon bo’yni tekshiruvini o’takzish asosida olingan ma’lumotlarga ko’ra ginekolog ruxsatidan keyin mumkin hisoblanadi.
Bundan tashqari, bu vaqtda vannalar, saunalar, suzish havzalariga borish, hammomga kirishdan saqlanish kerak. Gigienik tamponlarni ham vaqtincha ishlatmaslik tavsiya etiladi. Og’irlik ko’tarish va jismoniy faollik bo’yicha cheklovlar mavjud.
Eroziyani xalqona tabobat yordamida davolash usullari, odatda, u yoki bu vositali tamponlardan foydalanish yoki turli chayishlarni o’z ichiga oladi, ular esa bu patologiyani davolay olmaydi. Biroq, ulardan ba’zilari operatsiyadan keyingi davrda tiklanish uchun yordam beradi.
Bundan tashqari, davolanishdan so’ng, ayollar qin ajralmari holatini kuzatish kerak, ularning ko’payishi tiklanishning normal qismidir. Agar ajralma pushti yoki jigarrang, biroz qon aralashgan shaffof suyuqlik bo’lsa va miqdori ko’p bo’lmasa, u holda tashvishlanishning hojati yo’q. Barchasi asoratlarsiz kechmoqda. Operatsiyadan 8-20 kun o’tgach, bir necha soat ichida yakunlanadigan yengil qon ketishi kuzatilishi mumkin. Bu oddiy fiziologik jarayondir. Ammo agar ajralmalar qonsimon va miqdori ko’p bo’lsa, og’riq va isitma bilan davom etsa, imkon qadar tezroq shifokor bilan bog’lanish yoki tez yordam chaqirish kerak, chunki bunday holat darhol aralashuvni talab qiladi.
Bachadon eroziyasini muvaffaqiyatli davolashdan keyin ayollar homiladorlikni har qanday qo’rquvsiz rejalashtirishlari mumkin. Ayniqsa, bunda barcha surunkali kasalliklar ham davolangan bo’lsa. Zamonaviy operatsiyalardan keyin hech qanday qarshi ko’rsatmalar yo’q, ayniqsa agar eroziya operatsiyasiz davolangan bo’lsa.

Bachadon bo’yni eroziyasini oldini olish


Bachadon bo’yni eroziyasi nima degan savolga javob berib, uni oldini olish choralari haqida gapirmay bo’lmaydi. Eng asosiy va muhim profilaktik chora — bu ginekolog tekshiruvlaridan muntazam o’tib turish (shifokor doimiy bo’lgani yaxshi), shunda shifokor bachadon bo’yni va qin shilliq qavatidagi barcha o’zgarishlarni vaqtida aniqlab, bartaraf etishga kirishadi. Bundan tashqari, reproduktiv tizimning boshqa kasalliklarini davolashga ham e’tibor qaratish lozim, chunki ular shilliq qavatning shikastlanishiga olib kelishi, bu esa kelajakda eroziyaga olib sabab bo’lishi mumkin. Ushbu patologiyada odatda bemor ayolda hech qanday alomat yo’qligi (jinsiy aloqa vaqtida ba’zan noxush his-tuyg’ular va unda keyin kichik qon ketishlardan tashqari) sababli, aniq tavsiyalar mavjud emas.
Albatta, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish va tasodifiy jinsiy aloqalardan qochish bilan doimiy jinsiy hamrohning mavjudligiga e’tibor berish kerak, ammo bu ayol sog’lig’ini saqlashning umumiy normalaridir. Bachadon bo’yni eroziyasini aniqlash va davolash uchun jiddiy oqibatlarni kutmasdan, uni o’z vaqtida aniqlashga faqatgina har olti oyda bir marotaba ginekolog huzurida profilaktik tekshiruvlardan o’tish orqali erishish mumkin. Bu kasallikni oldini olishning asosiy chorasi. Kasallik aniqlanganda undan qo’rqmaslik kerak, ayniqsa bugungi kunda shafqatli juda ko’p usullar mavjudligini hisobga olganda. Buning o’rniga, o’z vaqtida davolanmaslik oqibatlaridan ehtiyot bo’lish kerak, chunki bu saraton kasalligining boshlanishiga qadar turli xil asoratlarga olib keladi. Bugungi kunda eroziya samarali davolanmoqda, shu sababli uni uy sharoitida mustaqil davolashga, xalq tabobati vositlarini qo’llashga hojat yo’q, ular bir ko’rinishda samara berishidek taassurot uyg’otsa ham, mavjud vaziyatni og’irlashtirib yuborishi mumkin.
Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə