Biznesga kirish



Yüklə 132,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,73 Kb.
#181224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
burchoqdoshlar oilasi kurs ishi 000

Un 
shudring kasalligi. 
Un shudring kasalligi bilan odiy no’xat, mahalliy no’xat, 
loviyalar, mosh, loviya, soya, yasmiq, china kabi o’simliklar va dukkakli yem-
xashakli beda, sebarga, esparset va boshqa ekinlar zararlanadi.
Kasallikning asosiy belgisi o’simlikning barg va poyalarida unsimon oq 
novvosimon g’ubor hosil bo’ladi, u sekin-asta kulrang tusga kiradi va g’uborda 
qora nuqtalar (zamburug’ning kleystokarpiyalari) hosil bo’ladi. o’simlikning 
zararlangan qismi sarg’ayadi va qurib qoladi.
Un shudring kasalligini xaltali zamburug’lar sinfiga mansub Erysiphe communis 
va Leveilulla taurice keltirib chiqaradi. Bu zamburug’lar o’simlikiarning o’sish 
davrida konidiyalari bilan tarqaladi va kleystokarpiya holida o’simliklar qoldig’ida 
qishlaydi.
Un shudring kasalligiga qarshi kurashish choralari:
1. Almashlab ekish. 2. Bir yillik dukkakli o’simliklar qoldig’ini yig’ib olish va 
yo’qotish. 3. Bir yillik o’simliklar yig’ib olingandan keyin yerni kuzgi shudgor 
davrida oltingugurt kukuni va ohak aralashmasi olib (1:1 nisbatda gektariga 20—
30 kg hisobida) changlash.
Askoxitoz kasalligi. 
Askoxitoz kasalligi bilan oddiy no’xat, mahalliy no’xat, 
loviyalar, mosh, china, yasmiq, loviya va boshqa dukkakli o’simliklar zararlanadi. 
Bu kasallik bilan kasallangan o’simliklarning barglarida och qo’ng’ir rangli, cheti 
qora hoshiyali, yumaloq yoki tuxumsimon dog’lar hosil bo’ladi. Poya va barg 
bandlarida ham xuddi shunday botib kirgan, cho’zinchoq dog’lari bor. 
Dukkaklaridagi dog’lar yumaloq botiq hoshiyali bo’ladi.
Kasallangan o’simliklardagi hamma dog’larda mayda qora nuqtalar paydo bo’ladi. 
Dukkaklar qattiq zararlansa, urug’lari ham zararlanadi, ular qo’ng’ir tusga kiradi 
va burishib qoladi, urug’ning unib chiqish quvvati bo’ladi.
III.BOB. 
Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan o'simliklardan biri 
o'tlog' sebargasidir (106-rasm). O`tloq sebargasi bo`yi 25-50 sm keladigan ko'p 
yillik o't. Barglari uzun bandli, uch yaproqchali. Gullari mayda, 2-3,5 sm keladigan 
kallakcha shaklidagi to'pgulga joylashgan. Burchoqdoshlarga mansub o'simliklar 
qatoriga yantoq ham kiradi. Yantoqning yoshi oshgan sari uning ildizi ham 
chuqurlikka va yoniga qarab uzaya boradi. Chuqurlikka qarab o'sgan ildiz ko'p 
vaqt o`tmay yerosti suvlariga yetib boradi. Shuning uchun unga «uning boshi 
olovda, oyog`i esa suvda» deyishadi. Tabiatda burchoqdoshlaming turli 
maqsadlarda ishlatiladigan isirg`ao`t, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak, 
astragal, burchoq, beda kabi turkumlarining turlari o'sadi. Bu oilaning madaniy 
o'simliklari — mosh, no`xat, loviya, soya va yasmiq alohida ahamiyatga ega (107-


109-rasmlar). Respublikamizning sug`oriladigan yerlarida burchoq-doshlar 
oilasiga kiruvchi yeryong`oq ekiladi. Bu o'simlikning vatani Braziliya. Yeryong`oq 
bir yillik o`t, barglari juft patsimon, murakkab. Guli to`q sariq, dukkagi cho'ziq. 
Gullari changlanib va urug`lanib bo'lgach, gulli novdalari qayrilib, tuproq ichiga 
kiradi va meva hosil qiladi. Respublikamizning shahar va qishloqlaridagi istirohat 
bog`larida, xiyobonlarda va ko`chalarda manzarali daraxt sifatida ekiladigan 
o'simliklardan tuxumak (yapon saforasi), tikan daraxt (gledichiya) va oq akatsiya 
burchoqdoshlar oilasiga kiradi (110-111-rasmlar). Burchoqdoshlar oilasi 
O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan o'simliklarga boyligi, 
ya'ni 60 turni o`z ichiga olishi bilan alohida o`rinda turadi. Turlar sonining ko`pligi 
jihatidan astragal (37 tur), oksitrops (13 tur) va tangao`t (8 tur) turkumlari ajralib 
turadi. 
Achchiqmiya, afsonak, akatsiya, astragal, beda, boqila, burchoq, gledichiya, 
isirg'ao't, loviya, mosh, no'xot, oksitrops, oqquray, qashqarbeda, quyonsuyak, 
sebarga, shirinmiya, soya, tangao't, tuxumak (yapon saforasi), yantoq, yeryong'oq, 
zirako't. 
XULOSA 
Inson organizmining oziqlanishida o’simlik oqsili ham chorva mollari oqsili bilan 
bir qatorda muhim hayotiy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi hayvonlari asosan 
o’simlik oqsili bilan oziqlanadi. Shuni aytish kerakki, dukkakli o’simliklar 
o’zlarining organizmida, ayniqsa urug’larida va yashil massasida ko’p miqdorda 
oqsil moddasini to’plash xususiyatiga ega, shuning uchun ham ular xalq 
xo’jaligida yuqori baholanadi.
Mavzuni o’rganishda no’xat o’simligining

xalq xo’jalikdagi ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi,

navlari, hosili, o’simlikning tuzilishi,

biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilni yig’ib olish va qayta ishlashni

no’xat o’simligining kasalliklari, ularga qarshi kurash choralari

no’xatning shifobaxshlik xususiyatlari



dukkakdoshlar oilasi mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida botanika 
darslarida o’tish uchun bir soatlik dars ishlanmalari ishlab chiqildi.
O’simliklarga mineral o’g’itlardan kaliy, kalsiy elementlari yetishmaganda 
o’simlik organlarida o’zgarishlar sezildi, bunda yosh barglarining yuqori qismining 
oqarishi, yangi hosil bo’lgan barglar mayda, buralgan, noto’g’ri shakllarda bo’lishi 
mumkinligi aniqlandi.

Yüklə 132,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə