Bibliografiya lat p65


Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
bibliografiya

Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish
Nashrlar qurilishiga ko‘ra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga,
belgisiga ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi.
Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining
xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli
nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar 
nodavriy
 deyiladi,
zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta,
qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda
u muallif tomonidan to‘ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi,
o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko‘rsatiladi.
Bunga kitob, risola, varaqalar kiradi. Kitob — 48 sahifadan ortiq


28
bo‘lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo‘lgan matnli
nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo‘ladi. Vaqtli
bo‘lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik bo‘ladi. Ko‘p
jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo‘nalishga,
bir xil poligrafik bezatilishga ega bo‘lgan bir necha kitobdan iborat
bo‘ladi. 
Vaqtli nashrlar
— gazeta, jurnal, to‘plam va bulletenlar
bo‘lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma’lum bir tartibda
ketma-ketlikka egaligidir. „Periodika“ —
vaqtli
 so‘zi grekchadan
olingan bo‘lib, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma’noni
anglatadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə