Bajardi: Abduyunusova. M


Siyosiy marketing. Shaxsiy marketing



Yüklə 399,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü399,79 Kb.
#134018
1   2   3   4   5   6   7
Notijorat korxonalar marketing

4.Siyosiy marketing. Shaxsiy marketing 
Siyosiy marketingning asoslarini ijtimoiy muhitda g’oyalar, manfaatlar va 
fikrlarni ilgari surish tashkil qiladi. Siyosiy marketing faqat ko’p fikrlilik jamiyati 
sharoitlarida 
ba’zi guruhiy manfaatlarni ko’zlagan siyosiy 
partiyalar 
faoliyatigagina emas, balki qiyin vaziyatlarda keng jamoatchilik harakatidan 
siyosiy partiyalarga aylanib ketishga moyil bo’lgan turli ommaviy harakatlarga 
ham taalluqlidir. Shu ma’noda AQShda ekologistlar ijtimoiy harakatining yashillar 
ko’pgina mamlakatlarda ish haqqini oshirish harakatini sotsial-demokratlar 
partiyasiga aylanganligi namuna bo’lishi mumkin. 
Siyosiy marketing siyosiy partiyalar, harakatlar va hukumatning faol faoliyati 
orqali tashkillashtirish konsepsiyasi sifatida faqat ba’zi guruhiy manfaatlarni 
himoya qilishnigina emas, balki barcha fuqarolarning manfaatlarini hurmat qilishni 
ham nazarda tutadi.Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun atrofdagi va ichki 
muhitdagi o’zgarishlarga doim moslashish va ularga tegishli aks-ta’sir ko’rsatish 
zaruriyati munosabati bilan siyosiy marketing konsepsiyasi tovarlar va xizmatlar 
marketingi bilan mos keladi. Siyosiy marketingning bosh maqsadi kelishuvlar va 
ancha ziddiyatli manfaatlarni uyg’unlashtirishga intilish orqali jamiyatda eng 
yuqori murosaga erishishdan iborat. 
Shaxsiy va o’z-o’zining marketing konsepsiyasi deganda insonning energiya 
va tashabbusni, tabiat in’om etgan ne’matlarni, egallagan bilimlar va mahorat
shaxsiy tadbirkorlik va faol hayot pozitsiyasini eng yuqori darajada safarbar etgan 
holda raqobat sharoitlarida o’z shaxsini namoyon qilishga tizimli yondashuv 
tushuniladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor tizimi jamiyat barcha a’zolarining hayoti 
va faoliyati uchun ancha qulay sharoitlar yaratadi. Biroq bu shaxsiy farovonligi va 
butun jamiyat farovonligi haqida qayg’uradigan eng faol va mustaqil shaxslarning 
kuch-g’ayratlari evaziga ro’y beradi. 
Shaxsiy marketing 
– shaxsning o’zini o’zi namoyon qilish dasturi, yo’l- 
yo’riqlari va faoliyat mazmunidir. Dasturdagi muvaffaqiyatga erishish vazifasining 
o’zi shaxsni aniq harakatlarga, qo’yilgan maqsadga ketma-ket qadam bosish, 
uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga safarbar qiladi va o’zining jamiyat uchun 


muhim va kerakli ekanligini anlashdan qoniqish hosil qilishga olib keladi. 
 
O’z-o’zining marketingi konsepsiyasi har bir 
shaxsning ma’lum faoliyati
istiqbol dasturini anglatadi. Bu marketing jamiyatning barcha sog’lom a’zolari ega 
bo’lgan asosiy “tovar”ni o’tkazish uchun eng qulay sharoitlar yaratib berishi lozim. 
Bu “tovar” – ishchi kuchi, ya’ni bilimlar, mahorat, talant, professionalizmdir. 
“Tovar” uning egasi uchun eng qulay shartlarda sotilishi uchun bir qator ketma- 
ketlikdagi harakatlar zarur bo’lib, ular tovarlarni sotishning marketing dasturiga 
o’xshashdir: 

o’z o’zini baholashda shaxsni imkoniyatlari qiziqish va hoxishlari o’zida 
aks etadi;asosiy yo’riqnomalar va ishning asosiy turlarining mazmunini o’rganish 
(bu ma’lumotlar turli ixtisoslikdagi o’quv yurtlarida, korxonalar va tashkilotlarda 
mavjud bo’ladi); 

 
qidiruvning maqsadini aniq ifodalash 
(ma’qul ko’rishlarni baholash, davlat 
va xususiy tuzilmalarni mo’ljallash, katta shaharda, katta bo’lmagan posyolkada 
yoki qishloq joyda yashash va ishlash istagi); 

 
real ishchi kuchi bozorini o’rganish va uning imkoniyatlarini baholash 
(sizni qiziqirayotgan lavozimlar bozoridagi bo’sh joylar soni, siz ishlashni 
xohlaydigan tarmoqning holati, ish haqi darajasi va uning ortish istiqbollari
konkret mehnat bozorining boshqa xususiyatlari); 


Yüklə 399,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə