Bitirivoldi malakaviy amaliyot bo’yicha Hisobot


Xorijiy turistlarni ro’yxatdan o’tkazish hususiyatlari



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə9/10
tarix08.06.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#116159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sardorbek

Xorijiy turistlarni ro’yxatdan o’tkazish hususiyatlari
O’bekiston respublikasiga kirish vizaning mavjudligini talab etadi.
Viza – bu xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi tomonidan pasportga qo’yiladigan yoki alohida hujjat ko’nishidagi belgilangan mamlakat hududiga kirish va joylashish huquqini beruvchi ruxsatnomadir. Mamlakatga tashrif buyurish uchun vizalar taklifnomalar asosida beriladi.
Taklifnomalarning quyidagi turlari mavjud:
a. Xizmat yoki ish yuzasidan.( xorijiy tashkilotdan – O’zbekiston tashkilotiga)
b. Xususiy ( xorijiy mehmondan – O’zbekiston fuqarisiga)
c. Mehmon ( xorijga uzoq muddatli xizmat safaridagi fuqarodan – o’z hamyurtiga).
d. Turistik ( dam olish, davolanish, qisqa muddatli o’qish va boshqa maqsadlardagi safarlarga).
Vizaning quyidagi turlari mavjuddir:
1. Turistik viza – Belgilangan mamlakat hududiga turizm va dam olish maqsadida vaqtinchalik kirish huquqini beruvchi qaydnoma hisoblanadi. Turistik viza - taklifnoma, vaucher, turistik yo’llanmada ko’rsatilgan muddatga sport va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun beriladi. Turistik safarlar, qoida bo’yicha, qisqa muddatga mo’ljallangan bo’ladi va shuning uchun bu yerda ko’p marotabali viza berilmaydi.
2. Xususiy viza – xususiy shaxs tomonidan boshqa davlat jismoniy shaxsiga taklifnoma yuborish asosida beriladi. Taklifnoma mahalliy hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi.
3. Tranzit viza – oluvchiga boradigan mamlakatiga uchinchi davlat orqali borish huquqini beradi. Tranzit viza uchinchi mamlakat alchixonasi tomonidan asosiy viza olinganidan keyin belgilangan soatlar miqdoriga beriladi. Misol uchun , Fuqaro poyezdda uchinchi davlat orqali Avstriyaga yo’l olgan. Avstriya vizasi olinganidan keyin tranzit viza olish uchun uchinchi mamnlakat elchixonasiga hujjatlar topshiriladi.
“O’zbekiston respublikasida mehmonxona hizmatlarini ko’rsatish qoidalari”da aytilishicha tranzit vizali mehmonlarni uzog’i bilan 72 soatgacha joylashtirish mumkin.
4. Ish vizasi – Xorijga yo’llanish huquqini beradi. |Bunday vizani oliush uchun taklif qiladigan tomon bo’lajak ishchi bilan sharrtnoma tuzadi, mahalliy immigratsiya xizmatida hamma jihatlari kelishib oladi, hukumat rozilini olib, barcha hujjatlar paketini bo’lajak xodimga yuboradi.Fuqaro bu hujjatlar bilan ish vizasini olish uchun elchixonaga murojaat qiladi.
5. Diplomatik viza – Horijiy davlatda faoliyat yurituvchi elchixona va konsullik xodimlariga beriladi.
Shengen vizasi. 1996 yil 26 martda Yevropada Shengen bitimi kuchga kirdi. Shengen bitimiga: Germahiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Shvetsiya, Avstriya, Daniya, Finlandiya, Norvegiya va Islandiya davlaytlari kiradi.
Agar turist bir necha Yevropa davlatlariga bormoqchi bo’lsa, Shengen bitimiga muvofiq, bitimga kiruvchi mamlakatlarning biriga viza oladi va qolgan davlatlar hududlariga ham vizasiz harakat qilishi mumkin. Vizadagi “kirishlar soni”ga e’tibor berish kerak.Agar vizada “ko’p martalik” yozuvi bo’lsa, siz viza muddati mobaynida bir necha bor tashrif buyurishingiz mumkin. Agar “I” raqami turgan bo’lsa, sizga viza bergan mamlakatga faqat bir marta borishingiz mumkin. O’zbekiston respublikasiga tashrif buyurgan turist uch sutka ichida pasportini ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etishi lozim.
Mehmonxona, horijiy turistlarni joylashtirish huquqini olish uchun O’zbekiston Respublikasi IIV, Kirish-chiqish va fuqarolik ishlari boshqarmasidan beriladigan ruxsatnomaga ega bo’lishi kerak.
Mehmonxonada ro’yxatdga o’linadigan horijiy va mahalliy mehmonlarni ro’yxatga olishda E-mehmonxona online tizimidan ham foydalaniladi.

  1. Asson mehmonxonasining xizmat kursatish,mexmonlarni joylashtirish,va bir qancha servis xizmatlar mavjud. Asson mehmonxonasi ikki yulduzli mehmonxonaga qo’yilgan barcha talab va normalarga javob beradi lekin xozircha yulduzga ega emas. Xozirgi kunda Surxondaryo viloyatining eng yaxshi va qulay mehmonxonalaridan biri hisoblanib, o’z o’rniga va baxosiga ega hisoblanadi.



Asson hotel mehmonxonasining kirish qismi. Bu yerda asosan (Reception)qabul xona va (Currency Exchange office)valyuta ayriboshlash ofisi mavjud. Mehmonlar kutish joyi xam mavjud, unda asosan sifatli jihozlar bilan jihozlangan.


Asson mehmonxonasida chekishni hohlovchi mehmonlar uchun alohida chekish uchun ajratilgan kichik xonalar mavjud.


Bu rasimda Asson mehmonxonasining 2-qavati tasvirlangan.Bu qavatda 2 ta “LUX” nomerlari mavjud.




Boya aytib o’tganimizdek 2 qavatdagi “LUX” nomerlarimizning ichki ko’rinishi. “LUX” nomerda muzlatgich, konditsioner, televizor, kiyim kechaklar uchun shkaf mavjud va bu nomer barcha shart sharoitlariga ega.

2 -3 chi qavatdagi “STANDART” nomerlarning ko’rinishi.

Bu rasmlarda mehmonxonaning tashqi ko’rinishi tasvirlangan. Mehmonxona 5 ta qavatdan iborat bo’lib, 54 ta xonani o’z ichiga oladi. Bundan tashqari mehmonxona oldida o’rta hajmli Favora mavjud.
Mehmonxonada shuningdek “Transfer” xizmati mavjud bo’lib barcha mehmonlar uchun 24 soat xizmat qilishga mo’ljallangan.


Shuningdek mehmonxonada ovqatlanish uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan 2ta restoran mavjud. Shuningdek mehmonxonada nomerga servis ko’rsatish mavjud.
Shu bilan birgalikda mehmonxona qabulxonasida yuqori malakaga ega bo’lgan hodimlar faoliyat olib borishadi.

Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə