Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni



Yüklə 90,27 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü90,27 Kb.
#137736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bo`G`in va uning turlari reja kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek-fayllar.org

1.3.BO`G`IN TIPLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Bo'g'in tiplari quyidagilarga bo'linadi: 1) berkitilgan bo'g'in. U undosh bilan boshlanadi: olti so'zining ikkinchi bo'g'ini (-ti); 2) berkitilmagan bo'g'in.
U unli tovush bilan boshlanadi: oltiso'zining birinchi bo'g'ini (ol-)\ 3) yopiq bo'g'in. U undosh bilan tugaydi: о/r/so'zining birinchi bo'g'ini (ol-)\ 4) ochiq bo'g'in. U unli bilan tugaydi: oltiso'zining oxirgi bo'g'ini (-ti). Tasnifning bu turida o-ta, o-na so'zlaridagi bir unlidan iborat bo'g'in, shuningdek, tartib, maktab so'zlaridagi «undosh+unli+undosh» (CVC) tipidagi bo'g'inlar nazardan chetda qolgan.
Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo'g'in tiplari tasnifining boshqa ko'rinishlari ham uchraydi. Masalan, M.M. Mirtojivev bo'g'in tiplarini shunday tasnif qiladi: 1) ochiq boshlanuvchi ochiq bo 'g'in: a+na, o+na, i+liq kabi so'zlarning birinchi bo'g'ini: 2) ochiq boshlanuvchi yopiq bo'g'in: ol+tin, il+gak, as+liy, ars+lon kabi so'zlarning birinchi bo'g'ini; 3) yopiq boshlanuvchi yopiq bo'gin: bor+moq, qiy+shiq, non+voy, ras+som kabi so'zlarning barcha bo'g'inlari; 4) yopiq boshlanuvchi ochiq bo'g'in: da+la, qo+ra, sa+ra kabi so'zlarning barcha bo'g'inlari. M.M. Mirtojiyev unli va undoshlardagi ovoz va shovqin miqdori har xil bo'lishini nazarda tutib, bo'g'inning akustik tasnifmi ham beradi.
U shunday deydi: «Unli va undosh tovushlar tarkibida, bizga ma'lumki, un va shovqin miqdori turlichadir. Agar ularni ball tizimiga asoslangan bhkala bo'yicha hisoblasak, unlilar 4 ball, sonorlar 3 ball, jaranglilar 2 ball, jarangsizlar esa 1 ball deb qaralishi mumkin. Shunga ko'ra bo'g'in tovushlarini tavsiflasak, bo'g'inlar har xil turlarga bo'linadi. Albatta, bunda bo'g'inning boshi va oxiri nazarda tutiladi: 1) silliq bo'g'in (bo'g'in boshi va oxiri yo'q, kesilgan holatda).
Masalan, a+e+ro+plan so'zining birinchi va ikkinchi bo'g'inlari shunday; 2) kuchayuvchi bo \g'in (yopiq boshlanuvchi ochiq bo'g'in tiplari nazarda tutiladi). Masalan, та, de, shu, bu so'zlarini tarkib toptirgan bo'g'in shunday; 3) pasayuvchi bo'g'in (ochiq boshlanuvchi yopiq bo'g'in tiplari nazarda tutiladi). Masalan, ot, ol, it, et kabi; 4) kuchayuvchi-pasayuvchi bo'g'in (to'la, ya’ni yopiq boshlanuvchi yopiq bo'g'in tiplari nazarda tutiladi). Masalan, ko'z, non, bir, tur kabi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, bri+ga+dirso'zining birinchi bo'g'ini ham kuchayuvchi bo'g'in deb qaraladi. Ammo uning bo'g'in boshi ikki undoshdan iborat. Shunga qaramay ular ball shkalasiga ko'ra har xil, ya’ni 2-3-4 deb olinadi. Unda tovushlar kuchayib borganligi kuzatiladi...» [16, -43-44]. Ilmiy adabiyotlarda bo'g'in tiplari tasnifining yana boshqa turlari ham bor.
Xususan, taniqli fonetist A. Mahmudov bo'g'inlami quyidagicha tasnif qiladi: 1) to'la ochiq bo'g'in. U faqat unlidan iborat bo'ladi: a+na, a+ka, o+pa so'zlarining birinchi bo'g'ini; 2) to'la yopiq bo'g'in.
Bunday bo'g'in undosh bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi: tar-tib, tar-vuz so'zlaridagi barcha bo'g'inlar; 3) boshi yopiq bo'g'in. Bunday bo'g'in undosh bilan boshlanib, unli bilan tugaydi: bo+la, ta+na so'zlaridagi barcha bo'g'inlar; 4) oxiri yopiq bo'g'in. Bunday bo'g'in unli bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi: or+tiq, o ‘r+ta so'zlarining birinchi bo'g'inlari. Muallif to'la yopiq bo'g'in strukturasi 7 xil bo'lishini ta’kidlaydi: 1) CVC — bet, kuch; 2) CCVC — Qrim, plan; 3) CVCC — qirq, hind; 4) CCVCC - Dnepr, sport; 5) CVCCS - tekst, punkt; 6) CCCVC — shtraf, skver; 7) CCVCCC - Dnestr, Bratsk.
Boshi yopiq bo'g'in uchga bo'linadi: I) CV - bu; 2) CCV —drama, smena so'zlarining birinchi bo'g'ini: 3) CCCV - Brno kabi. Oxiri yopiq bo'g'inning to'rt xil bo'lishi aniqlanadi: 1) VC — o'q, el,uy; 2) VCC — ayt, ilm, ark; 3) VCCC - Omsk; 4) VCCCC — Ernst. Shunday qilib, muallif o'zbek tilidagi bo'g'inlar o'n besh strukturada ifodalanayotganligini ko'rsatadi. Bunda o'zbek tilining o'z va o'zlashgan qatlam so'zlari birga qaralgan.
  • O`zbek tilida bo`g`inlarning quyidagi tiplari mavjud:


  • Bir unlidan iborat bo`g`in: Chizmasi V (V lotincha «vokalis» unli, S


«consonant» undosh degan ma`noni bildiradi) o-na,


  • Bir unli bir undoshdan iborat bo`g`in: SV yoki VS ol-ma…


  • Bir unli ikki undoshdan iborat bo`g`in: SVS, VSS, SSV suv-lar, ayt, erk, ilm, ost, sta-kan, pre-zi-dent…


  • Bir unli uch undoshdan iborat bo`g`in: SVSS, SSVS stol, stul, fikr, hukm, qasr….


  • Bir unli to`rt undoshdan iborat bo`g`in: SSVSS, SVSSS, VSSSS – punkt, trans-port, tekst, front, ernst…


Aytib o`tish kerakki, sanalgan bo`g`in tiplaridan V, SV, VS, SVS largina o`zbekcha so`zlar tarkibida uchraydi. Qolganlari tilimizda qo`llanadigan o`zlashma so`zlar tarkibida kuzatiladi.





Yüklə 90,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə