Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Parij Kommunasi
— 1871 yilning 18 martida Parijda Uchinchi respublika xukumatiga 
qarshi xalq inqilobi. Bunga bonapartchilar rejimi va 1870—71 yillardagi frantsuz—pruss 
urushida Frantsiyaning mag’lubiyati sabab bo`ldi. 28 martda e`lon qilingan Kommuna 28 mayga 
qadar yashagan. 
Konfederatsiya
(lot. confederatio — ittifoq, birlashma) — Davlat boshqaruv shakli bo`lib,
konfederatsiyaga kirgan davlatlar o`z mustaqilligi, davlat boshqaruv organlarini saqlab 
qoladi. Konfederatsiyaga faqat ma`lum maqsadlar uchun birlashiladi (ya`ni harbiy, tashqi siyosat 
va xokazo). SHveytsariya tarixiy konfederatsiya shakliga misol bo`la oladi.
Federatsiya
(so`nggi lot. Foederatio dan — ittifoq, birlashma) —davlat tuzilish formasi 
bo`lib, unda huquqiy jihatdan muayyan siyosiy mustaqillikka ega bo`lgan bir necha davlat 
tuzilishlari bitta ittifoq davlatini tashkil etadi. Federatsiya hududi federatsiyaga kirgan davlatlar 
hududidan tashkil topgan. Bu davlat tuzilishining xar biri o`z konstitutsiyasini qabul qilish 
huquqiga ega. Federatsiya bilan unga kirgan shtatlar, respublikalar, kantonlar o`rtasidagi vakolat 
yagona konstitutsiya bilan chegaralanib qo`yiladi. Federatsiyaning ittifoq birliklari o`zlarining 
huquqiy va sud sistemalariga egadir. Ko`pgina federatsiyada bir vaqtning o`zida yagona ittifoq 
grajdanligi va ittifoqdosh birliklar grajdanligi ham mavjuddir. Burjua federatsiya milliy — 


53 
hududiy birlikni kat`iy hisobga olmagan holda tuziladi. Burjua federatsiyasi odatda bir necha 
davlat tuzilishining ittifoqi sifatida vujudga keladi (AQSH, GFR, Avstriya va xokazo). 
Totalitarizm
(lot. Totalis — butun, hammasi, to`la) — davlat boshqaruvining shakllaridan 
biri bo`lib, jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan to`la davlat nazoratini o`rnatilganligi bilan 
xarakterlanadi. XX asrning 20— yillarida Germaniya va Italiya fashizmning rasmiy mafkurasiga 
aylandi. 
Emigratsiya
(lot. Emigrage dan olingan boshqa erga ko`chish) — iqtisodiy, siyosiy va 
boshqa sabablar bilan o`z vatanidan majburan yoki ixtiyoriy suratda boshqa mamlakatga ko`chib 
ketish. Hozirgi zamon kapitalistik jamiyatida emigratsiyaga asosan ishsizlik, (Masalan, 1978 
yillarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 12 millionga yaqin chet zllik ishchi bor edi.) iqtisodiy 
qiyinchiliklarni, milliy kamsitishlar, siyosiy ta`qiblar sabab bulmokda. 
Brifing
(ingl brifing) — aynan matbuot vakillarining instruktaji, qisqacha kengashi 
bo`lib, unda bu ish uchun maxsus vakil qilingan shaxslar muayyan masala bo`yicha 
xukumatning pozitsiyasini bayon qilib beradi yoki xalqaro munozaralarda, yigilishlarda, 
konferentsiyalarda ishtirok etayotgan tomonlarning bu anjumanlarining borishi to`g’risidagi, 
ularning qarashlarini bayon qilib beruvchi axborot va x.okazo. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə