Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bmi mashhura

Reaktiv yoqilg'ilar. 
Hozirgi zamon aviatsiyasida havo turboreaktiv 
dvigatellar qo'llaniladi. Bunday dvigatellarda yoqilg'i sifatida qaynash harorati 
150—280° С bo’lgan kerosin fraksiyasi ishlatiladi. Tovushdan tez uchar 


samolyotlarda esa (ular juda balandda uchadi) qaynash harorati 195—315°C 
bo’lgan kerosin fraksiyalari ishlatiladi. Reaktiv yoqilg'ilar smola hosil qilish 
xossasiga ega bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlar yoqilg'i sistemasini ifloslovchi 
(tiqilib) qolishiga sababchi bo’ladigan kristallanuvchi parafinlar saqlamasligi 
kerak. Aromatik uglevodorodlar qasmoq hosil qilishga moyil bo’lganligi hamda 
gigroskopikligi uchun kamroq bo’lishi kerak. Muzlash harorati esa — 60°C dan 
kam bo'lmasligi lozim. 
Qozon yoqilg'isi sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari gaz, neft, mazut va 
boshqalar ishlatiladi. Ular teplovozlarning, paroxodlarning issiqlik elektr 
stansiyalarining, sanoat pechlarining o'txonasida yoqiladi. Surkov moylari 
harakatdagi qismlarni bir-biriga tegib joylarining ishqalanishini kamaytirish 
maqsadida 
qo'llaniladi. 
Bunda 
ishqalanlshga 
kam 
energiya 
sarflanadi, 
mexanizmlarning mustahkamligi ta'minlanadi, ularning yedirilishining oldi olinadi. 
Surkov moylari qo’llanish sohasiga qarab: industrial (vereten, mashina 
moylariga) ichki yonuv dvigatellari moylari (avtollar va aviatsiya moylari), 
transmission (dvigatelning harakatini yoki aylanishini g'ildirak va tasmalar orqali 
boshqa mexanizmlarga uzatuvchi qurilmalar uchun), turbina, kompressor va 
maxsus maqsadlar uchun qo'llaniladigan moylarga bo'linadi. Surkov moylarining 
sifati ularning surkash qobiliyati, qovushoqligi, qotish va yonish harorati 
barqarorligi, zichligi kabilar bilan belgilanadi. 
Neftni qayta ishlashga tayyorlash. 
Neft quduqlaridan qazib olingan neft 
tarkibida erigan gazlar, suv va mexanik aralashmalar — qum va tuproq ushlaydi. 
Shuning uchun neft konlarida va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Neft 
kondan maxsus quvurlar orqali po'latdan yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz 
ajratgich) oqib keladi. U yerda neftning bosimi va oqimi kamayganligidan unda 
erigan gazlar (yo'ldosh gazlar) ajralib chiqadi. Bir vaqtning o'zida neft 
tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman ajraladi. 
Mineral tuzlarni ajratish uchun neft yumshoq va issiq suv bilan yuviladi. 
Neft suv bilan mustahkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun ham tindirish yo'li 
bilan suvni to'liq ajratib bo'lmaydi. Suvni va tuzni neftdan to'liq ajratish turli 


termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarni qo'llash bilan amalga oshiriladi. 
Elektrotuzsizlash qurilmalarida shunday ishlov berish natijasida neft tarkibida suv 
0,1 % gacha, tuz esa 70-100mg/l gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach, 
stabillanadi. Ya'ni oson qaynovchi butan-pentanli fraksiya (qisman geksan 
fraksiyasi) haydab ajratib olinadi. Bu operatsiya natijasida neftni saqlash va tashish 
jarayonida yengil uglevodorodlar yo'qolishining oldi olinadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə