Bitirivoldi malakaviy amaliyot bo’yicha Hisobot


Mehmonxona boshqaruvining tashkiliy tuzilishi



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə4/10
tarix08.06.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#116159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sardorbek

Mehmonxona boshqaruvining tashkiliy tuzilishi
Mehmonxona boshqaruv tizimi, uning qo’llanish maqsadi, kategoriyasi, xonalar soni, joylashuvi, mehmonxona toifasi va boshqa bir qator omillarga ko’ra tayinlanadi. U, har bir xodimga yuklangan vazifa va vakolatlarni aks ettiradi. Katta xajmdagi mehmonxona boshqaruvining tashkiliy tuzilisi sxemada ko’rsatilgan. Tabiiyki har bir mehmonxona boshqaruv tizimi o’z hususiyatlariga ega. Misol uchun, rezervatsiyalar bo’limi marketing bo’limiga tobe bo’lishi mumkin
Qabul va joylashtirish hizmati (Reception), xonalarni band qilish hizmati (reservations), ma’lumot beruvchi (concierge), telefon operatorlari bo’limi (telephoning yoki switch-board), bagaj tashuvchilar bo’linmasi (bell desk), valyuta ayirboshlash shahobchasi (currency exchange), biznes markaz (business centre) kabi bo’linmalar Front office bo’limini tashkil etadi va Front office menejeri tomonidan nazorat qilinadi.
Mehmonxona kategoriyasiga ko’ra tegishli bo’linmalar bo’lishi mumkin. Misol uchun, biznes-markaz, fitness-club (sog’lomlashtirish klubi) va hokazo. Kurort mehmonxonalarida Animator (dam olishni tashkillashtirish bo’yicha menejer) lavozimi bo’lishi mumkin.
Mulk egasi – davlat, munisipalitet, hususiy mulk sohibi, aksionerlar jamiyati bo’lishi mumkin. Aksionerlar direktorlar mahkamasini saylaydi ( aksioner tarafidan saylanadigan maxkama a’zolari soni, unga tegishli aksiyalar miqdoriga teng proporsional bo’ladi. Direktorlar mahkamasi bosh menejerning faoliyatini nazorat qiladi, moliyaviy reja (budjet) ni tasdiqlaydi va ularning ijrosi haqidagi bosh menejerning hisobotini ko’rib chiqadi. Odatda direktorlar mahkamasi har uch oyda yig’ilishib turadi.Kichik mehmonxonalar boshqaruvining tashkiliy tuzilishi nisbatan sodda ko’rinishga ega.Quyida Holiday Inn.zanjiriga kiruvchi bir kichik mehmonxona boshqaruvining tashkiliy tuzilishini ko’rib chiqamiz.

Maxsus adabiyotlarda mehmonxona bo’limlari 2 guruhga ajratiladi:
1. Asosiy yani foyda keltiruvcho bo’linmalar (Revenue centers). Bularga xonalar fondi, restoranlar, bar, tungi klub, basseyn, biznes-sentr, suvenir do’konchalari kiradi.
2. Qo’shimcha yani yordamchi bo’linmalar (Support centers). Bularga texnik bo’lim, kadrlar bo’limi, buxgalteriya, oshxona, xavfsizlik xizmati kiradi.
Bundan tashqari mehmonxona bo’linmalarining mijozlar bilan aloqa yuritishi yoki yuritmasligiga ko’ra 2 guruhga ajratiladi:
1. Front of the house – mijozlar bilan bevosita muloqot yurutuvchi bo’linmalar. Bularga qabul va joylashtirish hizmati, restoran va bar zallari, biznes-sentr, basseyn-saunalar kiradi.
2. Back of the house – mijozlar bilan bevosita muloqotda bo’lmaydigan bo’linmalar. Misol uchun, oshxona, buxgalteriya, kit yuvish xonasi, xodimlar bo’limi, omborxona va boshqalar.
Ushbu ikki guruhga mansub bo’linmalarning qat’iy belgilangan hududlari mavjud.Xatto ulardagi uniforma ham turlicha ko’rinishga ega. Front of the houseda faoliyat yurituvchi xodimlar, mijozlar ko’z o’ngida bo’lgani uchun tashqi ko’rinishiga katta e’tibor berishlari kerak

Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə