Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bmi mashhura

Tadqiqot obyektlari: 
Magistrlik dissertatsiyasi uchun tadqiqot ob’yekti 
sifatida Respublikamizda mavjud neft va gaz konlari, neft va neftni qayta ishlash, 
benzin uning oktan soni, neftni reforminglash, neftni aromatlash, O’zbekistonda 
neftni yirik ishlab chiqarish majmualari: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 
Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, neft va neftni 
qayta ishlash mahsulotlari sifati va samaradorligini oshirish borasida O’zRFA 
akademigi M.F.Odidova va O’zRFA umumiy va anorganik kimyo instituti 
akademigi Z.S.Salimov va boshqa olimlarning ishlari ko’rib chiqildi va o’rganildi.
 
Dissertatsiyaning tuzilishi: 
Dissertatsiya ishi 76 betda yozilgan bo’lib, 
uning tartibi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 
tashkil topgan bo’lib, 3 bobdan iborat. Ishga oid jadvallar, tablitsalar va rasmlar 
o’z aksini topgan. 


1.4. MAVZUNI O’RGANILISH DARAJASINING QIYOSIY
TAHLILI 
 
I.R.Asqarov, 
N.X.To’xtaboyev, 
K.G.G’opirov. 
“Kimyo”. 
T, 
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Davlat ilmiy nashriyoti. 2006 yil.
Mazkur adabiyot O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlangan bo’lib, neft 
va tabiiy gazlar to’g’risida ma’lumot berilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda gaz 
zahiralari esa 2 trillion kubometrga yaqin bo’lib, 160 dan ortiq neft konlari 
mavjudligi, neft va gaz konlarini 5 ta asosiy mintaqada olinishi, respublikamizda 
neft va gazni qayta ishlaydigan zavodlar haqida fikr yuritilgan. 
B. Umarov. Organik kimyo. 
Mazkur adabiyot O’zbekiston Respublikasi 
Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Bunda, tabiiy gaz, 
neft, neft tarkibi, uning fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy tavsifnomasi. 
Dunyo miqyosida neft va tabiiy gazlardan faqatgina benzin, kerosin kabi 
yonilg’ilar emas, balki plastmassalar, spirt kauchuk va boshqa sintez mahsulotlari 
ham olinadi. Bugungi kunda ishlab chiqariladigan organik sintez mahsulotlarining 
95% neft va tabiiy gazdan 5% esa ko’mir, slanes, torf va yog’ochdan olinib, qazib 
olinadigan neft va uning mahsulotlarining qariyib 5% kimyoviy qayta ishlanishi, 
shuning uchun kimyo sanoatining asosiy xomashyosi sifatida yanada kengroq 
foydalanish undan sintetik neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarishni taqoza etishi 
to’g’risida fikr yuritilgan. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə