Bmi mashhura


Neftni qayta ishlashning fizik usullari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bmi mashhura

Neftni qayta ishlashning fizik usullari. 
Neftni qayta ishlash va qaynash 
harorati farqiga qarab alohida fraksiyalarga (distillatlarga) ajratish, bir bosqichli 
yoki ikki bosqichli apparatlarda amalga oshiriladi. Birinchi holda jarayon 
atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli motor yoqilg'ilari va mazut (qaysiki, 
ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil bo'ladi. Ikki bosqichli qurilmalarda neft avval 
atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg'isi va mazut olinadi. So'ngra mazutdan 
past bosimda haydab turli surkov moylari va gudron olinadi. Gudron keyin qayta 
ishlanib pyok, asfalt va neft koksi olinadi. Ikkala bosqichni birlashtirish katta 
iqtisodiy samara beradi va bunday qo'shma apparat atmosfera - vakuumli 
quvursimon qurilma (AVQ) deyiladi. AVQning muhim sxemasi 95- rasmda 
berilgan. Unda neft nasos bilan quvursimon issiq almashtirgichlarga navbat bilan 
ko'tarib beriladi, u yerda 170—180°C gacha qizdiriladi, so'ngra quvursimon 
pechga o'tib 320°C *gacha qizib suyuq va bug' holatda rektifikatsiya kilonnasining 
ostki qismiga boradi. U yerda bug'lanadi va bug' mazutning suyuq qismidan 
ajraladi. 
Bug' yuqoriga ko'tarilib, fraksiyalarga: solyar moylari (300-350°C, 5 %), 
kerosin (200-300°C, 19 %), ligroin (160-200°C, 8 %)ga ajraladi. Bu fraksiyalar 
sovitilgach, yig'gichlarga borib to'planadi. Benzin (170°C gacha 15 %) 
kolonnaning yuqori qismidan bug' holatda chiqarib olinadi va awal issiq 
almashtirgichdan (toza neft bilan) so'ngra kondesatorda kondensatlangan suyuq 


holda suvda ajratish uchun tindirgichga oqib o'tadi. Olingan benzinning bir qismi 
yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug'larini kondensatlash uchun kolonnani 
sug'orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan 
neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash haroratini pasaytirish uchun o'tkir bug' 
kiritiladi. 
Birinchi kolonnaning ostidan oqib chiqqan issiq mazut (55%) 270—280°C 
haroratda quvursimon pechga olib boriladi. U yerda 400—420°C gacha qiziydi va 
8-11 KPa bosimda vakuum ostida ishlovchi 4- kolonnaga yo'llanadi. Kolonnaning 
ostgi qismidan qattiq qizigan bug' kiritiladi. Bug' avval gudrondan ajraladi, keyin 
yuqoriga ko'tarilib silindr, mashina va vereten moyi fraksiyalarga ajraladi. Ular 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə