Bajardi: Abduyunusova. M


Notijorat mahsuloti va notijorat sub’ektlarining marketing faoliyati



Yüklə 399,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü399,79 Kb.
#134018
1   2   3   4   5   6   7
Notijorat korxonalar marketing

2.Notijorat mahsuloti va notijorat sub’ektlarining marketing faoliyati. 
Notijorat mahsuloti – bu iste’molchiga yo’naltirilgan va notijorat 
almashinuviga mo’ljallangan, notijorat sub’ekti faoliyatining natijasi. Notijorat 
almashinuvi ishtirokchilari buni aniq ehtiyojlarni qondirishga qodir bo’lgan narsa 
sifatida ko’radilar, ammo bunda maqsad va foyda tushunchalariularning tasarrufiga 
qarab umuman boshqa-boshqa bo’ladi. 
I
ste’molchilar uchun notijorat mahsuloti – talab va ehtiyojlarni qondiruvchi 
ichki muhitiga o’zgarishlar kiritish uchun zarur boylik, imkoniyat (naf). Bu 
ko’rilgan naf uchun iste’molchi pul emas balki o’zining javob ta’sirini va 
to’lovning notijorat vositalari (vaqt, hissiyot, jismoniy kuch, harakat va h.k.) Bilan 
hisob-kitob qiladi. 
Jamiyat uchun notijorat mahsuloti bu – iste’molchilarga ularning huquq
erkinlik va majburiyatlari yoki ijtimoiy foydalarini realizatsiyalash imkonini berish 
ko’rinishida bo’ladi. Notijorat mahsulotini iste’mol qilish iqtisodiy jihatdan 
jamiyatni soliq daromadlari bilan boyitmaydi. Aksincha, notijorat mahsuloti ishlab 
chiqaruvchilarni davlat moliyaviy jihatdan ta’minlaydi. 
Notijorat sub’ektlari uchun mahsulot bu – sub’ekt maqsadining moddiy (yoki 
nomoddiy) amalga oshishi, unda iste’molchiga foyda (naf) beruvchi va jamiyatda 
ijtimoiy samara beruvchi, iste’mollik xususiyatlari vositasida qo’lga kiritiladi. 
Notijorat mahsuloti ehtiyojni qondirish jihatdan quyidagi qo’rinishlarga ega: 
mahsulot 
– masalan, bu davlat organi sub’ekti mahsuloti sifatida – 
konstitutsiya; saylovda nomzodning saylov oldi dasturi – siyosiy partiya 
mahsuloti; ta’lim dasturi - o’quv yurtining mahsuloti va h.k. 
g’oya 
– masalan bu jamoa va diniy sub’ektlarining, siyosiy partiyalarning, 
xalqaro tashkilotlarning mos g’oyalari. Masalan, ekologik xavfsizlik – «Grinpis» 
g’oyasi; dunyodagi inson huquqlarining tengligi va kafolati – BMT g’oyasi va h.k. 
Bundan tashqari g’oya notijorat mahsuloti sifatida intellektual mulk hisoblanuvchi 
ishlab chiqarish asosida yotishi mumkin. Asosan, bu holat notijorat faoliyati bilan 


shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarda (rassomlar, yozuvchilar, olimlar, artistlar va 
h.k.) kuzatiladi; 
Xizmat 
– masalan, bu ijtimoiy himoya kabi davlat notijorat sub’ektlari, 
«Qizil Xoch» kabi turli xalqaro notijorat tashkilotlari va h.k.larning xizmatlari. 
Mahsulotlarga narx belgilash xuddi marketing kompleksini ishlab chiqish 
bosqichi kabi, birinchidan, mahsulotlarga raqobatbardosh narxlarni aniqlash 
(chegirma va sotuvni rag’batlantiruvchi to’lov shartlari va h.k.) va ikkinchidan, 
ularning o’z vaqtida qayta ko’riligshi, sub’ekt marketing muhitini o’zgartirib 
turishga yo’naltirilgan qator marketing tadbirlarining amalga oshirilishini talab 
qiladi. Notijorat marketingida klassik yondashuvning o’z mantig’i to’laligicha 
qoladi, ammo notijorat almashinuvidan kelib chiqadigan qator xususiyatlarini kasb 
etadi. Notijorat almashinuvining barcha ishtirokchilari bu marketing kompleks 
vositasini turlicha qabul qilishadi va qo’llashadi. 
Iste’molchi uchun notijorat mahsuloti narxi – bu uning foydasi (naf)ni 
oshiruvchi va to’lovning notijorat vositalari xarajatini iqtisod qiluvchi imkon, 
vosita. Iste’molchi xarajatlarini tejash deganda, asosan to’lovning asosiy vositasi 
pul emas balki vaqt, his-tuyg’u, jismoniy kuch va h.k. lar tushuniladi. 
Aytish joizki, notijorat almashinuvida pul to’lov vositasi sifatida juda 
kam qo’llaniladi, faqatgina moliyaviy resurslarni yetkazuvchi – xayr qiluvchi 
sifatida ishtirok etgan vaziyatdagina qo’llanilishi mumkin. Bu holat marketing 
assosatsiyasi, kasaba uyushmasi, ovchilar va baliqchilar jamiyati, diniy 
konferensiyalar vash u kabilar nodavlat notijorat mahsulotlari sub’ektlari va 
jismoniy shaxslar uchun xarakterlidir. 
Maxsulot narxi q maxsulotga xarajatlar Q foyda 
Ularda 
davlatning 
moliyaviy 
qo’llab-quvvatlashi bo’lmaydi, ammo 
qonunchilikda imtiyozlar mavjud. Ma’lumki notijorat maxsulotining narxi uni 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar (yoki tannarxi) va foyda miqdori 
yig’indisidan iborat bo’ladi.Notijorat sub’ekti mahsuloti ham uni ishlab 
chiqarishga qilingan xarajati va sub’ektining ijtimoiy foydasi – iste’molchining 
marketing ta’siriga javobidir. 


Notijorat mahsuloti narxi almashuv ishtirokchilari nuqtai-nazaridan har xil 
tarkibga ega. Ya’ni ularning har biri o’z xarajatlari, foydalari va xullas o’z 
manfaatlarini nazarda tutib faoliyat yuritadilar. Bu hol ayniqsa notijorat va tijorat 
mahsulotlarining narxlarini shakllanishi va tarkibida yaqqol ko’zga tashlanadi (5- 
jadval) 
5-jadval. 

Yüklə 399,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə