Bajardi: Abduyunusova. M



Yüklə 399,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü399,79 Kb.
#134018
1   2   3   4   5   6   7
Notijorat korxonalar marketing

 
 
 
 
 
 
 
 


II.Asosiy qism 
1.Notijorat korxonalar marketingining mohiyati va axamiyati. 
Ishlab chikarish xajmining usishi, assortimentining kengayishi, ya’ni tovar 
va 
xizmatlarning 
kelib 
chiqishi, 
iktisodiyotdagi 
tarkibiy 
o’zgarishlar, 
menejmentning takomillashuvi va boshqalar korxonaning bozor faoliyatiga, uning 
foydaliligini oshirishga yangicha yondashuvlarni talab qiladi va bular 
marketingning yangi yo’nalishi va konsepsiyalarini shakllantirishda o’z aksini 
topdi. 
Ularga notijorat marketingi misol bo’la oladi. Notijorat marketingining 
shakllanishi va rivojlanishiga asosan, quyidagilar sabab bo’lgan: 

notijorat faoliyatga ob’ektiv zarurat; 

iqtisodiy erkin va mustaqil notijorat faoliyat yurituvchilarning 
mavjudligi; 

bu faoliyat natijasi va erkin notijorat almashinuvining mavjudligi; 

notijorat muxitida raqobatni qo’llash; 

yuqori unumli va foydali notijorat faoliyatni rag’batlantirish va 
xokazolar. 
Bu sabablar bizning notijorat faoliyat va uning marketingi haqidagi bilimimiz 
darajasidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatda mavjuddir va amal qiladi. Uni 
bilish esa shu soha xodimlari faoliyati samarasini yuksakroq qilishi mumkin, 
xolos. Har qanday milliy iqtisodiyot, mamlakat boshqaruv apparati, jamoat 
tashkilotlari, iqtisodiyoti, rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, foyda olishga 
qaratilmagan ko’pgina notijorat faoliyatni ham amalga oshiradi. Bu faoliyat 
natijalari ma’lum jamiyat va uning a’zolarining ehtiyojlarini qondirishga 
yo’naltirilgan va u iste’molchiga maxsus yetkazish organlari marketingi 
vositasida amalga oshirilishi mumkin. Bu faoliyat haqida F.Kotler quyidagicha 
fikr yuritadi: «Marketing insonlar o’z ehtiyojlarini almashinuv yordamida 
qondirish bilan bog’liq har qanday joyda o’z o’rniga ega»
1
. Almashinuv-bu 


biror kishidan hohlagan ob’ektni o’rniga boshqa bir narsa taklif etgan holda 
almashishdir. 
Notijorat marketingi konsepsiyasini qo’llash zaruratining muhim shartlaridan 
biri notijorat faoliyati raqobat muhitida amalga oshishi, notijorat sub’ektlarining 
xizmat, g’oya, konsepsiya, dasturlar va boshqalar «bozori»dagi raqobat 
kurashlarida xarakterlanadi. Bunday kurashga dosh berish yoki unda g’olib 
chiqish hozirgi zamonaviy raqobat muhitida faqatgina marketing usul va 
uslubiyotlari, kommunikatsiya vositalarini qo’llash orqali mumkindir. 
Notijorat marketingi – bu klassik marketing prinsiplariga asoslangan va 
daromad olish bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, 
raqobat muhitidagi notijorat yuridik yoki jismoniy shaxslarning faoliyatidir. 
Notijorat marketingi ham klassik marketingning to’rt asosiy tamoyili negizida 
yaratilgan bulib, buni misollar bilan ko’rib chiqamiz. 
Inson tabiatan o’zining har qanday faoliyatidan mukofot natija olishga intiladi va 
shaxsiy qiziqishni izlash yakuniy hisobda butun jamiyat holatini belgilaydi. 
Masalan saylovchilar parlament a’zolarini saylashga o’zlari saylash bilan deputat 
yordamida davlat boshqaruvidagi ehtiyojlarini qondirishga intiladilar. Ammo 
saylovlarida o’z saylovchilarida xatoga yo’l qo’yishlari mumkin. Notijorat 
marketingi vositalari bu xatoning oldini olish yoki minumumga tushirishga xizmat 
qiladi. 
Ikkinchi tamoyil. Manfaatdorlik xarakteri insonlarning didi, madaniyati va 
hokazolarga asoslangan har xil shaxsiy qarashlari yordami bilan belgilanadi. Agar 
ular jamiyatda qabul qilingan axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qoidalar chegarasidan 
chiqmagan bo’lsa jamiyat ularni qabul va hurmat qilishi lozim. Bu tamoyil jamiyat 
a’zolariga tanlash imkonini beradi. Masalan, pulli va bepul ta’lim yoki sog’likni 
saqlash, armiyada oddiy yoki alternativ xizmat o’rtasida, aniq bir diniy aqidalarni 
tanlash va h.k. 
Ma’lumki insonlar va ular aloqada bo’lgan korxonalar faqatgina erkin va 
raqobatli almashinuv yordamida o’z maqsadlariga erishadilar. Masalan, agar 


prezidentlikka nomzod saylovchilar talablariga mos kelsa, unda partiya saylovlarda 
g’olib chiqadi, elektorat esa o’z xohishini qondiruvchi prezidentga ega bo’ladi. 
Bunda notijorat marketingi vositasida taklif qilinayotgan nomzodni saylovchilar 
ovoziga notijorat «almashinuv»ini amalga oshirishda yuqori natija berishiga 
imkon beradi. 
Bozor iqtisodiyotining «iste’molchining tanlov tamoyili» shuni bildiradiki, odam 
o’z faoliyatiga javobgar va unga nima yaxshi-yu nima yomonligini hal qilishga 
qodir. Masalan, qo’shiq muxlisi erkin ravishda xonandani , dastani, yoki musiqa 
yo’nalishini tanlaydi, bemor - jarrohlik operatsiyasini o’tkazish uchun klinika
o’quvchi – kutubxona, tomoshabin – televizion kanalni tanlaydi va h.k. 
Notijorat marketingi vositasi bu tanlovni to’g’ri yo’lga qo’yishi, samaradorligini 
yuksaltirishi mumkin. 
Notijorat marketingining klassik marketingdan bir qancha xususiyatlar Bilan 
ajralib turadi. 
Birinchidan, notijorat marketingi inson faoliyatini juda keng doirada va foyda 
olish bilan bog’liq bo’lmagan sohasini qamrab oladi. Bu soha tarkibiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: siyosat, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, din, xayriya 
faoliyati, mudofaa va xavfsizlik, ilm, san’at va h.k. 
Notijorat marketingi esa jamiyat a’zolarining quyidagi birinchi darajali va 
hayotiy muhim talablarini to’liqroq va foydaliroq qondirishga yordam beradi: 
fuqarolik, huquq va erkinliklariga, davlat boshqaruvigv ishtirok etishga, 
xavfsizlikka, sog’liqni saqlashga, ta’lim olishga, ijtimoiy, madaniy san’at asarlari 
va h.k.larga talab. 
Notijorat marketing bir vaqtda uch turdagi notijorat sub’ekti guruhlari 
qiziqishlari o’rtasida aloqa o’rnatish muammolarini hal qilishga imkon beradi: 
notijorat faoliyati Bilan shug’ullanuvchi davlat, nodavlat va jismoniy shaxslar. 
Masalan, hukumat, cherkov, «Anti-SPID» fondi, jamoa ilg’orlri va taniqli olimlar, 
artistlar qiziqishlari SPID ga qarshi kurash dasturini amalga oshirish jarayonida 
kesishadi. 



Yüklə 399,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə