Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

7
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Amaliy mashg‘ulot
Bilasizmi?
Jamoaviy mashg‘ulot
Milliy uslubda qad rostlagan binoda osig‘liq Vatan bayrog‘ini ko‘rishim
bilan to‘lqinlanib ketdim. Tanish ohang qulog‘imga chalindi:
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
«Keling, bir piyola choy ichib keting!» deya samimiy manzirat qilayot-
gan zardo‘z nimchali ofitsiantga nam ingan ko‘zlarimni tikkancha,
«Bayram muborak bo‘lsin! Bayram muborak, vatandosh!» deyman xursand-
chilik bilan.
Koreyadagi o‘zbek talabasining kundaligidan
1. Yuqoridagi matnga sarlavha tanlang.
2. Oilangizdan uzoqda nimalarni his qilasiz?
3. Mahalla-qishlog‘ingiz yoki shahringizdan uzoqda bo‘lsangiz-chi?
4. Olisdagi insonlar qanday sabablar tufayli yana Vatanga qaytadilar?
5. Vatanimiz tarixida yurtni himoya qilib, dushmanga qarshi kurashgan
kimlarni bilasiz?
Ma’naviyat xazinasidan
Tasavvur qiling, rassom quyidagi hikmatlardan biriga surat ishla- 
moqchi. Unga bu fikrlarni suratda ifodalash uchun g‘oya bering.
Ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli eng go‘zal narsalar bunyod
bo‘ladi.
Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin.
Soyasida o‘tirmasligini, mevasini yemasligini bilsa ham, daraxt
ekkan inson, hech bo‘lmasa, hayotning mazmunini tushuna boshlabdi.
Inson Vatanini sevgani bois ham dunyo obod bo‘lgan.
Ali ibn Abu Tolib
«Vatan» atamasi arabcha so‘z bo‘lib, «tug‘ilgan makon», «ona yurt»
ma’nosini anglatadi. Vatan – bu insonning tug‘ilib o‘sgan yeri, uning
go‘daklik chog‘idanoq mehr qo‘ygan maskanidir.


I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
8
@edurtm_uz
ULUG‘LARNI, SHOHLARNI YIG‘LATGAN – VATAN SOG‘INCHI
Imom Termiziy rivoyat qilishicha, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) Makka-
ni tark etishga majbur bo‘lganlarida, shahar chegarasida orqalariga qarab
shunday degan ekanlar: «Qandayam yaxshi shaharsan, qandayam menga
suyuklisan! Agar meni sendan chiqarib yuborishmaganida, sendan boshqa
-
da yashamasdim».
(Sunnani Termiziy)
Mulohaza uchun
* * *
– «O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman».
– «Qanchalik yaxshi ko‘rasan?»
– «Ko‘p, juda ko‘p».
– «Vatanni yaxshi ko‘rish nimaligini bilasanmi?»
– «Ya’ni?..»
Vatanga muhabbatni qanday namoyon qilasiz? Misol uchun, ona 
 
farzandini jonidan aziz ko‘rgani uchun unga mehr beradi, bag‘riga 
bosadi, avaylaydi. Bizning qaysi xatti-harakatlarimiz Vatanimizga bo‘lgan 
muhabbatimizni ifodalaydi?
* * *
Buyuk shoir va hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur Vatandan
ketishga majbur bo‘lgan. U Hindistonda yirik saltanat bunyod qilgan
bo‘lsa ham, bir umr bobokalonlaridan meros Vatanni qo‘msab o‘tgan.
U Vatanga murojaat qilib, «Behad vafo-u mehr sanga ko‘rsatib edim, Sen
ham sog‘ing‘aysen mehr-u vafo bila», deb yozadi.



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə