Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyekti


Bahouddin Naqshband hayoti, rahnamolari va shogirdlari



Yüklə 194 Kb.
səhifə2/2
tarix19.02.2022
ölçüsü194 Kb.
#83908
1   2
INF Bahouddin Naqshbandiy

Bahouddin Naqshband hayoti, rahnamolari va shogirdlari

XIV asr O’rta Osiyo tasavvufining yirik namoyondasi, mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi va rahnomosi bo’lmish bu ulug` zotning asl ismi Bahouddin Muhammad ibn Burxonuddin al-Buxoriy bo’lib, islom olamida Hojai buzrug va Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur bo’lgan.

Bahouddin Muhammad 1318 (hijriy 718) yili Buxoroning Qasri Hinduvon (keyinchalik uning nomi bilan yuritilgin Qasri Orifon) nomli qishlog`ida dunyoga keladi.

Hazrat Alisher Navoiy ham Naqshbandning bu joyda tug`ilganligini tasdiqlab, “Xoja Muhammad Boboi Samosiy Qasri Hinduvondan o’tarda der emishlarki, bu tufrog`din bir er (o’g`il bola) isi keladur. Qasri Hinduvon Qasri Orifon bo’lgay”, - deb yozib qoldirganlar.

Naqshbandning onasi Bibi Orifa otasi Sayyia Jamoliddin to’quvchi va naqsh soluvchi usta bo’lgan. Muhammadning buyuk tariqat egasi bo’lib etishuvida so’fiylar bilan yaqindan munosabatdan bo’lgan bobosining xizmati kattadir. Aynan u Muhammadda tasavvuf ilmiga qiziqish uyg`otdi va uni shu yo’lda tarbiyalashga ahamiyat berdi. Bahouddin Muhammad Buxoroda tahsil olgach, uni bobosi Azizxon tariqatining Shayxi Shayx Xoja Muhammad Samosiyga olib borib Shayx uni o’g`il qilib, o’z tarbiyasiga oladi. Samosiy vafoti oldidan o’z xalifasi amir Sayyid Kulolga Muhammadni o’ziga shogird qilib olishni, uni Xojagon tariqati jamoasiga qo’shib, ularning tasavvufiy yo’lini Muhammadga o’rgatishni vasiyat qiladi.

Muhammad, Kulolning zikr doiralarida va tasbeh aytishlarida ishtirok etib, o’z bilimlarini yanada oshiradi. U Abdulxoliq G`ijduvoniyning g`oyibona bashorati tufayli ruhoniya darajasiga erishadi. Manbalarda bu bashorat Bahouddinning tushida Abduxoliq G`ijduvoniyni ko’rgani va u Bahouddinni Sayid Kulolga yuborgani bilan izohlanadi. Biroq Muhammad murshid oldiga kelgunicha, tariqatning haq yo’liga erishib, so’fiy darajasiga etgan edi. Amir Sayyid Kulol Shohobuddinning (XV asr) “Naqomatlari”da va Saloh al- Muborak Buxoriyning “Maqomati Bahouddin Naqshband” kitobidagi rivoyatlarida aytilishicha, Muhammad Amir Sayyid Kulol xizmatiga kelishdan oldinroq dunyoviy hayotning puch-behudaligiga to’la ishonch hosil qilgan. Keyin Naqshband Mavlono orif Dekkironiy dargohida 7 yil xizmat qilgan, so’ng turkiy tasavvufiy shayxlar Kusam shayx va Halil Otalar (u Halil ota dargohida 13 yil xizmat qilgan va uning yaqin hamsuhbati bo’lgan) yo’lida tasavvufiy ta’limotni davom ettirib, kamolotga etkazgan.

Bahouddin go’dakligidanoq atrofdagilarni o’z mo’’jizalari bilan lol qoldirardi. U istasa, yurib borayotgan odamni bir qarashda to’xtatib qo’yar, hatto bulutlarning yo’lini ham o’zgartirishga qodir edi. Bo’lajak alloma etti yoshidanoq Qur’oni karimni to’liq yod oldi. U Arastu va Aflotun Ismoil Buxoriy, Hakim at-Termiziy kabi alloma, buzruk mashoyihlarning, Ahmad Yassaviy, Rametoniy asarlarini tinmay o’qidi, o’zi ham kitoblar yozdi. Rivoyatlarga ko’ra, Sayyid Kulol ushbu iqtidorli shogirdini o’z ro’parasidagi joynomozga o’tkazib, Qur’oni karim suralarini birma-bir takrorlatib, ma’nolarni sharhlab, tushuntirib berar ekan.

Bahouddin Naqshband ikki marta Haj qilgan. Shamsuddin Somiyning “Qomus al-a’lom” kitobida yozilishicha, ikkinchi marta Haj qilganida shogirdi Xoja Muxammad porso unga hamroh bo’lgan. Qaytishlarida Nishopur va Hirotga burilib, ayrim mashhur shayxlar bilan uchrashib, ularning suhbatlaridan bahramand bo’lib, Hirotda bir muddat istiqomat qilib qolgan.



U Buxoroga qaytgach, qolgan butun umrini shu erda o’tkazdi. Amir Kulolning vasiyatiga binoan tasavvuf yo’lining xalifasi (tasavvuf rahnamosi) bo’lib qoldi. Manoqiblarda yozilishicha, Xoja Bahouddin umri oxirlaganini sezgach, Buxoroning karvon saroylaridan biriga borib, holsizlanib yotadi. Atrofida bisyor shogirdlari parvona edilar. Joni uzilayotgan lahzada joynamoz ustida fotihaga qo’l ochib, uzoq o’tirib qoladi va ruhi shu alfozda o’zga olamga ravona bo’ladi. Bahouddin Naqshband 1389 (hijriy 791) yili 73 yoshida vafot etadi va kindik qoni to’kilgan Qasri Orifonda dafn etiladi. Bu haqda Alisher Navoiy ham o’zining “Nasoyimu–l-muhabbat” asarida “Alar (hijriy) etti yuz to’qson birda, robbi-ul avval oyining uchida, dushanba kechasi (73 yoshda) olamdan o’tibturlar,” deb yozganlar.





Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə