Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar


Rad qilishga bardoshli bolgan vizantiya generallari algoritmi



Yüklə 247 Kb.
səhifə10/21
tarix19.09.2023
ölçüsü247 Kb.
#122527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
3-mavzu

Rad qilishga bardoshli bolgan vizantiya generallari algoritmi
Vizantiyacha izdan chiqishga bardoshlilik (Byzantine Fault Tolerance(BFT)) deb tizimning ba’zi tarkibiy komponentlari yoki qismlari noto’g’ri yoki chala ishlayotgan xolatlarda ham tizim o’z faoliyatini davom ettira olishi tushuniladi. Bunday rad qilishga bardoshli tizimni sovuq urush davrida harbiylar murakkab tizimlarning (masalan DARPA - Defense Advanced Research Projects Agency tarmog’i) to’xtovsiz ishlashini ta’minlab berish uchun ishlab chiqqanlar. Shunday qilib, taqsimlangan hisob-kitoblar va blokcheynlar sohalarida tizimning ishdan chiqmasligini Paxos (ma'lumotlarni ikki bosqichli kommunikatsiya orqali uzatib, taqsimlangan tizimlarda konsensusga erishishga imkon beradigan algoritm) va Tandermint (vizantiya generallari muammosini yengishga yordam beradigan yana bir consensus algoritmi)lari ta’minlab bera oladilar. Bu algoritmlarni yoki protokollarni ishonchli bo’lmagan tugunlarga ega bo’lgan tarmoqlarda konsensusga erishishga yordam beradigan algoritmlar deyish mumkin. Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasida asosiy urg’u bir rangli tarmoqlar va haqiqiylikning kriptografik aniqlanuviga qaratiladi. Texnologiyaning nomi esa informatsiyani bloklarga guruhlashdan kelib chiqqan desak to’g’ri bo’ladi. Bloklar zanjirining har bir bloki esa oldingi blokning kriptografik xeshini (xesh algoritm yordamida hosil qilingan) o’z tarkibiga oladi.
Istalgan inson mayner bo’lishi mumkin, ammo tranzaktsiyalar juda ham ko’payib ketganda elektr energiya narxi past bo’lgan xududlardagina mayning qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bitkoin blokcheynida har bir blok bir megabaytdan kam bo’lgan o’lchamli mingta tranzaktsiyadan iborat. 2009 yil yanvaridan ishga tushirigan bitkoin blokcheynida blok yechimini topganlik uchun mukofot ellik bitkoin bo’lgan va bu qiymat har 210 ming blokda ikki marta kamaytirilgan. Hozirgi paytda maynerlar bitta blok uchun 12,5 bitkoin oladilar, 2021 yildan boshlab esa bu kattalik 6,75 BTC ga tushadi. Hozirgi davrda GHASH, IO, Ant-Pool, BW.COM, F2Pool… larga o’xshash bir qancha megapullar bitkoin topish (mayning)ga monopoliyaga egadirlar. Buni tushunish uchun Blockchain.info saytidagi “peredanocherez” ustuniga qarash kifoya. Agarda biror bir inson, kompaniya yoki insonlar guruhi hisoblash quvvatlarining yarmidan ko’prog’ini nazorat qilishga erishsalar, buni tarmoqqa bo’lgan 51% li hujum deb ataladi. Chunki bu holatda u yoki ularning amallarni monopol ravishda tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ular o’z bitkoinlarini bir vaqtning o’zida ikki oluvchiga sotishlari ham mumkin bo’ladi. Bu ikki amalning qaysi biri tasdiqlanishi va qonuniy (legitim) bo’lishini mayning va blokcheyn tarmoq konsensusi yordamida aniqlanadi.
Hozirgi paytda mayningga ajratilgan eng ko’p miqdordagi hisoblash quvvati AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury pullariga tegishli. Agarda ushbu pullar o’zaro kelishib olishsa, hujumni birgalikda ham tashkil etishlari mumkin. Ammo ular buni qilishga botina olmaydilar, chunki bu qaroqchilik oqibatida raqamli valyutaning narxi juda ham pasayib ketadi va natijada katta bitkoin zahirasiga ega bo’lgan bu pullar katta moliyaviy zarar ko’rishlari mumkin. Ammo kriptologlarning fikrlaricha, bir guruh insonlar pullarni ishdan chiqargan holda ham hujumni uyushtirrishlari mumkin. Bunday hujumni biror bir davlat yoki katta biznes (bank yoki xedj-fond) namoyondalari ham amalga oshirishlari mumkin. Lekin bunday hujumni uyushtirish uchun kerakli bo’lgan hisoblash quvvatlari va energiya sarfi juda katta bo’ladi. Masalan, agar 2016 yildagi bitkoin tizimining umumiy quvvati 1,2 million teraxesh bo’lgan bo’lsa va 1 teraxeshning narxi 4000 dollarligini hisobga olsak, hujum uchun 4,8 milliard dollar kerak bo’ladi. Ammo agarda tarmoqning havfsizligi buzilsa, uni to’g’rilash uchun ham mahsus tartiblar mavjud, albatta.
Blokcheynni ko’pincha uning anonimliligi uchun ham qattiq tanqid qiladilar. Oltin yoki markazlashmagan raqamli pullarga ega bo’lish ishtiyoqi iqtisodiyotning ko’pgina sub’ektlarini o’ziga jalb qiladi. Ammo anonimlilik tufayli noqonuniy ishlarga yo’l ochib berishdan cho’chish raqamli texnologiyaning keng tarqalishiga mone’lik qiladi. Agarda masalaga texnik nuqtai-nazardan yondoshsak, bitkoinning anonimliligi bilan bog’liq bir qancha muammolarni chetlab o’tish mumkin bo’ladi. Masalan, bitkoin bloklari zanjirida qanday o’zgarishlar sodir bo’layotganini bemalol kuzatib tursa bo’ladi. Shunday qilib, har bir shaxs, huddi blokchain.info saytidagi singari, blokcheyndagi jarayonlarni kuzatib turish imkonini beradigan dastur tusib qo’yishi mumkin. Bitkoin adreslar o’z-o’zlaricha biror-bir fizik va huquqiy manzil bilan bog’langan emas, shuning uchun ham bitkoinni anonim yoki nomsiz deb ataydilar.
Haqiqatan ham bitkoin tarmog’ida foydalanuvchining shaxsi uning istagiga muvofiq o’zgartirilishi mumkin bo’lgan kriptografik nom (psevdonim) orqali yashirilgan. Barcha tranzakstiyalar psevdonim bilan imzolanadilar va ularning to’g’riligini tekshirish hamda bitkoinlarni yangi egalariga topshirish uchun ular umumiy tarmoqqa uzatiladilar. Shaxsning kim ekanligi boshqa vositalar yordamida ham bitkoin adres bilan bog’lanishi mumkin. Bu ish amalga oshganida blokcheynning tarixini tiklash orqali bu shaxsning o’tmishdagi amallarini bilib olish mumkin. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin. Agarda hamkoringiz siz ma’lumotlar berishingiz kerak bo’lgan biror bir tashkilot (bank, davlat, ijtimoiy tarmoq va boshqalar) bo’lsa, u xolda ushbu tashkilot siz haqingizdagi barcha ma’lumotlarni biladi va uning komp’yuter vositalari sizning blokcheyndagi ma’lumotlarinigizni bilib olishi ham mumkin. Masalan, agar siz qandaydir saytdan bitkoin to’lash orqali biror bir mahsulot sotib olsangiz, taabiiyki, unda o’z ma’lumotlaringizni qoldirasiz va bu bilan ushbu saytga blokcheynga kirish va siz haqingizdagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini yaratasiz. Bitkoin tizimi Know-Your-Customer (KYC-kompaniyaning o’z mijozlari shahslarini tekshirishi) jarayonini quvvatlamasligi ayni haqiqat va siz shaxsiy ma’lumotlarni qoldirmagan xolda istalgancha hamyonlar ochishingiz mumkin. Lekin bu ham bitkoin 100% anonim ekanligini anglatmaydi.Hozirgi davrdagi deyarli barcha kriptovalyutalar shaffof blokcheyndan foydalanadilar. Ozroq miqdordagi loyihalar esa blokcheynning shaffof emasligini ta’minlaydi. Masalan, DASH (digital cash - oldingi nomi Darkcoin) kriptovalyutasi (https://www.dash.org) bitkoindan farli o’laroq, mijoz-server arxitekturasidan foydalanadi va huddi bitkoin singari proof of work printsipini ishlatgan xolda hulosani proof of stake (bo’lakni tasdiqlash) rejimida amalga oshiradi. Bunda maxsus serverlardan (mastermodes) iborat bo’lgan tarmoqchalar hosil qilinadi, ular esa o’z navbatida hususiy amallar (darksend) yoki momental o’tkazuvlar kabiqo’shimcha funktsional imkoniyatlar yaratib beradi. Dash kriptovalyutasi bitkoinga nisbatan ko’proq darajada anonimroq bo’lib, u ham to’liq shaffof emaslikni ta’minlab bera olmaydi. Huddi shu kabi loyihalar jumlasiga Zerocoin va Zero Cash Project larni ham kiritish mumkin. To’liq anonimlikni ta’minlashni amalga oshirgan loyihalardan biriga misol sifatida Monero (https://getmonero.org) loyihasini keltirish mumkin.Monero (esperantoda valyuta ma’nosini anglatadi) da ikki asosiy hususiyat mavjud:
 U pul mablag’larini jo’natish va qabul qilib olishni tranzaktsiyalar barchaga ko’ringan holda amalga oshirish imkonini beradi;
 U noaniqlik yaratib, sarf qilingan mablag’larni kuzatish imkonini yo’qqa chiqaradi.
Monero protokoli bir martalik aylanma imzo usuli (one-time ring signatures) dan foydalanadi. Ushbu texnologiya tranzaktsiyalarni to’liq yashirishga imkon beradigan juda kuchli anonimlilik texnologiyasidir. Tranzaktsiyani tasodifiy ravishda amalga oshirish uchun aylanma usulda imzo qo’yiladigan boshqa bloklar zanjiri tanlanadi. Bu esa nashr qilish uchun barmoqlarning raqamli tasvirini hosil qiladi. Tranzaktsiyani aniqlaydigan bunday raqamli tasvirni key-image (kalit tasvir) deb ataladi. Bunday mug’ombirlik kuzatuvchilardan haqiqiy imzoni yashirish uchun hizmat qiladi hamda amalning qonuniyligini va firibgarlik emasligini kafolatlaydi. View-keys kalitlaridan foydalanish ham to’lov oluvchini aniqlashga imkon qoldirmaydi. Bunda tranzaktsiya ochiq kalitdan foydalanmagan holda bir martagina ishlatiladigan adresga jo’natiladi. Tranzaktsiyani o’qish huquqi esa to’g’ri view-key (ko’rish uchun kalit) ga ega bo’lgan oluvchigagina tegishli bo’ladi. Monero da shifrlanmagan operatsiyalar ma’n etiladi, shaffof emaslik to’liq ta’minlanadi va amallarni kuzatuv imkoniyati yo’q. Loyihaning eng oxirgi yangilanishiga esa trazaktsiyaning summasini ham yashirishga chora topishdi. Monero ga o’xshash valyuta tizimlari dunyo bo’ylab tarqalib ketsa nima bo’ladi? Hozirda uning kapitalizatsiyasi 150 million dollardan oshib ketdi, Microsoft kompaniyasi esa uni Baas (Blokcheyn-as-a-service) tizimiga qo’shib qo’ydi. Lekin bitkoinga o’xshab, Monero foydalanuvchiga to’liq anonimlilikni u tizim ichidaqolgandagina ta’minlaydi. Moneroni boshqa shaffof to’lov tizimlari bilan ma’lumotlar almashinish uchun ishlatilganida uning konfidentsialligi ushbu to’lov tizimi konfidentsialligi darajasiga qaytadi. Demak, agarda siz to’liq anonimlilikni ta’minlamoqchi bo’lsangiz, Monerodan chiqmaganingiz ma’qul. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan tushunish mumkinki, qandaydir diler noqonuniy topilgan pullarni biror bir kriptovalyuta tizimiga joylashtirishdan avval yaxshilab o’ylab olishi lozim. Pullarni kriptovalyuta tizimiga joylashtirgandan so’ng, u bemalol uhlay olmaydi, chunki agar u tizimdan ozgina mablag’ni ham bankka chiqarsa, o’sha zahoti yer sharining qandaydir qismida joylashgan serverda buning izi qoladi uning siri oshkor bo’lib qolish ehtimoli ancha ortadi.
Mashstablashuvchanlik tizimning o’lchamlar o’zgarishiga moslashuvchanlik qobiliyatidir. Masalan, tizim katta talab bo’lgan hollarda o’z funktsiyalarini va ish qobiliyatini ushbu sharoitlarga moslashtira olishi kerak. Ba’zi bir blokcheynlar uchun konkret masalalarni hal qilish uchun kerakli bo’lgan texnik, iqtisodiy va energetik resurslarning eksponentsiyal ko’payishi muammo bo’lib qoladi. Masalan, beAchain blokcheyni uning consensus/tekshiruv ga asoslangan spetsifik protokoli tufayli 100% masshtablashtiriladigan hisoblanadi. Bitkoin blokcheyni haqida gapirganda esa uning rad etishlarga juda ham chidamliligini, ishonchliligini hamda jahonda keng miqyosda tarqalganini hisobga olishimiz kerak. Agarda bitkoin blokcheyning imkoniyatlarini oshirmoqchi bo’lsak, u xolda buning uchun quyidagi yechimlarni taklif qilish mumkin:
 Al’tkoinlar (al’ternativ kriptovalyutalar - http://altcoins.com)ga o’tish
 Tranzaktsiyalarning bloklari o’lchamini kattalashtirish
 Kollateral yoki “yonlama zanjirlar”ni ishlatish
 Lightning Network tizimidan foydalanish
 Blokcheyn ma’lumotlar bazasi yoki “mijozlar ma’lumot bazalari” ni tashkil qilish.
Hozirgi davrda jahonda mingdan ortiq turli xil kriptovalyutalar (yoki virtual valyutalar) mavjud bo’lib, ularning har biri o’z blokcheyniga tayanadi va qandaydir funktsiyani bajaradi yoki xizmatlar ko’rsatadi. Quyida bir necha kriptovalyutalarning holati tavsif etilgan (CoinMarketCap):

Yüklə 247 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə