Bachadon rivojlanishining anomaliyalari



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#164609
1   2   3   4   5   6
Bachadon rivojlanishining anomaliyalari

Lazerli olib tashlash — eng samarali va eng zamonaviy usuldir, u sog’lom to’qimalarga zarar yetkazmasdan eng yuqori darajadagi aniqlik bilan kesish imkonini beradi. Natijada, operatsiya joyi tezda (4-6 haftagacha) va chandiqlanmasdan tuzalib ketadi. Odatda, lazerli davolash ilgari tug’magan ayollar uchun tavsiya etiladi.

  • Kriodestruktsiya — bachadon bo’yniga suyultirilgan azot bilan ishlov berish, ya’ni uni muzlatish bilan davolash. Azot bilan aloqada bo’lganda, to’qima hujayrasidagi suv kristallga aylanadi, natijada bachadon bo’ynining zararlangan sohasi hujayraviy tuzilmasi buziladi. Bunday holatda tuzalib ketish muddati 8-10 hafta bo’ladi, lekin ushbu davolash usuli keyingi uzoq muddatli shifokor nazorati ostida bo’lishni nazarda tutadi, chunki nosog’lom hujayralar bilan birga sirt qatlamiga ham zarar yetkazilishi mumkin.

  • Diatermokoagulyatsiya — bachadon bo’yni eroziyasini yuqori chastotali elektr toki bilan kuydirish. Bu ayollar konsultatsiyasida ushbu patologiyani davolashning eng keng tarqalgan usul hisoblanadi, ammo u juda og’riqli bo’lib, keyinchalik chandiq hosil bo’ladi. Bunday davolanish farzandlari bo’lgan va tug’ishni rejalashtirmayotgan ayollarga tavsiya etiladi.

  • Kimyoviy koagulyatsiya — bu usulda zararlangan bachadon bo’yni sohasiga kasal hujayralarni yemirishga qaratilgan maxsus preparatlar bilan ishlov beriladi. Bu muolajadan keyin chandiqlar qolmaydi, shuning uchun davolash usuli tug’magan ayollarga ham mos keladi.

  • Radioto’lqinli davolash — eroziyali bachadon bo’yni sohasiga radioto’lqinlarning yuoqri energiyasi bilan ishlov beriladi va to’qimaga hech qanday bosim tushmasligi sababli to’qimalar minimal darajada zararlanadi. Kuyish butunlay mustasnodir, chunki bu usul zararlangan hujayralardagi suv molekulalarining bug’lanishiga asoslanadi. Natijada, chandiq shakllanmaydi va tuzalish vaqti 3-5 haftaga teng. Radioto’lqinli davolash og’riqsizdir.

  • Elektroekstsiziya — bachadon bo’ynining zararlangan hududini kesib tashlash.

    Tug’magan ayollarda bachadon bo’yni eroziyasini davolash shart emas degan fikr mavjud. Ha, agar bachadon bo’yni eroziyasi hajmi kichik bo’lsa, bu ba’zan fiziologik norma hisoblanadi va doimiy nazorat qilishdan tashqari, organizmga boshqa aralashuvlar belgilanmaydi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, hatto bunday kichik eroziya ham infektsiya uchun kirish eshigi hisoblanadi, demak jinsiy a’zolar kasalliklari paydo bo’lishiga bilvosita yordam berishi mumkin.
    Yana bir sababi, oldingi vaqtlarda, tug’magan ayollarga kuchli zarar yetkazmaydigan usullar mavjud emas edi, barchasi chandiq va boshqa murakkabliklar qoldirardi. Ammo bugungi kunda barcha shart-sharoitlar mavjud, shuning uchun eroziyani davolashni kechiktirish kerak emas.

    Yüklə 38,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə