Bajardi: Abduyunusova. M



Yüklə 399,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü399,79 Kb.
#134018
1   2   3   4   5   6   7
Notijorat korxonalar marketing

o’zingiz va o’z imkoniyatlaringiz haqida qisqacha ma’lumotnoma 
tayyorlash
. Ma’lumotnoma qisqa bo’lishi va siz haqingizda ish beruvchiga eng 
zarur ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak; 

o’z xodimlarini yollash haqida qaror qabul qiladigan shaxs bilan suhbat 
tayyorlash
. Avvalambor sizni qiziqtirayotgan tashkilotning kadrlar bo’limida sizni 
qabul qilishlariga erishish kerak. Bunday suhbat(intervyu)ga tayyorlanishning 
muhimligi, suhbatning borishi va u tugagandan keyin siznin harakatlaringiz quyida 
bayon qilingan. 
O’zingiz haqida qisqacha ma’lumotnoma tayyorlash q
isqacha ma’lmotnoma 
sizning imkoniyatlaringiz, ma’lumotingiz, oldingi mashg’ulotlaringiz, kasbiy 
tayyorgarligingiz, ish tajribangiz va shaxsiy xislatlaringiz haqida tushuncha berishi 


lozim. Bunda u bir betdan oshmasligi kerak. Ma’lumotnomaning maqsadi – 
potensial ish beruvchilardan ijobiy taqriz olishga erishishdir. 
Birga beriladigan xatni yozish ma’lumotnoma tayyorlashdan 
ko’ra 
qiyinroqdir. Bu xat ishontira oladigan, kasbiy jihatdan chuqur o’ylangan va 
qiziqarli bo’lishi kerak. Xususan, u sizni lavozimga da’vo qilayotgan boshqa 
nomzodlardan yuqori qo’yishi kerak. Har bir tashkilot uchun ushbu tashkilotning 
xususiyatini hisobga olgan holda xat yozish va bosmalash kerak. Xat o’z ichiga siz 
da’vogarlik qilayotgan lavozimnining ta’rifini olish, qiziqarli bo’lishi, siznining 
malakangiz haqida tasavvur berishi va siz bilan qanday qilib aloqaga chiqish 
mumkinligini bildirishi kerak. Xatni jo’natgandan keyin biroz vaqt o’tgach firmaga 
telefon qilish va 
intervyuga erishish lozim. Buning uchun quyidagi ishlar amalga 
oshiriladi

Intervyuga kata tayyorgarlik ko’riladi. Suhbatga kirishuvchilar siz bilan 
suhbatni turlicha olib borishlari, masalan, go’yo «u yoq bu yoqdan» gaplashib 
o’tirgandek, boshqalari yaqinroq tanishishga intilgandek uchinchilari savol ketidan 
savol berib, yarim so’roq shaklida to’rtinchilari nima?, qachon?, va nima uchun? 
kabilarni aniqlashga astoydil urinishadi. Bularga tayyor bo’lmoq kerak. Masaslan, 
biror kishi bilan intervyu o’tkazishni mashq qilib oling, undan o’z tanqidiy 
fikrlarini bildirishni so’rang. 
-
suhbatga kirishuvchining ehtimol tutilgan savollarini o’ylab ko’ring va 
ularga oldindan javob tayyorlab qo’ying; 
-
birining ketidan ikkinchisi keladigan intervyuga yo’l qo’ymang, chunki ular 
holdan toydirishi mumkin; 
-
intervyuga o’ta modaga mos kiyinib kelgandan ko’ra odmiroq kiyinib 
(konservativ) kelgan ma’qul; 
-
suhbatga borishda o’n daqiqa oldin kelgan ma’qul, shunda intervyu 
boshlanishidan oldin 
fikrlarni 
jamlab olishga imkon 
bo’ladi. Suhbat 
o’tkaziladiganlar orasida sizning familiyangiz borligini tekshirib ko’ring, suhbat 
o’tkazuvchining familiyasi va xona raqamini eslab qoling; 
-
o’zingiz to’xtalib o’tishni xohlayotgan asosiy holatlarni takrorlab oling. 
Intervyu jarayonida yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiling. O’zingizni 


tuting. Erkin bo’ling. Vaqti-vaqti bilan jilmayib qo’ying. Suhbat paytida optimistik 
kayfiyatni saqlang. Albatta suhbat o’tkazuvchining ko’ziga qarang, qaddingizni 
to’g’ri tuting, aniq va dona-donaqilib gapiring. qo’llaringizni chalishtirmang, 
bezaklar, sochlarni o’ynab turmang. Stulga o’ng’ay o’rnashib o’tiring. Hatto sizga 
taklif qilishsa ham chekmang. Yoningizda qisqacha ma’lumotnomaning bir nechta 
qo’shimcha nusxasi bo’lsin. O’zingiz haqidagi hikoyani aniq yodlab oling. 
O’zingizning tijorat vajlaringizni bayon qiling. qisqa javoblardan qoching, lekin 
sergap ham bo’lmang. Suhyuatning katta qismida suhbat oluvchiga tashabbusni o’z 
qo’liga olishiga imkoniyat bering, lekin passiv bo’lmang. Suhbatni siz 
suhbatdoshingizga bayon qilishni xohlagan muammolarga burib yuborishga qulay 
imkoniyat toping. Suhbatning yakunlovchi qismi – o’zingizning eng muhim 
vajingizni bayon qilish yoki suhbatni ko’tarinki ruhda tugatish maqsadida siz 
uchun dolzarb bo’lgan savolni qo’yishga eng qulay vaqtdir. 
Intervyudan so’ng. 
Sizga kim javob berishi kerakligi va qarorni qachon kutish mumkinligini 
yozib qo’ying. Sizga berilgan savollar,siz bergan javoblar, o’z dalillaringizni 
bayon qilish va suhbat o’tkazgan kishining konkret vajlarga javob ta’sirini 
(qiziqish, zerikish va sh.k.) nuqtai nazaridan intervyuni ob’ektiv tahlil qilib chiqing 
va eslab qiling, firmaga xat yuboring, unda biror qo’shimcha holatlar va kengroq 
axborot berishga tayyor ekanligingizni bildiring va minnatdorchilik izhor qiling. 
Kelishilgan muddat ichida javob olmasangiz, ishlarning holati haqida bilish uchun 
suhbat o’tkazgan shaxsga yozib yuboring yoki telefon qiling. 
Ishni oxirigacha yetkazishni odat qiling. 
Kelgusida o’zingizni noqulay sezmaslik uchun uchrashgan odamlarning 
ismini eslab qoling. Intervyu davomida sizning manfaatdorligingiz, yetukligingiz, 
ishtiyoqingiz, fikrlashingizning mantqiyligi, firma haqidagi bilimlaringiz darajasi 
va kasbiy bilimlaringizning chuqurligini diqqat bilan baholashadi. Siz esa o’zingiz 
uchun alohida qiziqish uyg’otadigan savollarni berishingiz lozim. Agar hammasi 
yaxshi bo’ladigan bo’lsa, keyin sizni bu tashkilotga ishga olishlari mumkin. 


III.Xulosa 
Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va salohiyati yuqori bo’lsada, 
erishilgan yutuqlar darajasini hali qoniqarli deb bo’lmaydi. Ayniqsa mashinasozlik, 
to’qimachilik, kimyo, qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoati, imkoniyatlaridan 
foydalanish bugungi kun talablariga javob bermaydi. Holbuki, mamlakatimiz 
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda, iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq 
etishda bu tarmoqlarning hissasi juda yuqori bo’lishi lozim. Chunki zamonaviy 
texnika-texnologiya, asbob-uskunalar, nou-xou, ilmiy tadqiqot va tajriba 
konstruktorlik ishlari hamda milliy iqtisodiyot rivojini ta’minlovchi boshqa 
tovarlar shu sohalarda yaratiladi. Ikkinchi tomondan, aynan ular xalq xo’jaligining 
boshqa tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari va boshqa mehnat qurollari 
yetkazib beradi. Bu tarmoqlarning jadal rivojlanishi – jahon bozoriga 
raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berish, mamlakat salohiyatini oshirishning 
muhim omillaridan biridir. Ushbu omillardan oqilona foydalanish uchun korxona, 
tarmoq va nihoyat respublika tashqi iqtisodiy faoliyat(TIF)ini to’g’ri tashkil etish 
va amalga oshirish katta ahamiyatga ega. 
Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularning 
yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini 
tushunish ko’p jihatdan kishilarning tashqi iqtisodiy faoliyat sirlarini, ayniqsa, 
bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va 
xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. 



Yüklə 399,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə