Bitiruv malakaviy ishi mavzu: xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari


Xitoy Xalq Respublikasi fond birjalarining rivojlanish xususiyatlarini



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/36
tarix30.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#107805
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
639053f3bcb43f251566e18947bcf1b1 XITOY FOND BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (1)

3.2. Xitoy Xalq Respublikasi fond birjalarining rivojlanish xususiyatlarini 
O’zbekistonda tadbiq etish imkoniyatlari 
O’zbekiston moliya bozori muntazam ravishda takomillashib, uning 
ishtirokchilari doirasi kengaymoqda, operatsiyalar turlari ko’payib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasidagi qimmatli qog’ozlar bozori bozor iqtisodiyoti 
tizimining moliyaviy mexanizmi bo’lib, aholi va tadbirkorlik subyektlarining bo’sh 
mablag’larini aylanishiga keng imkon beradi. 
O’zbekiston Respublikasi rivojlangan bozor munosabatlariga kirib borar 
ekan. Moliya bozorlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishining hayotiy muhimligi 
ortib bormoqda. Moliya bozorini yanada chuqurroq o’rganish mamlakatimizda 
fond birjalari rivojlanishi va ularning xalqaro miqyosda o’zining mustahkam 
o’rniga ega bo’lishi uchun imkonyat yaratadi. Shu o’rinda ham ayanan Xitoy Xalq 
Respublikasi fond birjalarining jahon miqyosida o’zining mustahkam o’rniga ega 
ekanligini va barqaror sur’atlarda rivojlanish xususiyatlari bilan butun olamni lol 
qoldirayotgani inobatga olgan holda mazkur mamlakat yutuqlarini atroflicha 
o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Avvalombor Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) fond birjalarining rasmiy 
faoliyat olib borishi 1990-yilarga borib taqaladi. Mamlakatdagi qimmatli qog'ozlar 
bozorining institutsional jihatdan shakllanishida yetarlicha rag'batlantiruvchi rolni 
Shanxay (1990y.) va Shenchjendagi (1991y.) qimmatli qog'ozlar birjasining rasmiy 
tarzda ochilishi o'ynadi. Bor-yo'g'i uch yil ichida, ya'ni 1992-1994 yillarda, Xitoy 
qimmatli qog'ozlar emissiyasining yig'indisi 400 mlrd.yuandan oshib ketdi va u 
1981- 1991 yillardagi 261 mlrd.yu. dan - 663,7 mlrd.yu. ga yetdi hamda mamlakat 
YaMM ning 14,78% ni tashkil etdi
113
XXR fond bozori 2010 yil iyun oyida dunyoning eng katta savdo 
maydonlarining uchtaligiga kirdi, may oxirida Shanghai va Shenzhen fond 
bozorining umumiy bozor qiymati 20.96trln. yuan($3.07 trln.) ni tashkil etdi.
113
Sadibekova B.D. Xitoy Iqtisodiyoti.-T:Toshkent, 2011.-B.188 


70 
Xorijiy ekspertlar fikricha, Xitoy fond bozori 2030-yilga kelib eng yirik 
savdo maydoniga aylanadi. Yaqin 20 yil ichida rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan 
davlatdagi kompaniyalarning aksiyalari qiymati 5 barobar o’sadi va $80 trln. ni 
tashkil etadi
114
Birgina Gonkong fond birjasi kapitalizatsiya qiyimati 1.54 trln. $, savdo 
hajmi esa 464.273 $ni 2007-yilning o’zida ko’rsatganligi uning jahon bozorida o’z 
o’rniga ega ekanligidan dalolat beradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aynan 
XXR fond birjalari rivojlanish xususiyatlarini bizning mamalakatimizga mos 
keladigan tomonlarini tadbiq etish maqsadga muvofiqligini belgilab beradi.
115
XXR fond birjalari hududiy bo’linishiga qarab 3taga bo’linadi, bular: 
Shanxay fond birjasi (Shanghai Stock Exchange) 
Gonkong fond birjasi (Hong Kong Stock Exchange) 
Shenjen fond birjasi (Shenzhen Stock Exchange) 
Aynan moliya markazlarini mana shunday ravishda bo’linishi bir qator 
qulayliklarni olib kelishi mumkin bo’ladi. 
O’zbekistonda esa hozirgi kunda Toshkent shahrida ―Toshkent‖ 
Respublikasi fond birjasi (RFB) faoliyat olib boradi. Shu nuqtai nazardan 
O’zbekistonda ham moliya markazlarini ko’paytirish maqsadida erkin iqtisodiy 
zonalarda ham fond birjalarini tashkil etilishi moliyaviy operatsiyalarning yanada 
qulay bo’lishini ta’minlashda imkon yaratadi.
Qolaversa, aynan XXR fond birjalari listingida asosan tijorat banklari va 
sug’urta kompaniyalar aksiyalari savdo-sotiqda ishtirok etadi. ―Toshkent‖RFB da 
ham aynan tijorat banklari aksiyalari hozirgi kunda yetakchilik qilmoqda. Bu esa, 
ikki mamlakatning o’xshash tomonlaridan biri hisoblanadi. ―Toshkent‖RFB 
keyingi rivojlanish tendensiyalarini ham aynan XXR tajribasidan o’rganish 
kerakligi taqozo etadi. 
2009-yil oktyabr oyida Shenzhen fond bozorida (Shenzhen Stock Exchange) 
amerika elektron birjasi NASDAQ tipidagi yangi savdo maydoni tashkil 
114
Груздев А. "Финансовые платформы" местных правительств и их роль в кредитном буме в Китае (2009-
2010 гг.) // Вопросы экономики. - 2011. - N 11. - С.122-132. 
115
Бергер Я. Посткризисный Китай в глобальной экономике // Свободная мысль. - 2010. - N 8. - С.27-42 


71 
etilganligini keltirib o’tish mumkin. Bu asosan keyingi avlod yuqori texnologiyali 
xitoy kompaniyalari uchun mo’ljallangandi
116

Aynan yuqoridagi xususiyatni ham bevosita ―Toshkent‖RFBda tadbiq etish 
jarayonini atroflicha ko’rib chiqish, mamlakatimiz fond birjalarining rivojlanishi 
uchun yana bir oldinga qo’yilgan qadam sifatida namoyon bo’ladi. 
Boshqa tarafdan yana bir xususiyat namoyon bo’ladiki, bunda XXR fond 
birjalarida ikkilamchi bozorning rivojlanish xususiyatlarini O’zRFBda ham tadbiq 
etish rivojlanish sari qadam bo’ladi. Chunki, respublikamizning hozirgi qimmatli 
qog’ozlar bozorida birlamchi emissiyalar ustunlik qilmoqda. Ikkilamchi fond 
bozori rivojlanishi, avvalo, qimmatli qog’ozlar likvidligi past bo’lganligi tufayli 
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Likvidlikni oshirish uchun bozorning tashkil 
etilishini takomillashtirish, qimmatli qog’ozlarning muomala qilishi va ularga 
xizmat ko’rsatish tizimida chiqim va xatarlarni kamaytirishga yordam berish
bozorning axborot jihatidan ochiqligini kuchaytirish lozim bo’ladi. 
Umuman olganda, ―Toshkent‖ RFBning ish standartlarini qabul qilingan 
xalqaro standartlarga yaqinlashishini ta’minlash, fond bozorining asosiy 
tuzilmalari: birja, depozitariy, hisob-kitob kliring tashkilotlari o’rtasida 
avtomatlashtirilgan hamkorlikning tizmini yaratish lozimidir. Chunki, barcha 
turdagi qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi orqaligina barqaror rivojlangan 
iqtisodiyotga erishishimiz mumkin bo’ladi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə