Bmi mashhura


 NEFT VA TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASH, GAZ



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bmi mashhura

2.2. NEFT VA TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASH, GAZ
QAZIB OLISH USULLARI
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim 
zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib 
borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan 
foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik 
faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak 
qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari 
konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. 
Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga 
uchraydi. 
 


Neft va tabiiy gaz qazib olish usullari 
Neft va gaz qazib olish uchun yer yoki tog' jinslari maxsus burg'ulovchi 
qurilmalar (burovoylar) yordamida diametri 150—250 mm bo'lgan burg'u 
quduqchalar qaziladi. Burg'ulash qurilmasining balandligi 54 m. Burg'ulash 
qanday usulda olib borilmasin quduq chuqurlashib borgan sayin uzunligi 4,5 m va 
diametri 168 mm li quvurlar bir-biriga ulanib uzaytirib borilaveradi. Burg'ulash 
jarayonida hosil bo'lgan maydalangan jinslar quduqdan yuvuvchi suyuqlik (loyqa 
eritma) yordamida chiqarib tashlanadi. Qazish ma'lum chuqurlikka yetgach, 
maxsus foydalanish quvuri o'rnatilib, quvurning tashqi tomoni sementlab 
tashlanadi.
Keyingi qazish ishlari diametri foydalanish quvuridan kichik bo'lgan quvur 
yordamida amalga oshiriladi va shu yo'sinda kerakli chuqurlikkacha qazib boriladi. 
So'ngra oxirgi quvur ham sementlanadi. Eng yirik tepa qismi ham armatura 
yordamida mahkamlanadi. So'ngra mahsuldor portlatish yo'li bilan ochiladi. 
Keyingi yillarda qazish ishlari qiya holda ham amalga oshirilgan. Bu usul juda 
foydali bo'lib, burovoy o'rnatish mumkin bo'lmagan joylarda ham (masalan, dengiz 
osti, aholi yashaydigan joylar, qurilishlari bo'lgan joylar) qazish ishlarini olib 
borish imkonini beradi. 
Odatda neft va gaz yer ostida joylashgan chuqurligi, harorati va boshqalarga 
bog'liq holda 1—50 MPa bosim ostida bo'ladi. Kon ochilgan boshlang'ich 
davrlarida neft quduqdan yer yuzasiga o'zi otilib chiqadi. Neft qazib olishning 
bunday usuli 
fontan usuli 
deyiladi. Barcha gaz quduqlaridan foydalanish yer 
qatlamlarining bosimi tufayli fontan usulida olib boriladi, neft olinavergach 
qatlamdagi bosim kamayadi. So'ngra majburiy yo'l bilan chiqarishga o'tiladi. 
Majburiy yo'llarga: quduqqa nasos tashlab chiqarish va kompressor usullari 
kiradi. Quduqqa nasos tashlab chiqarish usulida, quduq diametridan kichikroq 
diametrli uchiga nasos o'rnatilgan quvur quduqqa tashlanadi va nasos neftni 
yuqoriga chiqarib beradi. Kompressor usulida quduqqa katta bosimda neft gazlari 
yoki havo yuboriladi. Gazlar o'zi bilan neftni ham olib chiqadi. Ayniqsa, yer ostiga 
neft qatlamlariga gaz yoki havo yuborib katta bosim hosil qilish usuli keng 


qo'llaniladi. Bu usullarni qo'llash bilan kondagi neftning 50 % ni olish mumkin. 
Neft kamaygan konlardan foydalanish uchun yer osti neft qatlamlariga turli usullar 
bilan ta'sir ko'rsatadilar. Masalan, gidravlik usulida (suv yuborib), kislota bilan 
ishlov berish, burg'u quduqlariga bug' yuborish yoki issiq suv yuborish yoki yer 
ostida neftning ozroq qismini yoqish va boshqalar. Bu usullarni qo'llash neft 
chiqarishni 80—90 % ga yetkazadi. 
O'zbekistonda Farg'ona neft konlaridan foydalanish asosan XX asrning 
dastlabki yillaridan boshlangan. Dastavval Chimyon (1904-yil), keyinchalik 
Moylisoy, Selroxa, Neftobod (1934 - yil) Andijon neft konlari ishga tushirildi. 
Farg'ona vodiysida 30 dan ortiq neft konlari bor. Buxoro, Sirdaryo va 
Qashqadaryodagi Povontosh (1944-yil), So'x, Xaudag (1944- yil), Lalmikor, 
Kakaydi (1939- yil), Uchqizil (1940), Sariton (1956), Muborak, Qoraxitoy, 
Ayzovod, Qorabair va boshqa neft konlaridan neft qazib olinmoqda. 
Neft qazib chiqarish yildan-yilga o'sib bormoqda. Respublikamiz 
mustaqillikka erishgach ikkita juda yirik neft koni: Namangandagi Mingbuloq va 
Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq neft konlari topildi. Ularning har qaysisidan yilida 
5—6 mln tonna neft qazib olish mumkin. Ushbu konlar bazasida respublikamizda 
hozircha yakka-yu yagona bo'lgan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (1906 yil) 
rekonstruksiya qilinadi va yiliga 5-6 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega 
bo'ladi. Buxoroda (Qorovulbozorda) ham yangi qudratli Fransiya texnologiyasi 
asosida eng zamonaviy neftni qayta ishlash zavodi qurilib, 1997 yilda ishga 
tushiriladi. Bu zavod yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega. Har 
ikkala zavod to'la quvvat bilan ishlay boshlagach respublikamizining neft 
mahsulotlariga bo'lgan talabi toia qondiriladi va chetdan benzin va boshqa neft 
mahsulotlari sotib olishga ehtiyoj qolmaydi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə