Biznesga kirish


 Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar



Yüklə 132,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,73 Kb.
#181224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
burchoqdoshlar oilasi kurs ishi 000

2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar 
Sezalpinlar kenja oilasi 
Bu kenja oila vakillarining guli noto’g’ri, gulqo’rg’oni 5 a’zoli, changchisi 10 ta 
bo’lib, erkin holda. Oila tarkibida 100 dan ortiq turkum bor.
Gledichiya (Gleditshia) turkumi. 
Bargi qo’shpatsimon murakkab. Gullari bir 
jinsli, aktinomorf, mayda, ko’kish, barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqsimon 
to’pgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang, Shimoliy va Janubiy 
Amerikada, Janubiy Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi ma’lum.
Tikanli gledichiya (Gleditsia triacanthos L. ) 
bo’yi 25- 30 m ga, diametri 0, 7 m 
ga yetadigan katta daraxt. II. 1. 1-rasm. Gledichiya may oyida gullaydi. Gullari 
kichik shingilsimon to’pgul hosil qiladi. Ular mayda, tukli, gulqo’rg’oni yashil 
rangda, xushbo’y, nektarli bo’ladi. Ikki jinsli, ba’zan bir jinsli bo’ladi. 
Dukkagining bo’yi50 sm, ga, eni 3-4 sm ga yetadi, yetilish oldidan to’q 
jigarrangga kiradi. Mevasining eti mazali, tarkibida fitonsid moddasi bor. 
Dukkagining ichida loviyasimon uruglari bo’ladi. Urug’i endospermasiz. Po’sti 
juda qalin va qattiq bo’lib, urug’ning tez unib chiqishiga to’sqinlik qiladi.


2.2. 1-rasm. Tikanli
gledichiya 
Kaspiy gledichiyasi (Gleditsia caspica Desf. ) II. 1. 2-rasm. 
tikani oddiy va 
shoxlamaydigan, dukkagi to‘g‘ri, enli bo‘lishi bilan oldingi turdan farq qiladi. 
Sharqiy Kavkazortida Talish pasttekisligida tabiiy o‘sadi, sovuqqa chidamsiz, 
shuning uchun faqatgina janubiy hududlarda ekish maqsadga muvofiqdir.
Tuganak bakteriyalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli o’simliklar 
o’zlashtiradi, shunga ko’ra azot kam tuproqda ham yaxshi o’saveradi. Dukkakli 
o’simliklarning ildizi va boshqa qismlari chiriganida birikmalar holida to’plangan 
organik azot zapasi tuproqqa o’tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki 
bilan yashil o’simliklarga azotli oziq beradigan manba bo’lib qoladi.
Azot to’plovchi o’simliklar bo’lmish dukkaklilar tabiiy o’simlik senozlari uchun 
ham ekiladigan o’simliklar uchun ham bir xilda muhim ro’l o’ynaydi.
Azot yetishmasligidan unumsiz bo’lgan tuproqlarning avval ularga dukkakli 
o’simliklar ekiladigan bo’lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. Almashlab ekishda 
dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli o’simliklar boshdan oyoq yer 


ustki qismlari bilan birga haydab yerga ko’mib yuboriladi.
Kapalakgullilar oilasi tuganak bakteriyali bilan simbioz holda o’sadigan 
bo’lganidan ularning vegetativ qismalari bilan urug’larida oqsil moddalari juda 
ko’p bo’ladi, dukkaklilarning ko’pchilik vakillaridan yaxshi yem – xashak va 
ovqat o’rnini bosa olishi shunga bog’liq.

Yüklə 132,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə