Bank tarixi


Identifikatsiya ma'lumotlarini yangilash



Yüklə 5,98 Mb.
səhifə16/19
tarix23.02.2023
ölçüsü5,98 Mb.
#101368
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Amaliyot

5. Identifikatsiya ma'lumotlarini yangilash:
Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi bank tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
6. Bankdagi hisobvaraqlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar va mijozning faoliyatiga oid qo'shimcha ma'lumotlar va hujjatlarni bank tomonidan so'rash:
Bankdagi hisobvaraqlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar va mijozning faoliyatiga oid qo'shimcha ma'lumotlar va hujjatlarni bank tomonidan so'rash
Bank va Bank mijozlarining ishbilarmonlik obro'sini kerakli darajada va "Mijozingizni biling" tamoyili doirasida saqlab qolish uchun Bank shuningdek quyidagi hujjatlarni mijozdan taqdim qilishini so’rashi mumkin:
– Hisobvaraq bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar.
– Amalga oshirilgan operatsiyalarning iqtisodiy ma'nosi bo'yicha yozma tushuntirishlar.
– Pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqish manbalari va ularni sarflash maqsadlari to'g'risidagi ma'lumotlar/hujjatlar.
– Moliyaviy-xo'jalik faoliyatining maqsadlari, moliyaviy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlar/hujjatlar.
– Mijozning asosiy kontragentlari haqida ma'lumot.
– Aloqador kompaniyalarda hisob-kitoblar ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar, aloqador kompaniyalar guruhidagi rollar haqida ma'lumot.
– Uchinchi shaxslar manfaati uchun operatsiyalarni amalga oshirishda benefitsiarlar to'g'risidagi ma'lumotlar/hujjatlar.
– Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va faoliyatning xususiyatiga muvofiq boshqa hujjatlar / tushuntirishlar.
Bank tomonidan so'ralgan hujjatlar va/yoki ma'lumotlarning hajmi, ularni taqdim etish va ko'rib chiqish muddatlari mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va uning faoliyatining xususiyatini hisobga olgan holda Bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Yüklə 5,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə