Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


@edurtm_uz Hayot muntazam



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

14
@edurtm_uz
Hayot muntazam
rivojlanishdan iborat
1-guruh uchun:
Yangi tug‘ilgan chaqaloq onasiga talpinib
yig‘lay boshladi. Ona uni qo‘liga oldi. Bag‘riga
bosib, qornini to‘yg‘azdi. Chaqaloq yana yig‘lay
boshladi. Ona uni yana qo‘liga oldi va tagligini
almashtirdi. Bir muddat bag‘riga bosgan edi, bola
uxlab qoldi. Xona isib ketgani uchun chaqaloq
yana bezovtalandi. Ona xonani shamollatdi. Bir
muddat o‘tib bola sovqotdimi, yana g‘ingshidi.
Ona unga yana mehribonchilik ko‘rsatdi.
Amaliy faoliyat
1. Beshta guruhga bo‘lining va berilgan matnni diqqat
bilan o‘qing. Savollarga javob bering.
2. Insonning ehtiyojlarini pastdan tepaga qarab pirami-
daga joylashtiring.
3. Bu ehtiyojlarni juda muhim va u qadar muhim bo‘l-
magan ehtiyojlarga ajrating. Fikringizni asoslang.


15
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
3-guruh uchun:
Bola maktabga bordi. Jamoaga qo‘shil-
di. Onasi uni maktabga kuzatar ekan, sinf-
doshlari bilan ahil-inoq bo‘lishini tayinladi.
Bola ulg‘aygani sayin, boshqalardan ko‘proq
e’tibor va iliq munosabatni kuta boshladi.
U odamlar bilan yaxshi muomala qilar, xato
qilganda «uzr», «kechirasiz», fikr tug‘il
-
ganda «mumkinmi», «mening fikrimcha»,
«siz nima deb o‘ylaysiz», «maylimi» kabi
so‘zlarni ishlatar edi. Uni sinfdoshlari o‘ta
madaniyatli va tartibli bola sifatida qabul
qilishdi. Uni hamma hurmat qilar edi.
U institutga o‘qishga kirdi. O‘ziga ma’qul
bo‘lgan qiz bilan tanishdi. Ular turmush
qurishdi. Hayotlaridan mamnun va baxtli
edilar.
Yuqoridagi matnda inson uchun zarur
qanday ehtiyoj to‘g‘risida gap ketyapti? Bu
ehtiyoj insonga nima uchun kerak?
4-guruh uchun:
Ular ishda yaxshi mutaxassis, oilada esa mehribon ota va ona.
Ularning oilasida bolalarning ham fikrlari hurmat qilinadi. O‘qishi yoki
biror narsa xarid qilishda bolalarning fikrlari albatta so‘raladi.
Ular farzandlariga yaxshi tarbiya berishdi. Mahallada ularni «namunali
oila» deb e‘tirof etishdi.
Insonning bu ehtiyojlarini qanday tushunish mumkin? Bu ehtiyojlar
insonga nima uchun kerak?
Bu darajaga yetishish uchun boladan nimalar talab qilinadi?
2-guruh uchun:
Bola ulg‘aya boshladi. Kuchli shamol turib, 
momaqaldiroq gumburladi, chaqmoq chaqdi. Bola
darhol otasining pinjiga kirdi.
Ota-bola sayrga chiqishdi. Qo‘shni bolaning
kuchukchasi bolaga qarab yugurib, u bilan o‘yna-
moqchi bo‘ldi. Bola shoshgancha otasiga talpindi.
Ota uni ko‘tarib oldi. Bola o‘zini xavfsiz sezdi.
Bolaning nimaga ehtiyoj sezganini aniqlang.
Xavfsizlikka intilish hissi qanday paydo bo‘ladi?
Nima uchun inson xavfsizlikka intilib yashaydi?
Bu intilishni insonning birlamchi ehtiyojlaridan deyish
mumkinmi?



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə