Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   199
biotex

Fermentning miqdori  
Eritmada fermentni miqdori oshib borgan sari, uni sorbsiya bo’lishi va immobilizasiya bo’lgan 
fermentni katalitik faolligi oshib boradi.  
Immobilizasiya bo’lgan ferment faolligini, eritmadagi ferment miqdoriga nisbatan taqqoslab 
o’rganganda  shu narsa  ma’lum bo’ldiki, fermentni  eritmadagi miqdorini oshib borishi bilan 
ma’lum nuqtagacha fermentni katalitik faolligi oshib boradi va undan keyin o’zgarmasdan qoladi va 
hatto kamayishi ham mumkin.  
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, fermentni faolligi tashuvchi satxini butunlay qoplab olgunga 
qadar faollik oshib boradi, keyin esa ferment 2-chi, 3-chi qavat hosil qiladi va x.k. Oxirida, 
tashuvchining eng tepa qismida yopishgan fermentlar faollik ko’rsatadi, tagida qolganlari esa 
substrat bilan aloqa  qilaolmaydilar va o’z-o’zidan "ishsiz" qoladilar. SHuning uchun ham 
immobilizasiya bo’lgan fermentni faolligi kamayadi.  
 
Harorat 
Haroratni oshishi adsorbsiya jarayoniga ikki xil ta’sir qiladi. Birinchidan, haroratni oshishi 
fermentni inaktivasiyasiga (denaturasiya) olib keladi, ikkinchi tomondan esa haroratni oshishi 
fermentni tashuvchi g’ovaklariga diffuziyasini kuchaytirish hisobidan, ferment faolligini oshishiga 
olib keladi.  
Demak, adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishni mo’tadil sharoiti bo’lish kerak. Bunday 
harorat adsorbsiya qilinadigan fermentni tabiati va tashuvchi satxiga bog’liq bo’lib, har bir ferment 
yoki tashuvchi uchun qator tajribalar orqali topiladi.  
SHunday qilib, fermentlarni adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilish bir qator omillarga 
bog’liq bo’lib, faqat tajribalar asosida aniq topiladi. quyida ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’ni  
kuchaytirishga xizmat qiluvchi omillar haqida fikr yuritamiz. 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə