Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Nikel (II) ioninining piridil-2-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi optik zichligini bufer eritma tarkibiga bog’liqligi



Yüklə 459,45 Kb.
səhifə10/12
tarix31.12.2021
ölçüsü459,45 Kb.
#82394
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
YULDUZ Kurs.ishi

Nikel (II) ioninining piridil-2-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi optik zichligini bufer eritma tarkibiga bog’liqligi.

Asosiy reaksiya (Ni2+- Rreagent) komponentlariga buffer eritmalar tarkibi bog’liqligini o’rganish uchun pH=8,0 bo’lgan universal bufer eritmadan foydalanildi.

Aniqlash uslubi: fotometrik eritmalar tayyorlash uchun oldingi ishda ko’rsatilganidek, 25 ml li o’lchov kolbalariga pH =8,0 bo’lgan eritmlardan 5.0 ml dan, 0.01 % li piridil-2-naftol-2 reagenti eritmasidan 1.0 ml , 50 mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib,kolbaning belgisigacha distillangan suv bilan suyultirildi, tayyor bo’lgan analitik aralashmani optik zichliklari fotokolorometrda, l=1.0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan o’lchandi. Olingan natijalar 3– jadvalda keltirilgan.

Olingan tajriba natijalaridan ko’rinib turibdiki, universal bufer eritma ishlatilganda kompleks birikma eritmasi maksimal optik zichlikka ega bo’ldi. Keyingi tadqiqot ishlarida pH=8,0 bo’lgan universal bufer eritmadan foydalanildi.

Kompleks birikma (Ni2+ - Rreagent) tarkibiy komponentlarining quyulish tartibini o’rganish.

Reaksiyaning unumi komponentlar quyulish tartibiga ham bog’liqligini e’tiborga olgan holda, eritmalar yuqorida ko’rsatilgan usul bilan tayyorlandi.



Komponentlarning quyulish tartibini o’rganish natijalari (n=3)



Quyilish tartibi

Āo’rtacha










1

Bufer – reagent –nikel – dist. suv

0,390










2

Bufer – reagent – dist.suv –nikel

0,410










3

Bufer – nikel – dist.suv – reagent

0,425.










4

Bufer – nikel – reagent – dist.suv

0,421










5

Reagent –nikel – bufer – dist.suv

0,440










6

Reagent – bufer –nikel – dist.suv

0,455










7

Reagent – bufer – dist.suv –nikel

0,431










8

Nikel – bufer – reagent – dist.suv

0,344










9

Nikel – reagent – bufer – dist.suv

0,343










10

Nikel – dist.suv – bufer – reagent

0,411










11

Nikel – reagent – dist.suv – bufer

0,320










Olingan natijalardan xulosa qilish mumkinki, komponentlarning quyilish tartibi yetarlicha ahamiyatga ega ekan. Keyingi tadqiqot ishlarida 6 – quyilish tartibi tanlandi. Ushbu tartibda reaksiya olib borilishi kompleksning maksimal optik zichligini namoyon qilishini ta’minlaydi.

Nikel (II) ionining piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi optik zichligining qo’shilayotgan reagent miqdoriga bog’liqligi.

Amaliy tadqiqotlarda metallni reagentga to’la bog’lanishi uchun odatda reagentning ortiqcha miqdori olinadi.Shu maqsadda kompleks birikma optik zichligining qo’shilgan reagent miqdoriga bog’liqligini o’rganish uchun 25 ml li o’lchov kolbalarida eritmalar tayyorlandi.

Aniqlash usuli: Buning uchun 25 ml li o’lchov kolbalariga 30 mkg/ml nikel (II) eritmasidan 1.0 ml, 5.0 ml (pH=8,00) bo’lgan universal bufer eritmasidan, o’zgaruvchan miqdordagi 0.20-0.40 ml gacha 0.01 % li piridil-2-naftol-2 reagenti eritmasi solinadi va kolbaning belgisigacha distillangan suv bilan to’ldiriladi. Kompleks birikmaning optik zichligi KFK-2 fotokolorometr asbobida va nur yutish qalinligi l=1.0 sm li kyuvetada nur filtri 540 nm da solishtirma eritmaga nisbatan o’lchandi.




Yüklə 459,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə