Biotexnologiya asoslari


Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   199
biotex

Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi 
 
Ekologik muammolarni keskinlashuvi, qayta tiklanmaydigan energoresurslar zahirasini tobora 
kamayib borishi, ularni tan narxi oshishi, organik chiqindilarni qayta ishlash, ularni issiqlik va 
boshqa turdagi energiyaga aylantirish muammosini tezroq hal qilishni biotexnologiyaning eng 
dolzarb masalalari qatoriga ko’tarib qo’ydi. 
Ma’lumki, hayvonlar o’simliklar asosida yaratilgan ozuqa energiyasini yomon hazm qiladi va 
ularning yarmidan ko’prog’i organizmga so’rilmasdan axlat, go’ng holatida chiqib ketadi. Eng 
avvalo hayvonlardan chiqqan bu chiqindidan organik o’g’it sifatida foydalaniladi. Buni o’rniga 
ushbu chiqindidan tiklanadigan energiya manbai sifatida foydalansa bo’ladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda yirik shoxli xayvonlar (nafaqat ular) yirik fermalarda va 
komplekslarda to’planib, boqiladi. Bu esa boshqa mahsulotlar qatori ularni chiqindilaridan 
(axlatlaridan) atrof-muhitni ifloslantirmasdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo’llaridan biri ularni anaerob 
sharoitda bijg’itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o’zida uni eng muhim 
organik o’g’itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin.Metanli bijg’itish yoki 
biometanogenez – biomassani energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma’lum bo’lgan 
jarayondir. U 1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo’lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan 
borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo’ladigan biogaz 65% metan, 30% karbonat 
angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda azot, kislorod, 
vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. 
Botqoq gazi, ba’zida klar-gaz ham deb yuritiladi,ko’k- havo rang berib alangalanadi, hid 
chiqarmaydi.Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o’tin, xayvonlar tezaklari va boshqa 
yoqilg’ilarga nisbatan kamroq tashvish tug’diradi. 28 m3  biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 
20,8 l neft yoki 18,4 l dizel yonilg’isiga tengdir. 
Organik chiqindilarni anaerob bijg’itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895 
yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan 
tashqari ko’chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo’ladigan biogaz ishlab 
chiqarish bo’lgan. 


CHiqqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho’kmalarini va 
chorvachilikni chiqindilarini mo’tadillash maqsadida ishlatib kelingan. Ammo, 1970 yillardagi 
energiya tangligi tufayli qishloq xo’jalik hayvonlari chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish 
g’oyasiga astoydillik bilan qaraladigan bo’ldi. 
Go’ngni anaerob bijg’itish orqali biogazga aylantirish jarayoni mustahkam yopiladigan 
maxsus idishlar – biogaz usqurmalarida olib boriladi (8.1-rasm.). 
 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə