Bank auditi


Ish kuni tugaganidan so’ng pul omborlari muxrlanishi va boyliklar but



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
bank auditi (1)

Ish kuni tugaganidan so’ng pul omborlari muxrlanishi va boyliklar but 
saqlanishi uchun javobgar bo’lgan mansabdor shaxslar bilan birgalikda 
qo’riqlash uchun belgilangan tartibda topshirilishini audit rahbari pul 
omborlaridagi pul va boyliklarni audit qilish to’liq yakunlanguniga qadar 
davom ettiradi. 
Bu vaqtda mansabdor shaxslarning pul omborlariga faqat audit rahbari 
ishtirokidagina kirishiga, pul va boyliklarni uning nazorati ostida qo’yishi yoki 
olishiga ruxsat etiladi. 
Audit qilish rahbari muxrining izi taxtachada audit qilinayotgan bank 
muassasasidagi rahbar xodimlar muxrlarining izidan oldinga joylashtiriladi. 


Audit rahbari surg’uchli muxrining uning imzosi bilan tasdiqlangan hamda 
qo’riqlash uchun topshirish daftaridagi imzosiga qiyoslash uchun namuna 
hisoblanadigan izi to’liq kartonda "Bankni audit qilish rahbari surg’uchli 
muxrining izi namunasi" degan matn bilan rasmiylashtiriladi, sana va imzo 
qo’yiladi, hamda qo’riqlash xizmati boshlig’idan tilxat olib topshiriladi. Pul va 
boyliklarni audit qilish tugaganidan so’ng audit rahbari tilxatni qaytaradi va 
surguchli muxr izining namunasini yo’q qiladi. 
Kassalardagi pul biletlari dastlab bog’lamlar va dastalar, metall tangalar va 
ish haqi to’lash uchun oldindan tayyorlab qo’yilgan pullar qoplarga birkitilgan 
yorliqlar va cheklarga qarab tekshiriladi. Umumiy summa hisob yuritish 
ma’lumotlariga qiyoslanadi. 
Shu xil tekshirishdan keyin naqd pul quyidagi tartibda qayta sanaladi: 
• oborot va kassa operatsiyalarida bo’lgan pul biletlari, hamda tangalar 
nazorat tarikasida to’liq donalab birma-bir sanaladi; 
• mijozlarga berish uchun oldindan tayyorlab qo’yilgan pul biletlari va 
tangalar ma’lumotlari cheklardagi summaga qiyoslanadigan yorliqlardagi 
yozuvlarga qarab tekshiriladi, keyin esa audit rahbari belgilaydigan xajmda 
bog’lamlar, dastalar, shuningdek, birma-bir va donalab to’liq sanaladi; 
• kechki kassadagi naqd pul usha kunning o’zida yoki keyingi kun 
ertalabdan kechiktirmay, birma-bir va tangalar donalab to’liq sanaladi; 
• xaltalar ochilganidan keyin pul sanash kassasida bo’lgan pul biletlari va 
tangalar audit qilish rahbari belgilaydigan xajmda bog’lamlar va dastalar bo’yicha 
hamda birma-bir va donalab to’liq qayta sanaladi. 
Shuningdek, muayyan sanalarning birida bankning savdo va transport 
korxonalari xuzuridagi kassalarda bo’lgan naqd pul tekshiriladi. Pul biletlari 
bog’lamlar va dastalar bo’yicha, tangalar esa qoplarga birkitilgan yorliqlardagi 
yozuvlarga qarab sanaladi. Ma’lumotlar kirim hujjatlaridagi umumiy summaga
kirim bo’yicha kassa daftarlariga qiyoslanadi, keyin esa audit qilish rahbar 
belgilaydigan xajmda birma-bir va tangalar donalab qayta sanaladi. 
Agar audit boshlangan paytda pul sanash kassalarida, kechki kassalarda va 
inkassatorlarning javobgarligida naqd pulli ochilmagan xaltalar bo’lsa, shu xaltalar 
va qoplardagi (ochilgan xaltalar va qoplardagi) pul qoldig’i yuk xatlar, tashrif 
varaqchalari, qabul qilingan naqd pulli xatalar (qoplar) va bo’sh xaltalar hisobini 
yuritish daftarlari, ro’yhatlar, yo’l kaidnomalari, yo’nalish varaqlari hamda 
inkassatorlarga yo’lga chiqish paytida berilgan xaltalar to’g’risidagi 
ma’lumotnomalarda ko’rsatilgan ma’lumotlar bilan qiyoslanadi. Ular bo’lmagan 
taqdirda esa bu xil tekshiruv boshqa kunlarda tusatdan o’tkaziladi. Ayni paytda 
xaltalar va qoplarning butunligi hamda plombalar va muxrlar izi mavjud 
namunalarga mos kelishi tekshiriladi. 
Xaltalar va qoplar shikastlangani, plombalar aa muxrlar tegishli 
namunalarga to’g’ri kelmasligi aniqlangan hollarda shu xaltalar va qoplardagi 
boyliklar birma-bir, tangalar esa donalab to’liq qayta sanaladi. Zarur hollarda qayta 
sanashda ishtirok etish uchun tegishli korxonalar, shuningdek Ichki Ishlar 
Vazirligining vakillari taklif etilishi mumkin. 


Xalq banki muassasalariga etkazib berilishi kerak bo’lgan, pul va boyliklar 
solingan xaltalar (puli qayta sanaladigan xaltalar) shu muassasalar xodimlarining 
xuzuridagika ochilishi mumkin. 
Audit o’tkazilayotgan kuni “Yo’ldagi qog’oz pullar” 10109 va “Yo’ldagi 
tangalar” 10111 hisobvaraqlarda pul qoldig’i bo’lgan taqdirda pul 10101 
hisobvaraqdan chiqarilib, 10109-hisobvaraqka o’tkazilishi qay darajada asosli 
ekanligi tekshiriladi. Bundan tashqari audit qilish jarayonida Toshkent shahar 
hisob-kassa Markazi Bosh boshqarmadan jo’natilgan pullar kelib tushgani 
to’g’risida tasdiqnoma olinishi kerak. 
Shuningdek, Xalq banki muassasalariga etkazish uchun inkassatorlarga 
berilgan pullarning asosliligi ham tekshiriladi. Xalq banki muassasalariga etkazib 
berish uchun ko’rsatilgan summani qiyoslash kerak. g’rliqlarda ko’rsatilgan 
summani hisob yuritish daftarlaridagi yozuvlarga va Xalq banki muassasalarining 
talablariga qiyoslash zarur. Agar inkassa-torlarga berilgan, lekin jo’natilmagan pul 
bo’lsa, uning miqdori, xaltalar va tangalarning butunligi, plombalar izining aniqligi 
va haqikiyligi tekshiriladi, hamda xaltalar belgilangan joyga etkazib berilgani 
nazorat qilinadi. 
Audit qilish rahbarining xoxishiga qarab, bu xaltalar ochilishi va ulardagi 
boyliklar shu xaltalarni qabul qilib olgan inkassatorlar, kassa mudiri, bank 
muassasasining rahbari yoki bosh buxgalteri ishtirokida bog’lamlar va dastalar 
bo’yicha yoki birma-bir qayta sanalishi mumkin. 
Zaxira fondlarida bo’lgan pul biletlari bog’lamlar va dastalarga qarab, metal 
tangalar esa qoplarga birki qilgan yorliqlardagi yozuvlar bo’yicha tekshiriladi. Pul 
biletlari va tangalarning umumiy summasi tegishli daftarlar, kundalik balans 
ma’lumotlariga qiyoslanadi. Daftarlarda chiqarilgan yakunlar turli qiymatdagi 
alohida qoldiq summalarni hisoblash orqali tekshiriladi. 
Shu xil tekshiruvdan so’ng zaxira fondlaridan, Markaziy bank xuzuridagi 
"Davlat belgisi" maxsus ishlab chiqarish birlashmasi, “Toshkent” zarbxonasi, 
Toshket shahar XKM va uning Chilonzor filiali bog’lamlarida bo’lgan pul biletlari 
va tangalar audit qilish rahbari belgilayligan xajmda birma-bir va donalab qayta 
sanaladi. Zaxira fondidan qayta sanash uchun chiqarilgan naqd pullarni Hisob-
kassa Markazining kassirlari auditorlar nazorati ostida qayta sanashlari lozim. 
Auditor kassirga pul biletlari va tangalarni sanash uchun berayotganida 
qog’oz-tasma (yorliq)ni pul biletlari va tangalarning bir qismi bilan birgalikda 
nazorat uchun o’zida olib qoladi. Pul biletlari yoki tangalar qayta sanalganidan 
keyin kassir aytgan summa yoki miqdorni auditor o’zida olib qolgan pul biletlari 
va tangalarning summasi yoki miqdoriga qo’shadi va natija qog’oz-tasma 
(yorliq)dagi ma’lumotlarga qiyoslanadi. 
Umumiy summa o’zaro mos kelganida nazorat uchun qoldirilgan pul 
biletlari yoki tangalar qayta sanash va dastalar (qoplar)ni umumiy tarzda 
belgilangan tartibda tayyorlashch uchun kassirga beriladi. Mos kelmagan taqdirda 
esa bu pullar auditor tomonidan qayta sanalishi va ularni dastlab sanagan kassir 
tomonidan o’rab bog’lanishi kerak. qog’oz-tasmalar, ustki nakladkalar, yorliq, va 
plombalar bog’lamlar (qoplar)dagi pullar to’liq sanalmaguncha auditorda qolishi 
zarur. 


Pullarni qayta sanashni ularni bog’lamlar va qoplarga sanab joylagan kassa 
xodimlariga faqat ayrim hollardagina topshirish mumkin. Kirim-chiqim kassasida 
bitta kassir ishlaydigan banl muassasalarida pulni kassir vaqtincha bo’lmagan 
paytda uning vazifasini bajaruvchi xodim qayta sanaydi. 
Pul sanalganidan keyin dastalardagi qog’oztasmalar va bog’lamlar 
(yorliqlar)dagi nakladkalar auditorlarning imzosi bilan rasmiylashtirilmaydi. 
Audit rahbari pul biletlari bog’lamlarini va tanga joylangan qoplarni turli 
joylardagi pul omborlarida tayyorlanganlaridai, urab-boglash sanasi har xil bo’lgan 
va turli kassirlar tayyorlaganlaridan tanlab oladi. 
To’liq bo’lmagan va yig’ma tarzda tayyorlangan pul biletlari bog’lamlari 
hamda metall tangali qoplar, o’rami shikastlangan, nakladkalari va yorliqlarida 
kassirning imzosi bo’lmagan, shuningdek, o’ramida yoki rasmiylashtirilishida 
boshqa xil kamchiliklari bor pul bog’lamlari va qoplari birma-bir va donalab 
sanalishi kerak. 
Kamomad yoki ortiqcha pul biletlari borligi aniqlangan hollarda ularni 
tayyorlagan kassirning barcha pul bog’lamlari birma-bir qayta sanalishi zarur. 
Audit rahbarining xoxishiga qarab kamomad yoki ortiqcha pul chiqqan qoplardagi 
tangalar ham shunday tekshiruvdan o’tkaziladi. 
Buxgalteriya hisobidan o’tkazilmagan tilxatlar va boshqa hujjatlarda 
ko’rsatilgan summalar kassa qoldig’ini tasdiqlash uchun qabul qilinmaydi va 
kassirdan chiqqan kamomad hisoblanadi. Kassada aniqlangan ortiqcha pul 45994 - 
“Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag’iga o’tkazilishi lozim. 
Agar audit boshlanishida 90131 "Yuldagi muomalaga chiqarilmagan 
banknotlar" hisobvarag’ida qoldiq bo’lsa, pul biletlari va tangalar "Hisob-kassa 
Markazlari omborida saqlanayotgan muomalaga chiqarilmagan pullar" nomli 
90117-hisobvaraqdan chiqarilishi qay darajada asosliligini tekshirishi zarur. Ayni 
vaqtda auditor jo’natilgan boyliklar belgilangan manzilga etib borganini audit 
qilish jarayonida Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasidan tasdiqnoma 
olish orqali nazorat qilishi kerak. 
Markaziy bank muassasalaridan olingan va 93609 "Saqlanayotgan 
qimmatliklar" hisobvarag’ida o’tkazilgan pullar bog’lamlar va dastalarga qarab, 
shikastlangan o’ramdagilari esa birma-bir tekshirib chiqiladi. Ularning har bir 
jo’natma bo’yicha umumiy summasi esa ilova qilingan ro’yhatlardagi ma’lumotlar 
bilan qiyoslanadi. Bundan tashqari, auditor shu hisobvaraqda to’rgan pullar kelib 
tushgan kuniyoq zaxira fondiga yoki aylanma kassasiga o’tkazilmaganning 
sababini aniqlashi shart. 
Boshqa hisobvaraqlardagi boyliklar quyidagi tartibda audit qilinadi: 
• “Naqd chet el valyutasi” nomli 10511-hisobvarag’ida chet el valyutasi, yo’l 
cheklari va chet el valyutasidagi boshqa xil to’lov hujjatlari bog’lamlar va 
dastalarga qarab, tangalar esa qoplar (lotoklar)ga birkitilgan yorliqlardagi yozuvlar 
bo’yicha tekshiriladi. Bunda erkin ayirboshlanadigan barcha valyuta va unga 
tenglashtirilgan valyuta hamda xorijiy valyutadagi to’lov hujjatlari yalpisiga 
birma-bir va donalab tekshiriladi; 
• agar audit boshlangan paytda xorijiy valyuta va to’lov hujjatlari 
ayirboshlash punkti xodimiga hisob berish sharti bilan topshirilgan bo’lsa, ularning 


summasi audit ertalab boshlangan holda ayirboshlash punktining avvalgi kun 
hujjatlari bo’yicha tuzilgan hisobotidagi, audit kunning ikkinchi yarmida 
boshlangan holda esa, shu kungi hisobotdagi ma’lumotlar bilan qiyoslanishi kerak. 
Ayni vaqtda ayirboshlash punktiga qo’shimcha boyliklar berish va ular etarli 
bo’lishi tartibiga rioya qilinishi tekshiriladi
• "Oltin va boshqa qimmatbaho metallar" nomli 10200-hisobvaraqda 
hisobga olingan oltin va boshqa qimmatbaho metallar tarozida tortish orqali, to’liq 
vaznli tangalar esa donalab tekshiriladi. Banklarning shahar (operatsiya) 
boshqarmalari (bo’limlari)da O’zbekistan Respublikasi banklarining bo’limlari va 
agentliklaridan kelgan, qimmatbaho metallar joylangan ochilmagan jo’natmalar 
ularda ko’rsatilgan ma’lumotlarni bank muassasalarining shu jo’natmalarga 
tegishli ro’yhatlaridagi va jo’natmalarni hisobini yuritish daftarlaridagi 
ma’lumotlar bilan qiyoslash orqali tekshiriladi. Ayni vaqtda jo’natmalar 
o’ramining to’g’riligi ham tekshiruvdan o’tkaziladi; 
• Kassirga hisob berish sharti bilan topshirilgan davlat boji markalari 
yalpisiga donalab, pul omborida bo’lgan markalar esa audit qilish rahbari 
belgilaydigan xajmda tanlov asosida sanaladi. Amaldagi qoidalarga zid ravishda 
uralgan bog’lamlardagi markalar birma-bir qayta sanalishi shart. Pul omborida va 
kassirning hisobdorligida bo’lgan markalar bir vaqtnnng o’zida qayta sanaladi. 
Agar teshirishni bir paytning o’zida olib borish imkoni bo’lmasa, avval kassirning 
hisobdorligidagi markalar, keyin esa pul omborida saqlanayotgan markalar 
sanaladi. Markalarning umumiy summasi hisob berish sharti bilan topshirilgan va 
donalab sanalgan turli qiymatdagi qoldiq markalarning summasini pul omborida 
saqlanayotgan qoldiq markalar summasiga bog’lamlardagi yozuvlarga qarab 
kushish orqali aniqlanadi; 
• "Saqlanayotgan qimmatliklar" nomli balansdan tashqari 93609-
hisobvaraqda turadigan chet el banklari va muassasalarining yo’l cheklari, 
Markaziy bankning chet el valyutasini sumga ayirboshlash to’g’risida 377-
shakldagi ma’lumotnoma daftarchalari, omonat daftarchalarining blankalari, 
mehnat daftarchalari va ularga ilovalar bog’lamlar va daftarlar bo’yicha qayta 
sanaladi, ularning umumiy summasi buxgalteriya va kassadagi analitik hisob 
ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. So’ngra bu hujjatlar (boyliklar) audit qilish rahbari 
belgilaydigan xajmda birma-bir sanaladi. Ushbu hisob-varaqda hisobga olinuvchi 
boshqa blankalarni tekshirish zarurati va tartibini ham audit qilish rahbari 
belgilaydi; 
• “Saqlanayotgan qimmatliklar” nomli balansdan tashqari 93609- 
hisobvaraqda turadigan boyliklar va hujjatlar yalpisiga sanaladi. Bunda 
muxrlangan ko’rinishda qabul qilingan boyliklar o’ramdagi yozuvga qarab, 
ro’yhatlar bo’lgan taqdirda esa o’ramda ko’rsatilgan summalarni ro’yhatlarda 
ko’rsatilgan summalarga qiyoslash orqali tekshiriladi. Saqlash uchun qabul 
qilingan, o’rami yoki muxri shikastlangan boyliklar ularni topshirgan tash-
kilotning vakili xuzurida tekshiriladi; 
• 91816-hisobvaraqda hisobga olinadigan uzok muddatli qarzlar bo’yicha 
majburiyatnomalar va uy sotib olgan fuqarolarning majburiyatnomalari hisoblab 
chiqiladi va ularning summasi hisob yuritish ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. 


Bundan tashqari, majburiyatnomalar va ularga ilovalar to’g’ri rasmiylashtirilgani, 
shuningdek, qarzlar vaqtida qaytarilgani tekshiriladi. 
Yuqorida ko’rsatilgan hisobvaraqlarda hisobga olinuvchi boyliklar qayta 
sanalganidan keyin ular oborot kassasidagi Naqd pul va boshqa boyliklar, zaxira 
fondlari, kundalik balans va analitik hisob daftarlaridagi ma’lumotlar bilan 
qiyoslanadi. 
Audit qilish jarayonida kamomad, to’lovga kobiliyatsiz yoki ortiqcha pul va 
boyliklar aniqlangan holda dalolatnoma tuziladi. Ana shu asosda kamomad 
summasidan (xatto etishmagan pul aniqlangan zaxoti joyiga qo’yilgan bo’lsa ham) 
kamomad yoki to’lovga kobiliyatsiz pul kassa chiqimi hisobidan chiqarilib, 19909-
hisobvaraqga o’tkazish orqali o’ndirib olinadi, ortiqchasi esa bank daromadiga olib 
boriladi. Zaxira fondlarida etishmayotgan summa shoshilinch tarzda oborot kassasi 
hisobidan to’ldiriladi. Audit rahbari kassalardagi yirik xatolar to’g’risida UzR MB 
ning tegishli Bosh boshqarmasiga o’z vaqtida xabar berilishini nazorat qiladi, 
hamda bunday hollarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ko’rilgan chora tadbirlarning 
samaradorligini tahlil qiladi Davlat boji markalari va boshqa boyliklar bo’yicha 
kamomad va ortiqcha pul hisobini yuritish tartibi 42-yo’riqnomaning tegishli 
bandlarida ko’rsatilgan. 
Boyliklar bilan o’tkaziladigan operatsiyalarni hujjatlar asosida audit qilish 
analitik hisob oborotlarini oldindan yoki keyin hisoblash va olingan yakunlarni 
oylik oborot qaydnomalaridagi ma’lumotlar bilan qiyoslash orqali amalga 
oshiriladi. Balansdan tashqari hisobvaraqlar bo’yicha, bulardan tashqari, shu 
qaydnomalarda ko’rsatilgan qoldiqlar to’g’riligi tekshiriladi. 
Balansdagi “Yuldagi qog’oz pullar” 10109 va “Yuldagi tangalar” 10111 
hisobvaraqlar bo’yicha kreditga doir operatsiyalar to’g’riligi va asosli ekanligi 
tekshiriladi. 
Davlat boji markalarining chiqimi audit qilish raxbari belgilaydigan xajmda 
tekshiriladi. 
Chiqim uchun hisobdan chiqarilgan davlat boji markalarining umumiy 
summasi har bir kun uchun kirim kassa orderlari va maxalliy byudjet 
hisobvaraqlaridagi tegishli yozuvlar bilan qiyoslanadi. 
Agar markalar audit qilinayotgan muassasadan banklarning boshqa 
muassasalariga jo’natilgan bo’lsa, markalarni hisobdan chiqarish qanchalik asosli 
ekanligi dastlabki hujjatlar va markalar olingani to’g’risidagi tasdiqnomalar 
bo’yicha tekshiriladi. 
Kamomadga bog’liq holda chiqim uchun hisobdan chiqarilgan markalar 
bo’yicha ularning qiymati balansdagi 19909-hisob-varaqka kiritilgani va aybdor 
shaxslardan o’ndirib olingani aniqlanadi. 
Bosh boshqarmalarini audit qilishda shikastlangan markalarni hisobdan 
chiqarish qanchalik asosli ekanligi ularni yo’q qilish to’g’risidagi dalolatnomalar 
bo’yicha tekshiriladi. 
“Ko’zda tutilmagan holatlar” hisobvarag’i bo’yicha kirim va chiqim 
operatsiyalarini amalga oshirish qanchalik asosli ekanligi balansdan tashqari 
orderlar, boyliklarning ro’yhatlari, ishonchnomalar, tegishli tashkilotlarning 


talabnomalari, boyliklarni jo’natishga doir pochta kvitantsiyalari va boshqa 
hujjatlar bo’yicha tekshiriladi. 
Inkassatsiya apparati kassasini audit qilish boshlanganidan oldingi kunda, 
hamda kassa audit qilinishi boshlangan kuni operatsiya soatlarida topshirgan 
tushum, shuningdek, temir yo’l bekatlari aloqa bo’limlari, jamg’arma kassalari va 
banklarning, savdo hamda transport korxonalari xuzuridagi kassalaridan xaltalarda 
kelib tushgan pul oborot kassasiga to’liq kirim qilingani tekshiriladi. Masalan, 
kassa 15 yanvarda audit qilinayotgan bo’lsa, inkasso qilingan tushum qanchalik 
to’liq ko’rsatilgani 14 yanvardagi buxgalteriya hisobiga qarab tekshiriladi. 
Bunday audit qilish inkasso qilingan tushumning dalolatnomalarda, 
inkassatorlardan naqd pulli xaltalar va qoplarni qabul qilib olish hisobini yuritish 
daftarlarida, yo’l qaydnomalari va ro’yhatlarda ko’rsatilgan turli qiymatdagi qoldiq 
summalarni hisoblash hamda ortiqcha pul va kamomad summalari hisobga olingan 
yakunlarni kassa va buxgalteriya daftarlaridagi tegishli ma’lumotlar bilan 
qiyoslash orqali amalga oshiriladi. 
Shu bilan bir qatorda xaltalarning ilova qaydnomalarida ko’rsatilgan 
sanalar, summalar va raqamlar tashrif varaqchalari va qayd etish daftarlari (yo’l 
qaydnomalari va ro’yhatlar)dagi ma’lumotlarga qiyoslanadi. Audit rahbarining 
ixtiyoriga ko’ra, xaltalarning ilova qaydnomalarida ko’rsatilgan sanalari, 
summalari va nomerlarini qiyoslash o’rniga inkasso qilingan tushumni ilova 
qaydnomalari va tashrif varaqchalari bo’yicha xisoblab chiqish mumkin hamda 
olingan yakunlar qayd etish daftarlari, kassa va buxgalteriya daftarlaridagi 
ma’lumotlar bilan qiyoslanadi. 
Audit qilinayotgan bank muassasasiga kelib tushgan Naqd pulning barchasi 
to’liq kirim qilinganini aniqlash maqsadida keyingi kundagi kassa hujjatlari 
bo’yicha sanalari tuzatilgan kirim hujjatlari bor yo’qligi, shuningdek, bankka kelib 
tushgan pul tushumi hisobga to’liq kiritilgani va shu summalar shu kungi kirim 
kassa hujjatlariga mos kelishi savdo hamda boshqa tashkilotlarning shaxsiy 
hisobvaraqlari bo’yicha tanlov asosida tekshiriladi. 
Chiqim kassa operatsiyalari to’g’ri o’tkazilgani va buxgalteriya hisobida 
to’g’ri ko’rsatilgani tekshiriladi. Shu maqsadda chiqim kassa hujjatlarining 
summalari hisoblanadi va hisobot ma’lumotnomalarining umumiy summasi bilan 
qiyoslanadi, keyin esa kunlar bo’yicha yakunlar balansdagi "Kassadagi banknotlar" 
10101 va “Kassadagi tangalar” 10103-hisobvaraqlarning yoki bankning operatsiya 
kassalaridagi 10101 va 10103-hisobvaraqlarining ombor daftari va sintetik 
varaqchada ko’rsatilgan debet hamda kredit oborotlariga taqqoslanadi, agar ular 
o’rtasida fark aniqlansa bunday tekshiruv mas’ul ijrochilar bo’yicha o’tkaziladi. 
Muayyan vaqt mobaynidagi barcha kassa chiqim hujjatlari (pul cheklari, chiqim 
kassa orderlari va boshqalar)ning summalari mijozlarning hisob-varaqlari, bank 
ichidagi va boshqa hisobvaraqlarning debet qismidagi yozuvlarga qiyoslanadi va 
ayni paytda hujjatlarning rasmiylashtirilishi hamda imzolar va muxrlar bankka 
berilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi. 
Emissiya-kassa intizomiga rioya etilishi, jumladan, muomalaga pul 
chiqarishning qonuniyligi tekshirilishi shart. Tekshiruv kassa orderlari va 


balansdan tashqari orderlar, emissiya telegrammalari bo’yicha o’tkaziladi. 
Telegrammalarning rasmiylashtirilishi kodlar, kalitlar 04028152-shakldagi qayd 
etish daftaridagi yozuvlar bo’yicha emissiya ruxsatnomalarining kelgan va 
foydalanilgan sanasi ular amalda kelgan va foydalanilgan sanaga mos kelishi, 
shuningdek, ulardan foydalanish muddatlariga rioya etilishi tekshiriladi.
Bunda ushbu kassaning hisobchi-kassirlari operatsiya kuni mobaynida va ish 
kuni oxirida operatsiya o’tkazish qoidalariga rioya qilishlariga e’tibor beriladi 
(audit qilish davridagi holatlar ko’zatish orqali, bir necha kun avvalgi holatlar esa 
nazoratchi va hisobchi-kassirning nazorat qaydnomalaridan imzolari orqali ko’rib 
chiqiladiki, ular kassir qayta sanagan pul summasi nazorat qaydnomasidagi 
ma’dumotlarga mos kelishi qiyoslanganidan dalolat beradi); 
• kassa mudiri (oborot operatsiya kassasining kassiri) ish kuni mobaynidagi 
kassa oborotlari to’g’risida 04028111-sintetik ma’lumotnomani tuzishi, hamda shu 
ma’lumotnoma yakunlari kassa oborotlarining summalariga umumiy buxgalteriya 
daftari va sintetik varaqcha bo’yicha qiyoslanishi; 
• ish kuni oxirida bosh buxgalter (uning muovini) oborot (operatsiya) 
kassasidagi naqd pul va boshqa boyliklar hisobini yuritish daftarida ko’rsatilgan 
boyliklar qoldig’ini tegishli hisobvaraqlarning qoldig’iga doir ma’lumotlarga 
sintetik varaqlar bo’yicha qiyoslashi. Bundan tashqari bosh buxgalteriya (uning 
muovini) daftarchadagi ma’lumotlarni keyin kundalik balans tuzilgan zaxoti u 
bilan uzil-kesil qiyoslashini aniqlash, hisobvaroqlardagi qoldiqlarni 04028120 va 
04028141 shakldagi daftarlarda ketma-ket 5-10 kun mobaynida ayniqsa-tuzatishga 
yo’l qo’yilgan sanalarda kundalik balanslar bilan qiyoslab borish; 
Boyliklar but saqlanishi uchun javobgar bo’lgan mansabdor shaxslar (bank 
muassasasi rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri) amaldagi naqd pul va 
boyliklarni ularning har bir harakatida (zaxira fondlariga pul o’tkazilishi yoki 
zaxira fondlaridan pul olinishida) buxgalteriya hisobidagi, zaxira fondlari hisobini 
yuritish daftaridagi ma’lumotlarga qiyoslab tekshirilishi, oborot kassadagi naqd pul 
va boshqa boyliklar hisobini yuritish daftaridagi ma’lumotlarni esa ishkuni tugab, 
boyliklarni qo’riqlash uchun topshirish paytida tekshirib borishi. Zaxira fondlariga 
qo’yiladigan pullarni boyliklar but saqlanishi uchun javobgar shaxslar bog’lamlar 
va dastalar bo’yicha sanashi, hamda orderda ko’rsatilgan summa bilan qiyoslashi 
kerak; 
pul va boyliklarni bank ichida, shu jumladan, operatsiya zali va boshqa 
xonalar orqali tashish. Boyliklar liftda tashilgan paytda eshiklar kodi ular binoning 
istalgan qavatida liftdan foydalanib to’rgan xodim tomonidangina ochilishini 
ta’minlashi kerak. Naqd pul, tushum solingan va ochilmagan inkassatsiya xaltalari 
hamda boshqa boyliklarning bir qismini qabul qilish-topshirish va tashishda 
summalar berilgani to’g’risidagi hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilgani (imzolar 
borligi) boyliklarning kolgan qismi saqlanishi qoidalariga rioya etilishi tekshiriladi; 
• inkassatsiya qilish va tashishda pul va boyliklar but saqlanishini 
ta’minlash. Shu jumladan, banklarning savdo va transport korxonalari xuzuridagi 
kassalarida boyliklar qabul qilinishi-topshirilishi, ayirboshlash punktlarida esa 
boyliklar tashish uchun olib chiqilishi qoidalariga, pul tushumli inkassatorlik 


xaltalari kechki kassaga topshirilishi (guruxlar to’rejaib qolishiga, bir qancha guruh 
boyliklar solingan xaltalarni bitta kassirga topshirish uchun bir vaqtda 
tayyorlashiga yo’l qo’yilayotgani), muassasalar o’sha kunning o’zida qabul 
qilmagan boyliklar but saqlanishi qoidalariga rioya qilinishi. Katta inspektor 
boyliklar etkazib berilishiga tegishli hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etishi. Auditor 
bu ishlarni shaxsan ko’zatish orqali, shuningdek, boyliklar uchun yozilgan hujjatlar 
asosida tekshiradi: 
• kassirlar mijozlarga kassadan pul berish tartibiga rioya qilishlari; 
• muassasaning bosh buxgalteri pochta xabarnomalari va 0428126-shakldagi 
qaydnoma daftar asosida kassa boyliklarni pochta muassasasidan o’z vaqtida olishi 
va to’liq holda kirimga kiritishini har kuni nazorat qilib borishi; 
• muxrlar, plombirlar, kassirlarning nomi yozilgan to’rtburchak muxrlar, 
kalitlar (shu jumladan, shikastlangan hamda vaqtincha zaxirada to’rgan kalitlar)ni 
saqlash qoidalariga rioya etilishi. 
Audit qilish jarayonida quyidagi hujjatlar asosida tekshiriladi: 
• pul va boyliklarni audit qilish qoidalariga rioya qilinishi va shu maqsad 
uchun tayinlangan shaxslarning tarkibi to’g’risida buyruqlar borligi. Audit 
o’tkazishga jalb etilgan xodimlarning tayyorgarlik darajasiga va audit o’tkazish 
sifatiga e’tibor beriladi. Bunda audit dalolatnomalarida ko’rsatilgan qoldiqlar 
04028120 - shakldagi daftarda va balansda ko’rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi 
tekshiriladi. Zaxira fondlaridagi pul va boyliklarning nazorat tariqasida qayta 
sanalgan summasi ular olib chiqilishiga daxldor. 04028123-shakldagi daftar 
ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. Audit o’tkazishga sarflangan vaqt 04028161-
shakldagi post daftaridagi qaydlarga qarab aniqlanadi va audit o’tkazish uchun 
amaldagi imkoniyat (kassani yopish va boyliklarni qo’riqlash uchun topshirish 
vaqti, audit qilish rahbarining qo’shimcha imzosi borligi) belgilanadi; 
- kassadan bank xodimiga hisob berish sharti bilan topshirilgan 0402004- va 
0402005-shakldagi kvitantsiya daftarchalarining hisobini yuritish, shu daftar 
blankalari ishlatilishini nazorat qilish holati. Hisobdor shaxslarda kvitantsiya 
daftarchalari 
borligi 
va 
hisobdor 
shaxslar 
vaqtincha 
almashtirilganda 
kvitantsiyalarning ishlatilmagan blankalarini boshqa shaxsga berish tartibiga rioya 
etilishi; 
• kassa xodimlari va inkassatorlarni ishga qabul qilishni rasmiylashtirish. 
Ularga maxsus shakldagi guvoxnomalar berish, guvoxnomalar hisobini yuritish va 
saqlashning ayrim ko’rsatmalarda xabar qilingan tartibi; 
• audit boshlanishidan oldin muxrlar va plombirlar amalda borligi va ular 
belgilangan namunadagi hisob yuritish daftaridagi ma’lumotlarga mos kelishi (bu 
daftarni O’zbekistan Respublikasi Markaziy Banki muassasasining rahbari yoki 
uning yozma farmoyishiga binoan, boyliklar bilan operatsiya o’tkazishga aloqador 
bo’lmagan xodim yuritadi), kassa xodimlariga birkitib qo’yilgan plombirlar va 
muxrlardan to’g’ri foydalanilishi ularning izlarini pul va boyliklar nazorat 
tariqasida qayta sanalganidan so’ng pul biletlarining bog’lamlarida va tangali 
qoplarning tizimchalarida kolgan plombirlar va muxrlar iziga qiyoslash orqali 
tekshiriladi; 


• inkassatsiya xaltalarining hisobi yuritilishi, ular inkassatsiya xodimlari yoki 
kassa mudiriga berilishi tartibi, farqlanuvchi yo’li bo’lgan xaltalarning saqlanishi, 
berilishi hamda qaytarilishi nazorat qilinishi, shuningdek metall tangalarni saqlash 
va tashish uchun xaltalar hisobini yuritish. 
Audit qilish jarayonida kassa operatsiyalari bo’limining boshlig’i pul va 
boyliklar but saqlanishi ta’minlanishi va saqlash qoidalariga rioya etilishi 
yuzasidan chorak mobaynida o’tkazadigan tekshiruvlarni rejalashtirishning holati 
va shu tekshiruvlarning sifati, shuningdek, har bir ish sohasidagi kassa ishlarining 
tashkil etilishi ko’rib chiqiladi. 
Audit qilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish va mijozlarga 
hisob-kassa xizmati ko’rsatishni yaxshilash yuzasidan bank muassasalari 
ko’rayotgan chora tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi. 
Shuningdek, auditor mijozlar inkasso qilinayotgan pul tushumini qayta 
sanashiga doir ishlarning ahvolini tahlil etishi lozim. 
Bank muassasasini audit qilish jarayonida unga karashli alohida kassalar-
muayyan Xalq banki bo’limlarida tashkilotlar-ning tushumi topshiriladigan kassa 
punktlarida bo’lgan pul va boyliklar, shuningdek, shu kassalarda amalga 
oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligi, bu operatsiyalari bankning 
buxgalteriya hisobida to’g’ri aks etgirilishi, pul va • boyliklarni saqlash tartibiga 
rioya qilinishi tekshiriladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə