Bitiruv malakaviy ishi mavzu: xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix30.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#107805
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
639053f3bcb43f251566e18947bcf1b1 XITOY FOND BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
 
 
 
 
 
 
 
116
Бергер Я. Экономика Китая : о трудностях мнимых и реальных // Свободная мысль. - 2011. - N 9. - С.81-
92. 


72 
XULOSA 
 
XXRda fond bozorlarining ochilishi, xususan Shanhay fond birjasi (1990y.), 
jahon iqtisodiyotiga qadam qo’yishning yana bir bosqichi bo’lib hizmat qildi. 
XXRning tashqi dunyoga ochiqlik siyosatini tutganidan so’ng, juda ko’p 
yutuqlarga erisha oldi. O’z navbatida fond bozorlarining ochilish jarayoni ham 
shakllana bordi. Davlatda yangi avlod korxonalari paydo bo’la boshladi va 
ularning qimmatli qog’ozlari ichki va tashqi bozorlarda qadrlana boshlanishi bilan 
bir qatorda mavqei ham osha bordi. Mazkur korxonalar katta obro’ga ega, 
bizneslari o’z navbatida diversifikatsiya qilingan va shu bilan birga jahon 
bozorlariga tanilganligi bilan mashhur hisoblanadi. Jahon bozoriga yaqinlashgani 
sari, ya’ni integratsiyalashuv va globallashuv jarayonlari kuchaya borishi sababli 
qimmatli qog’ozlar ichki bozori ham erkinlasha boradi va fond kapitallarining 
erkin harakati yuzaga keladi
117
Xitoy Xalq Respublikasida fond bozorlarining ochilishi jahon bozoriga 
chiqishning yana bir bosqichi sifatida namoyon bo’ladi. Fond bozorlarining 
ochilish mazmuni quyidagi uch holatda o’z aksini topadi: 
-birja 
moliyaviy 
kapitalini 
baynalminallashtirish, 
ya’ni 
qimmatli 
qog’ozlarning milliy bozorda xalqaro va xorijiy moliyaviy tuzilmalar tomonidan 
emissiya qilinishi, shu bilan birga qimmatli qog’ozlarni milliy moliyaviy 
tuzilmalar tomonidan xalqaro bozorda emissiya qilinishidir. 
-fond quyilmalarini baynalminallashtirish, ya’ni xorijiy sarmoyadorlarga o’z 
omonatlarini qimmatli qog’oz sifatida qo’yish va milliy sarmoyadorlarga xorijiy 
qimmatli qog’ozlarni sotib olishidir. 
-fond tuzilmalarini va biznesini baynalminallashtirish, 
ya’ni fond 
operatsiyalarini bajaruvchi xorijiy kompaniyalarning milliy bozorga chiqishidir. 
Qimmatli qog’ozlar milliy bozorining xorijiy sarmoyadorlarga ochiqligi uni 
baynalminallashtirish yo’lidan ketishi bilan birga milliy bozorning hajmini 
117
Селищев А. А. Современное развитие рынка ценных бумаг Китая // Известия Санкт-Петербургского 
университета экономики и финансов– 2010. – №2 (62). – С. 125 – 128 – 0,3 п.л.


73 
o’sishini ta’minlashi orqali aylanma ko’rsatkichlarini yaxshilaydi. Shanhay fond 
bozorining subyektlari soni oshishi bilan birga birja, sarmoyadorlar va tartibga 
soluvchi organlar o’rtasidagi muloqot jarayoni yaxshilanmoqda. Biroq intensiv 
o’sib borayotgan transchegaraviy moliyaviy oqimlar va ayirboshlash 
operatatsiyalari o’z navbatida xalqaro to’lov balansiga, milliy valyutaning 
barqarorligiga, moliyaviy nazoratga beqaror moliyaviy sharoitda o’zining salbiy 
oqibatlarini ko’rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham fond bozorlarining 
ochilishi bu butun iqtisodiyotning o’sishini ta’minlamaydi. 
Biroq ekspertlar xitoy kompaniyalarning aksiya qiymatlarining tez sur’atda 
o’sib borishi, SSE fond bozorini sezilarli qizidirib yuborishi mumkinligini 
ta’kidlashmoqda. Xitoy hukumati ilgari ham spekulyativ investitsion oqimlarga 
qarshi choralar ko’rishni ta’kidlab o’tgan. Ammo 2010-yilning fevral oyida bu 
sohadagi rasmiy e’lon fond bozorlaridan kapitalning chiqib ketishiga olib keldi bu 
ko’rsatkich- 9% tashkil etgan edi. Shunga qaramay ikki oy ichida Shanghai va 
Shenzhendagi aksiyalar 40%ga qimmatlashdi. Xitoy hukumatiga yangi 
kompaniyalar aksiyalarini birjaga chiqarish hali ham foydalidir. Bundan tashqari 
Pekin vaziyatni qo’lida ushlab turganligiga ishonadi va kerak bo’lsa 
sarmoyadorlarning qiziqqonligi sovutishi ham mumkin
118
Qolaversa, birjalarda va savdo maydonlarida erkin ishlatilayotgan 
aksionerlik kapital bozori milliy iqtisodiyotning tuzilmasini, rivojlanish darajasi va 
muhim tomonlarini o’zida aks ettiradi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotli davlatlarda 
kapitallashgan 
kompaniyalar 
moliyaviy 
ko’rsatkichlari 
rivojlangan 
davlatlarnikadan oshib ketadi. Shanhay fond bozoriga keladigan bo’lsak, uning 
dunyodagi mavqei kundan-kunga ortmoqda. SSE listingidagi kompaniyalar 
ro’yhati bilan birga kompaniyalarning moliyaviy ko’rstakichlari parallel ravishda 
oshmoqda. Mazkur Shanhay fond birjalaridagi ijobiy tendensiya esa, o’z navbatida 
XXR moliyaviy rivojlanishi va barqarorligini ta’minlashida yetakchi o’rinni 
egallamoqda. Shuning uchun ham mazkur moliyaviy markaz hukumat tomonida 
qo’llab quvatlanib kelmoqda. 
118
Визитей Е. Китай: мифы и реальность // Финанс. - 2011. - N 22. - С.11-10. 


74 
Yildan-yilga Xitoy fond birjalarining rivoji uchun katta e’tibor qaratmoqda. 
Bunga 2009-yil oktyabr oyida Shenzhen fond bozrida amerika elektron birjasi 
NASDAQ tipidagi yangi savdo maydoni tashkil etilganligini keltirib o’tish 
mumkin. Bu asosan keyingi avlod yuqori texnologiyali xitoy kompaniyalari uchun 
mo’ljallangandi
119
Shu bilan birga ChinaProning axborot berishicha, XXR fond bozori 2010 yil 
iyun oyida dunyoning eng katta savdo maydonlarining uchtaligiga kirdi, may 
oxirida Shanghai va Shenzhen fond bozorining umumiy bozor qiymati 20.96trln. 
yuan($3.07 trln.) ni tashkil etdi. Xorijiy ekspertlar fikricha, Xitoy fond bozori 
2030-yilga kelib eng yirik savdo maydoniga aylanadi. Yaqin 20 yil ichida 
rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan davlatdagi kompaniyalarning aksiyalari qiymati 
5 barobar o’sadi va $80 trln. ni tashkil etadi
120
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, birjalarda va savdo maydonlarida erkin 
ishlatilayotgan aksionerlik kapital bozori milliy iqtisodiyotning tuzilmasini, 
rivojlanish darajasi va muhim tomonlarini o’zida aks ettiradi. 
XXR aksiya bozorlarining kapitallashtirilishi 2030-yilga kelib $41 trln. tashkil 
etilishi kutilmoqda. Hozir esa bu ko’rsatkich $5 trln. atrofida. AQSh da esa bu 
ko’rsatkich 20 yildan keyin $34 trln. gacha ko’tarilishi kutilmoqda.
121
Umuman olganda shuni ta’kidlash lozimki, XXRda milliy iqtisodiyotning 
baynalminallashtirishi va marketing darajasini oshirishi natijasida fond 
bozorlarining ochilishi bilan birga rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə