Bmi mashhura


 NEFTNI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bmi mashhura

2.3. NEFTNI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY
USULLARI 
Neftni qayta ishlash sanoatida neft uch tipda qayta ishlanadi; yoqilg'i olish 
bilan boruvchi (motor va qozon yoqilg'isi olinadi), yoqilg'i-moy olish bilan 
boruvchi (xom motor yoqilg'isi ham surkov moylari olinadi), neft-kimyoviy qayta 
ishlash (yoqilg'ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi). 
Qayta ishlashning bu uchala turi ham fizik va kimyoviy usullar bilan amalga 
oshiriladi. 
Fizik usullar. 
Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi 
komponentlarning fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi
adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft 
tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan fraksiyalarni ajratishda, 
uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual 
birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va 
past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi. 
Kimyoviy 
usullari. 
Heft 
va 
neft 
mahsulotlari 
tarkibidagi 
uglevodorodlarning harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta'sirida 
chuqur strukturaviy o'zgarishga asoslangan. Bu usullar juda muhim neft 
mahsulotlarini miqdorini ko'paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarini 
sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish, uchun, ayrim 
individual gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xomashyolarini 
(vodorod, sintez-gaz, atsetilin, alkenlar, diyenlar va boshqalarni) olish maqsadida 


qo'llaniladi. Sanab o'tilgan usullardan neft mahsulotlarini termik va katalitik 
krekinglashning turli xillari eng ko'p qo'llaniladi. 
Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlovchi apparatlar jarayonning 
uzluksizligini, asosiy mahsulotning yuqori unumda chiqishini, iqtisodiy 
samaradorlikni, katta mahsuldorlikni ta'minlashi kerak. Neftni qayta ishlovchi 
apparatlarni uch guruhga bo'lish mumkin: xomashyoni qizdirishni va o'zgarishni 
ta'minlovchi pechlar va reaktorlar, mahsulotlarni bir-biridan ajratish uchun 
rektifikatsiya kolonnalari (ustunlari), issiqlikni bekorga chiqib ketmasligi ya'ni, 
undan foydalanish uchun (utilizatsiyalash uchun) hamda sovitilishi kerak bo'lgan 
mahsulotlarni sovitish uchun issiq almashtirish apparatlari. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə