Bitirivoldi malakaviy amaliyot bo’yicha Hisobot



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə10/10
tarix08.06.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#116159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sardorbek

XULOSA VA TAKLIFLAR
Men Toshpulatov Sardorbek Otabek o’g’li “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti "Turizm” ta’lim yo’nalishi 2 – kurs 205 – guruh talabasiman. Men o’z tanishuv amaliyotimni “Hotel Asson” MCHJ mehmonxonasida o’tadim. Amaliyotim davrida yil davomida olgan barcha nazariy bilimlarimni sinab ko’rdim. Bu mehmonxonaning mehmonlar uchun yaratilgan barcha shart sharoitlari menga yoqdi. Men bu yerda mehmonxona biznesida kerakli bo’ladigan boshlang’ich tushunchalarga ega bo’ldim. Mehmonxonaning qabul xonasida amaliyot o’tayoygan vaqtimda tashrif buyurgan chet ellik va mahaliy mehmonlar bilan yaqin munosabatda bo’ldim va ularning mehmonxona va umuman O’zbekiston haqidagi yirik taassurotlari bilan tanishdim. Kelajakda shunday nufuzli mehmonxonalardan birida ishlayman deb umid qilaman va bungacha hamma kerakli bo’lgan bilimlarini o’rganib o’z kasbimning eng yaxshi mutahassisi bo’lishga xarakat qilaman.
2 haftalik malakaviy tanishuv amaliyoti davrida biz Termiz shahridagi “Hotel Asson” M.CH.J mehmonxonasida bo’lib, o’quv yili davomida olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo’llash va shu bilan birgalikda yangi bilimlarni o’rganib, mustahkamlashga erishdik.
Amaliyot davrida mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish xaqida ko’plab bilimlarga ega bo’ldik. Mehmonxonadagi ish jarayoni, boshqaruv tizimi, xodimlar bilan ishlash, mehmonxonaning ichki va tashqi ma’muriy – huquqiy tartiblari (qonun – qoidalar), mehmonlar uchun ko’rsatilayotgan xizmat turlari, sifati va boshqa xususiyatlarini tahlil qildik.
Dastavval mehmonxonaga ta’rif beradigan bo’lsak, “Asson” mehmonxonasi shahar markazida joylashganligi uchun qulay ekanligini ta’kidlab o’tish lozim. Mehmonxona 5 qavatli asosiy binodan iborat bo’lib, jami bo’lib 50 ta nomer (55 ta o’rin) mavjuddir. Darvoqe bu mo’jazgina bino yonida yangi binoning qurilish ishlari davom etmoqda. ”Asson” mehmonxonasining oldi tamoni ko’rkam bo’libm doimo ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari olib borilar ekan. U yerda avtomobillar uchun avtoturar joy, mehmonlar uchun bir nechta ovqatlanish joylari (stol-stul), favvora va shular kabi ko’plab qulayliklar mavjud.
Binoning orqa tomonida kichik hovli – maydon mavjud bo’lib, u yerda yana basseyn, kichik avto turarjoy va qo’shimcha xizmatlar uchun bir necha shaxobchalar mavjud. Mehmonxona xodimlari kunu-tun o’z vazifalarini bajargan holda mehmonxona rivojiga o’z hissalarini qo’shmoqda.


Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə