Bitirivoldi malakaviy amaliyot bo’yicha Hisobot


Qabul va joylashtirish bo’limi vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə7/10
tarix08.06.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#116159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sardorbek

Qabul va joylashtirish bo’limi vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Mijozlarni kutib olish.
2. Xonalarni otish va mijozlarni ro’yxatdan o’tkazish.
3. Mehmonlarni xonalarga joylashtirish.
4. Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar va yashovchilar bilan samimiy aloqada bo’lish.
5. Qabul bo’limi hujjatlari bilan ishlash.
6. Xonalar fondining holati haqidagi hisobotni tayyorlash.
7. Mijozlar hisob varaqasini tayyorlash va to’lovni qabul qilish.
8. Mehmonlarga kelgan pochta, faks, paketlarni egalariga yetkazilishini ta’minlash.
9. Mehmonlarga turistik joylar, tarixiy-madaniy obidalar, transport vositalari va boshqa mavzularda ma’lumot berish. Taklif va shikoyatlar bilan shug’ullanish.
10. Mehmonxonadagi boshqa bo’limlar bilan hamjihat ishlash.
11. Rezervatsiya yani xonalarni oldindan band qilish bilan shug’ullanish.
12. Mijoz omonatlarini seyfda saqlash hizmatini ta’minlash.
13. Valyuta ayirboshlash hizmatini ta’minlash.
14. VIP va oddiy mehmonlarga complimentary yani e’tibor ikromlari (gul, mevali savat, shampan vinosi) ni yetkazish.
15. Ichki Ishlar Boshqarmasi adres idorasiga ro’yxatdan o’tkazilgan va mehmonxonada yashab ketgan fuqarolar haqida ma’lumot berish.
Qabul va joylashtirish hujjatlari bilan ishlash
“O’zbekiston Respublikasida mehmonxona hizmatlarini ko’rsatish qoidalari”ga ko’ra “Ijrochi hizmatlarni ko’rsatish uchun iste’molchi bilan shartnoma tuzishi lozim.Hizmatlarni ko’rsatish shartnomasi, iste’molchi tarafidan pasport yoki harbiy guvohnoma taqdim etlgandagina tuzilishi mumkin.”
Agar mijoz joylashtirish shartlariga rozi bo’lsa Registrasiya kartochkasi (Registration form)ni to’ldiradi. Ushbu kartochka ijrochi va iste’molchi o’rtasidagi shartnoma vazifasini bajaradi. Anketada mehmon o’zining doimiy yashash manzili, to’lovni amalga oshiruvchi tashkilot nomi va manzili, hisob-kitob shaklini ko’rsatadi(naqd pul, kredit kartochkasi yoki chek). Anketa ikki nusxada to’ldiriladi. Birinchi nusxa IIBning adreslar idorasiga yuboriladi, ikkinchi nusxa esa mehmonxona kartotekasiga joylanadi.
Anketani ehtiyotkorlok bilan to’ldirish kerak.Chunki mijoz haqidagi ma’lumot, ushbu shaxsni bayramlarda dam olish yoki unga qiziqarli bo’lgan biron-bir yig’ilishga taklif etish uchun kerak bo’lishi mumkin. Noto’g’ri yozilgan manzil yuborilgan reklama materiallarining zoyega ketishiga yoki mehmon esdab chiqarib, qoldirib ketgan buyumning yetkazilishiga to’sqinlik qilishi mumkin.
Bundan tashqari to’g’ri yozilgan manzil, mehmon pulni to’lamasdan ketib qolgan taqdirda ham to’lovning undirilishini kafolatlaydi. Noto’g’ri ko’rsatilgan ketish vaqti shunga olib keladiki, mehmon vaqtliroq ketgani taqdirda, xona bir kun sotilmay qolishi mumkin. Mehmon joylashtirish muddatini uzaytirgan taqdirda esa, xona yana bir martta sotilisi mumkin. Natijada ikkila mijoz norozi bo’ladi.Noto’g’ri yozilgan kredit kartochkasining raqami to’lovni undirishga to’siqlik qiladi. Kartochakni to’ldirgach, mehmon uni imzolaydi va natijada mehmonxona bilan joylashtirish turi, muddati va xona narxini tasdiqlovchi shartnomani tuzadi.
Anketa to’ldirilgach, administrator anketa va pasportdagi ma’lumotlarni solishtiradi, berilgan xona raqami yoziladi, kelish va ketish sanasi, vaqti ko’rsatiladi. So’ngra administrator “Joylashtirish uchun ruxsatnoma”ni to’ldiradi, ushbu hujjat ma’lum xonani egallash huquqini beradi. Ko’pgina mehmonxonalarda ushbu hujjat ishlatilmaydi To’lovni amalga oshirgach, mijoz hisobning ikkinchi nusxasini oladi, ushbu hujjat asosida, u joylashtirish va qo’shimcha hizmatlar uchun hisoblashadi. Ro’yxatdan o’tkazish vaqtida mijozga joylashtirish uchun hisob(guest folio)bosib chiqariladi. U o’z ichiga kunlar soniga ko’paytirilgan xona narxi, rezervatsiya haqi, qo’shimcha hizmatalar(restoranda ovqatlanish, telefon qo’ng’iroqlari, room service biznes-sentr, kir yuvish hizmatlar), va mehmonxona ustlamalarini oladi.
Administrator vizit kartochkasini to’ldiradi. Ushbu hujjat mehmonxonaga kirish va kalitni olish huquqini beradi. Ushbu kartochka bir nusxada to’ldiriladi, quyidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi: mehmon ism-sharifi, xona raqami, joylashtirish muddati.

Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə