Biznesga kirish


Bunduk (Gymnocladus) turkumi



Yüklə 132,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,73 Kb.
#181224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
burchoqdoshlar oilasi kurs ishi 000

Bunduk (Gymnocladus) turkumi. 
Bu turkum vakillarining guli har xil, 
kosachabarglari naychasimon, besh bo‘lakli, gulbarglari 5 ta, cho'zinchoq, 
changchisi 10 ta, erkin holda joylashgan. Mevasi cho‘ziq dukkak, po‘chog‘i qalin 
bo‘lib, bo‘laklarga ajraladi. Urug‘i tarkibida oqsil bor, urug‘pallalari qalin.
Griffit bagryannigi (Cercis griffithii Boiss. )
ning balandligi 3-6 metrlar atrofida, 
novdasi silliq, qo‘ng‘ir rangda, barglari navbat bilan joylashadi, ular oddiy, 
yumaloq yoki buyraksimon bo’lib, uchi yumaloq yoki o‘yiq, tubi yuraksimon, 
cheti tishchasiz, tuksiz, bo‘yi 5-8 sm, eni 7-12 sm. Barg bandi 20-30 mm, 5-7 ta 
asosiy tomiri bor. Gullari binafsha rangda, to‘pguli katta shingilcha hosil qiladi. 
Daraxti barg yozishdan oldin gullaydi, guli nektarli. Mevasi uzun, yassi dukkak, 
yuqori choki qanotchali.
II.2. 3-rasm. Griffit bagryannigi.
Tuxumak (Sophora) turkumi. 
doim yashil yoki barg to‘kadigan daraxtlar, butalar 
va ko‘p yillik o‘tlar turkumi. Osiyo va Avstraliya tropiklari va subtropiklarida 60 
ga yaqin turi o‘sadi. O‘zbekistonda, asosan, vatani Xitoy va Yaponiya bo‘lgan 1 
turi —yapon Tuxumagi (S. japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi.
 


Yapon tuxumagi (Sophora japonica L. )
ning bo‘yi 20 m dan ortadi, shox-
shabbasi yoyiq, sharsimon, nihoyatda manzarali. Tuxumak may oyida gullaydi, 
gullari oq sariq, kapalaksimon bo‘lib, novdasining uchida shingil ro‘vak hosil 
qiladi. U nektar chiqarib turadigan o‘simlik. Dukkagi oktabr oyida yetiladi, u 
daraxtda osilib turadi, seret, sirti cho‘tir, pallalarga ajralmaydi, yelimsimon 
suyuqlik bilan to’lgan, avval yashil bo’lib, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi. Urug‘i 
qora bolib, loviyaga o‘xshab ketadi.
Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. ) 
Bo‘yi 2-3 m ga 
yaqin kichik buta. Novdalari sariq-yashil tuk bilan qalin qoplangan, shoxlari 
qo‘ng‘ir-sariq, kul rangda, tikansimon barg qoldiqlari bor. Barglari ikkita 
bargchadan iborat, ular tuxumsimon, yashil-kulrang, tukli bo‘lib, bo‘yi 15-30 mm, 
eni 4 mm, uchi o ‘tkir. Gullari to‘q binafsha rangda bo‘lib, yosh novdalari uchida 
shingilcha hosil qiladi. Mevasi dukkak, tuksiz, yonidan ezik, bo‘yi 18-20 mm, eni
10 mm gacha, sariq. Markaziy Osiyoda qumliklarda tarqalgan. Qumlar harakatini 
to‘xtatish maqsadida ko‘p ekiladi.
2.2. 5-rasm. Karelin quyonsuyagi 
(Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. )

Yüklə 132,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə