Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi: ma’lumki ko’pgina hayotiy masalalarni yechishda matematik modellar quriladi


I BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR 1.1. Funksiyani interpolyatsiyalash masalasi



Yüklə 266,2 Kb.
səhifə5/15
tarix22.03.2024
ölçüsü266,2 Kb.
#181875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi ma’lumki ko’pgina

I BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR

1.1. Funksiyani interpolyatsiyalash masalasi


Aksariyat hisoblash metodlari masalasi qo’yilishida qatnashgan funksiyalarni unga biror, muayyan ma’noda yaqin va tuzilishi soddaroq bo’lgan funksiyalarga almashtirish g’oyasiga asoslanadi.
Funksiyalarni yaqinlashtirish masalasining eng soda va juda keng qo’llaniladigan qismi funksiyalarni interpolyatsiyalash masalasi ko’riladi.
Dastlab interpolyatsiyalash deganda, funksiyaning qiymatlarini argumentning jadvalda berilmagan qiymatlari uchun topish tushuniladi. Bu holda interpolyatsiyalashni “satrlar orasidagilarni o’qiy bilish san’ati” deb ham ta’riflash mumkin. Hozirgi vaqtda interpolyatsiyalash tushunchasi juda keng ma’noda tushuniladi. Interpolyatsiya masalasining mohiyati quyidagidan iborat. Faraz qilaylik, oraliqda funksiya berilgan yoki hech bo’lmaganda uning qiymatlari ma’lum bo’lsin. Shu oraliqda aniqlangan va hisoblash uchun qulay bo’lgan qandaydir funksiyalar sinfini, masalan, ko’phadlar sinfini olamiz. Berilgan funksiyani oraliqda interpolyatsiyalash masalasi shu funksiyani berilgandagi sinfning shunday funksiyasi bilan taqribiy ravishda almashtirishdan iboratki, berilgan nuqtalarda bilan bir xil qiymatlarni qabul qilsin:
Bu yerda ko’rsatilgan nuqtalar interpolyatsiya tugunlari yoki tugunlar deyiladi. esa interpolyatsiyalovchi funksiya deyiladi. Agar sinfi sifatida darajali ko’phadlar sinfi olinsa, u holda interpolyatsiyalash algebraik deyiladi. Algebraik interpolyatsiyalash apparati hisoblash matematikasining ko’p sohalarida qo’llaniladi, chunonchi, differensiyalash va integrallashda, transendant, differensiyalash va integral tenglamalarni yechishda, funksiyaning ekstremumini topish hamda funksiya jadvalini tuzishda Teylor yoyilmasi klassik analizda qay darajada ahamiyatga ega bo’lsa, algebraik interpolyatsiyalash ham hisoblash matematikasida shunday ahamiyatga egadir. Ayrim hollarda interpolyatsiyalashning boshqa ko’nikmalarini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, davriy funksiya bo’lsin, u holda sinfi sifatida trigonometrik funksiyalar sinfi olinadi, agar interpolyatsiyalanadigan funksiya berilgan nuqtalarda cheksizga aylanadigan bo’lsa, u holda sinfi sifatida ratsional funksiyalar sinfini olish ma’quldir.

Yüklə 266,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə