Biznesga kirish



Yüklə 132,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,73 Kb.
#181224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
burchoqdoshlar oilasi kurs ishi 000

Mavzuning asosiy maqsadi: 
Burchoqdoshlar oilasi o’simligining biologiyasi va 
shifobaxshlik xususiyatlarini tajribalar asosida o’rganib, o’rgangan xulosalarimiz 
asosida oila vakillarining foydali xususiyatlarini keng o’rganish, hosilning 
samaradorligini oshirishni oldimizga maqsad qilib qo’yishdan iborat bo’ladi..
Mavzuning asosiy vazifasi: 

Burchoqdoshlar oilasiga umumiy tasnif berish

burchoqdoshlar oilasi biologiyasi va uning turlarini aniqlab o’rganish. 
Oilaning vakillaridan to’g’ri foydalanib, ularning tarqalish maydonlarini 
kengaytirib erkin rivojlanishiga yordam berishdan iborat hisoblanadi.

 
 
 
 
 


I. 
BURCHOQDOSHLAR OILASI 
 BURCHOQDOSHLAR 
(dukkakdoshlar), (Fadaceae, Leguminosae) — ikki 
urug’ pallali o’simliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng 
tarqalgan. Ba’zan Burchoqdoshlarni 3 kenja oila — mimozadoshlar (Mimosaceae), 
Tse zalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseae yoki 
Fabaceae) ga ajratiladi. Burchoqdoshlarning barglari ko’pincha ketma-ket 
joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, 
shingilsimon yoki kallaksimon to’pgullarda o’rnashgan, odatda zigomorf, 
ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak. Burchoqdoshlarning 12000 turni 
birlashtirgan 500 turkumi (O’zbekistonda 528 turni o’z ichiga olgan 57 ta turkumi) 
bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy bo’lgan mosh, no’xat, loviya, soya, yer 
yong’oq oziq-ovqat uchun, to’yimli o’tloq o’simliklaridan beda, sebarga, esparset 
yem-xashak uchun ko’plab ekiladi. Burchoqdoshlar orasida texnikada 
ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho 
yog’och olinadigan daraxtlar bor. Yer yong’oq, sano, qashqarbeda, shirinmiya, 
shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, 
smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda 
ishlatiladi. Cho’llarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli 
hisoblanadi. Burchoqdoshlarning ba’zi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) 
insektisid sifatida ishlatiladi. Ko’p Burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, 
tuxumakva boshqalar) manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga 
mansub ko’p o’simliklarning ildizida atmosfera azotini o’zlashtiradigan 
azotobakter yashaydi. Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam 
bo’lgan tuproqda ham yaxshi o’sadi.
Burchoqdoshlar oilasining ba'zi bir turkum vakillarini aniqlashda changchilarning 
tuzilishi muhim ahamiyatga ega, Sofora, Afsonak turkum vakillarida barcha 10 ta 
changchi erkin. Boshqa turkum vakillarida esa hamma 10 changchilar, changchi ipi 
qo’shilib, naycha hosil qiladi ( Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida).
Oilachaning ko’pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo’shilib, naycha hosil 
qiladi, bittasi erkin holda bo’ladi (no’xat, beda, sebarga va boshqalar).
Mevasi - dukkak.
Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki 
barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari 
odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan 
boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi.
Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho 
zigomorf, ba’zan ikki labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi.
Gultojining beshta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta 
bo’lib ajralib bandchasiga nisbatan deyarli to’g’ri burchak ostida joy oladi. 
Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki yon 
bargini yopib turadi, bu barglar assimetrik tuzilgan, Qanotlar o’z navbatida ikkita 
pastki bargni qoplab turadi.
Bu barglar ham assimetrik tuzilgan bo’lib bandchasi bor, ular boshdan oyoq yoki 
faqat yuqori qismidan bir - biriga qo’shilib o’sadi va qayiqcha deb ataladigan bir 


tuzilma hosil qiladi. Gulning otalig’i 10 ta gulida otalig’i 9 ta yoki 5 ta bo’ladigan 
kapalakgullar oilasi kamdan kam istisno tariqasidagina uchraydi.
Ko’pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir - biri bilan qo’shilib, tutashmas 
naycha hosil qiladi, qo’shilib o’smay, erkin turadigan 10 ta otalikning bir muncha 
keng turgan ipi o’sha naychaning tirqishini yopib tuuradi. Ahyon – ahyonda o’nta 
otalikning hammasi bir-biri bilan qo’shilib ketadi yoki aksincha o’nta otalikning 
hammasi erkin qoladi. 
Otaliklar qo’shilib o’sgan bo’lsa ham kapalakgullarning o’n a’zoli andraseyi besh 
a’zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko’rsatadigan belgilarni saqlab qoladi, bu 
otaliklarning uzun qisqaligida ko’rinadi, bir muncha uzun ipli beshta otalik 
kattaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. Onaligi dukkaklilarning hamma 
vakillaridagidek, bir uyali ustki tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat. 
Mevalari ikki palla bo’lib ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba’zan suvli 
bo’ladi.
Tuganak bakteryalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli o’simliklar 
o’zlashtiradi, shunga ko’ra azot kam tuproqda ham yaxshi o’saveradi. Dukkakli 
o’simliklarning ildizi va boshqa qisimlari chiriganida birikmalr holida to’plangan 
organik azot zapasi tuproqqa o’tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki 
bilan yashil o’simliklarga azotli oziq beradigan manba bo’lib qoladi. Azot 
to’plovchi o’simliklar bo’lmish dukkaklilar tabiiy o’simlik senozlari uchun ham 
ekiladigan o’simliklar uchun ham bir xilda muhim ro’l o’ynaydi.
Azot yetishmasigidan unumsiz bo’lgan tuproqlarning avval ularga dukkakli 
o’simliklar ekiladigan bo’lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. Almashlab ekishda 
dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli o’simliklar boshdan oyoq yer 
ustki qismlari bilan birga haydab yerga ko’mib yuboriladi. 

Yüklə 132,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə