Biznesga kirish


Qaragan (Caragana) turkumi



Yüklə 132,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,73 Kb.
#181224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
burchoqdoshlar oilasi kurs ishi 000

Qaragan (Caragana) turkumi. 
Bu turkumning vakillari buta o‘simlikdir. Barglari 
juft patsimon, gulbandi bo‘g‘imli, gullari yakka-yakka yoki to‘da bo’lib joylashadi. 
Kosachasi kalta, naychasimon, tubining bir tomoni keng, kalta tishchali, 
yelkanining cheti qayrilgan, qayiqchasi to'mtoq, ustunchasi ipsimon, tuksiz bo’ladi. 
Dukkagi bandsiz, yonidan ezik, so‘ng silindrsimon, ko‘p urug‘li, ikki pallali, qalin 
po‘stli. Bu turkum tarkibida 50-60 taga yaqin tur bo‘lib, ular Markaziy Osiyoda va 
MDH ning Yevropa qismida, janubiy va sharqiy hududlarda uchraydi. Markaziy 
Osiyoda 13 turi bor.
Butasimon astragal (Astragalus ammodendrop L. )
kichik buta, shoxlari 
yo‘g‘on bo‘lib, oq tuk bilan qoplangan. Barglari juft patsimon bo‘lib, 5-7 juft 
bargchalari bor, ular yog‘ochlashgan, sarg‘ish, ninasimon, bo‘yi 25-75 mm, bandli. 
Bargchalari cho‘zinchoq, bo‘yi 25-30 mm, eni 2, 5-5 mm. Har ikkala tomoni 
oqish-kul rang. Shingili 6-15 ta guldan iborat bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida joylashadi, 
guli kalta bandli, ba’zan bandsiz. Dukkagi uzun bandli, cho‘zinchoq, ezik, tuk 
bilan qoplangan, urug‘i buyraksimon, ko‘kish-yashil, bo‘yi 2, 5 mm. Astragal 
urug‘idan ko‘payadi.


2.2. 6-rasm. Butasimon astragal.
Ko‘k no‘xat
(Pisum sativum) poyasi pakana bo‘yli (50 sm gacha), yarim pakana 
(51 – 80 sm), o‘rta bo‘yli (81 – 150 sm) va baland bo‘yli (151 – 300 sm) bo‘ladi. 
Gullari – kapalaksimon, gulkosa, gultojibarg va generativ organlari (10 ta changchi 
va tuguncha). Gultojibargda 5 ta gul bargi bo‘lib ular har xil shaklda bo‘ladi. Rangi 
xilma – xil bo‘lib, barg qo‘ltig‘idagi yoki yon shoxlarining uchlarida bir nechadan 
bo‘lib joylashadi. mevasi har xil shakldagi dukkakdan iborat. Mevasida 1 – 10 ta 
har xil shaklda bo’ladi.
2.2. 7-rasm. Ko’k no’xat (Pisum sativum).

Yüklə 132,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə