Biotexnologiya asoslari


Ferment tashuvchi bog’ini mustaxkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   199
biotex

Ferment tashuvchi bog’ini mustaxkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar 
 
Immobilizasiya bo’lgan fermentni tashuvchi satxidan oson yuvilib ketmasligi uchun 
adsorbsiya qilingan ferment qatlami bifunksional agentlar bilan ishlov beriladi. Natijada, tashuvchi 
satxida fermentlarni bir-birlariga bog’langan holatidan iborat yupqa plenka hosil bo’ladi. 
Bifunksional agent sifatida glutaraldegid, gossipol va boshqalarni ishlatish mumkin.  
Immobilizasiya qilishni original yo’li professor K.Martinek tomonidan namoyish etilgan. 
Buning uchun qisman kimyoviy destruksiyaga uchragan neylon iplaridan foydalaniladi. Tashuvchi, 
ferment eritmasiga solinadi va mexanik tortiladi, natijada neylonni g’ovaklari yiriklashib, unga 
fermentning joylashishi osonlashadi.  
Ma’lum vaqtdan keyin tortib turgan kuch olinadi va neylon yana o’z holatiga keladi, ferment 
esa g’ovaklarda siqilib qoladi. Elektr toki yordamida ushlash usuli, immobilizasiyaning yangi 
usullaridan bo’lib, membranalar yordamida ajratilgan  elektrodlar bilan kollektorlarda elektr 
maydoni hosil qilinadi. Kollektor qilib silikagel, ion almashuv smolalari, minerallar ishlatilishi 
mumkin.  
Ferment kollektorlarda elektrostatik va dipol-dipollik o’zaro ta’sir kuchlari orqali ushlanib 
qoladi. Bu usulni yomon tomoni shundan iboratki, immobilizasiya tizimi hamisha elektr toki 
ta’sirida bo’lishi shart. Tok uzilsa yoki o’chsa ferment tashuvchidan yuvilib ketadi. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə