Bmi mashhura


Dissertatsiyaning vazifalari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bmi mashhura

Dissertatsiyaning vazifalari:
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish 
jarayonida:
Kirish qismida:
Mаvzuning dоlzаrbligi, dissertatsiyaning maqsad va 
vazifalari, mavzuning аmаliy аhаmiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot obyektlari, 
predmeti va hokazo jarayonlarni o’rganish;
Asosiy qism 2 bobda
:
O’zbekiston kimyo sanoatining o’ziga xosligi, neft va 
tabiiy gazni qayta ishlash, qazib olish usullari,
 
n
eft va neft mahsulotlarini 
kimyoviy qayta ishlash usullari.
 
Asosiy qism 3 bobda:
Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil 
topgan bo’lib, nihoyatda murakkab tarkibga ega ekanligi, uning tarkibi 
o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, 
oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kirishi, neft konlari, neft va uni qayta 
ishlash 
va undan samarali foydalanish masalalari, muammolari, yechimlari va
istiqbollarini tahlil qilish;
Xulоsа qismida: 
Respublikamizdagi bir necha xil qazilma boyliklaridan 
foydalanish va uni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqishga mahalliy xom 
ashyolardan samarali foydalanish. Jumladan, neft, gaz va boshqa yoqilg’i 
manbalari bor bo’lgan xomashyolardan oqilona foydalanish, Respublika kuch-
quvvatini mustahkamlash va el-yurt farovonligini oshirish kabi bilimlarni 
o’rganish yuzasidan xulosalar, ishlab chiqarish va amaliyotga tаkliflar hamda 
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini keltirishdan iborat edi. 
Mavzuning amaliy ahamiyati. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 


barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi 
texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga 
katta ahamiyat berdi
2
".
Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik 
bazaga ega. O’rganilgan gaz bazasi salkam 2 trillion kubometr, ko’mir zahirasi
2 milliard tonnadan ortiqdir. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft, gaz
va kondensat zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya
manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya 
sarflashning eng foydali sohalaridan biridir. 
Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari
bor. Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli
hududlar hisoblanadi.
Beshta asosiy neft – gaz mintaqsini; Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy – 
G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Neft resruslari bo’yicha umumiy imkoniyat 4 milliard tonnadan ortiq. Gaz
kondensati bo’yicha 630 million tonna, tabiiy gaz bo’yicha salkam 5 trillion
kubmetrni tashkil etadi. Neft va gaz resruslarining zahiralari qiymati bir
tirilliondan oshib ketadi. 
Sho’rtan gaz -kimyo majmuida olingan propandan respublika rezina texnika
va avtomabil sanoati uchun zarur bo’lgan nitril – aksil kislotasi , nitron tolasi
olish uchun tegishli texnologiyalar joriy etish uchun foydalanish mumkin. 
-Respublikada gaz transportining keng shaxobchali tizimi vujudga kelgan. U MDH
mamlakatlari gaz quvurlarining yagona tizimiga chiqadigan umumiy uzunligi 12 
ming km bo’lgan to’qqizta magistral gaz quvurlarini o’z ichga oladi. 
Hozirgi kunda O’zbekistonning davlatlararo magistral gaz quvurlari
Turkmaniston–O’zbekiston–Qozog’iston–Xitoy 
va O’zbekiston–Afg’oniston–
2
I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari.


Pokiston gaz quvirlari qurilishida ishtirok etish masalasi ko’rib chiqildi va 2012 
yilning may oyida shu quvurlarning ochilish mavzusida konfrensiya bo’lib o’tdi.
-Qashqadaryo neft va gaz kabi qimmat baho xom ashyolarning ulkan zahiralari
bilan dunyoga mashhurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
tabiiy gazning 88% i neftning esa 92% Qashqadaryo hududidan qazib 
olinayotganidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.
-Sho’rtan gaz – kimyo majmiyi nafaqat Qashqadaryo zaminida, balki yurtimizning
boshqa mintaqalari va hududlarida yangi–yangi ishlab chiqarish tarmoqlarining
vujudga kelishiga va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Eng muhimi, bu ulkan
korxona mamlakatimiz sanoat bilan birga nihoyatda zarur bo’lgan xom ashyosi, 
plyonka, syultirilgan gaz suv va gaz quvurlari, boshqa ko’plab texnik
uskunalar, uy – ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarib, davlatimizning iqtisodiy
qudratini oshirishga salmoqli hissa qo’shadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə