Biotexnologiya asoslari


Fizik usullarda immobilizasiya qilish



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   199
biotex

 
Fizik usullarda immobilizasiya qilish 
YUqori ko’rsatib o’tilganidek, fermentni immobilizasiyasi deyilganda, uni (fermentni) qanday 
bir alohida fazaga kiritilishi suv fazasidan ajralib turadigan va shunday vaziyatda o’zini asosiy 
xususiyati - substrat yoki effektorlar bilan aloqada bo’lish imkoniyatidan judo bo’lmasligini 
tushiniladi.  
SHu aniqlikdan kelib chiqqan holda, fizikaviy immobilizasiya qilish usullarini to’rt guruhga 
bo’lish mumkin:  
 
 suvda erimaydigan "tashuvchi" larga adsorbsiya qilish;  
 
 gel teshikchalariga kiritish;  
 
 yarim o’tkazgich membranalar yordamida fermentni reaksion tizimini boshqa qismidan 
ajratish;  
 
 fermentni ikki fazalik reaksion muhitga kiritish, bunday  
    sharoitda ferment suvda eruvchan bo’ladi va ikkinchi fazaga kira olmaydi.   
 


Keltirilgan klassifikasiya shartlidir, chunki bu usullar orasida aniq ajrimlarni o’rnatish 
mumkin emas. Masalan, gel teshikchilariga kiritish usuli bilan immobilizasiya qilishni, yarim 
o’tkazgich membranalar orqali ajratib turish deb ham qarash mumkin. SHunga qaramasdan bu 
klassifikasiya fizikaviy usullar bilan  immobilizasiya qilishni bir tizimga solishda yordam bera 
oladi.  
Adsorbsiya qilish orqali immobilizasiya qilish, eng ko’hna usullaridan hisoblanadi. YUqorida  
aytib o’tilganidek, 1916 yilda Dj.Nilson va E.Grifin invertaza fermentini foallashtirilgan ko’mirda 
va alyuminiy gidroksidi gelida immobilizasiya qilganlar. Xuddi shu usuldan keyinroq, 1969 yilda 
I.SHibata  L-aminoasilaza fermentini immobilizasiya qilishda foydalangan. L-aminoasilaza 
fermenti N-asetil-DL- aminokislotalarni bir birlaridan ajratishda sanoat miqyosida hozirgacha 
ishlatilib kelinmoqda. Umuman adsorbsiya usulida immobilizasiya qilish boshqa usullardan 
osonligi, vazifani tez bajarish mumkinligi, tashuvchilarni arzonligi va boshqa bir qator ustunliklarga 
ega bo’lganligi uchun fermentlar muxandisligida keng qo’llanilib kelinmoqda. 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə