Biznesga kirish



Yüklə 132,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,73 Kb.
#181224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
burchoqdoshlar oilasi kurs ishi 000

 
 
 
 
 



KIRISH 
Burchoqdoshlar yoki dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae) Magnoliyatoifa 
(Magnoliophyta) bo‘limi, Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi, (Dicotyledones) 
Burchoqnamolar qabilasi (Fabales) ga kiradi. Yer yuzining hamma mintaqalarida 
keng tarqalgan. Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi 
tarqalgan. O‘zbekistonda 528 turni o‘z ichiga olgan 57 turkumi bor. 
Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasining tarkibiga daraxt, buta va chala buta 
o‘simliklar kiradi.
Oila 3 ta kenja oilaga: mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar 
(Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaсеае) ga bo‘linadi.
Mimozadoshlar oilachasi
asosini tropik va suptropik xududlardagi daraxt 
o’simliklari, bularning o’ziga xos belgilari gullarining aktinomorf bo’lishidir. 
Changchilari erkin ( akatsiya –aсaсia turkum vakillari)
Sеzalpindoshlar оilachasi
daraxt, buta va lianalar bo’lib, tropik mintaqalarda 
tarqalgan o’simliklardir. Ba’zi vakillari bizda madaniy holda o’stiriladi. Masalan, 
yahudiy daraxti ( сerсis siliguastrum), o’tkirbargli sano (сassia aсutifolia) va 
boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilacha
vakillarining gullari shingil, soyabon yoki kallak 
(boshcha) shakldagi to’pgulga yig’ilgan. Kosacha barglari qo’shilgan, 5 tishchali, 
aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gulqo’rg’on 5 ta gultojibarglarga ega 
bo’lib, ularning 3 tasi erkin (yelkan va 2 ta eshkak) va ikkitasi qo’shilib qayiqchani 
hosil qiladi.
Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki 
barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari 
odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan 
boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi. Gulining tuzulishi 
juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho zigomorf, ba’zan ikki 
labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi

Yüklə 132,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə