Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni



Yüklə 90,27 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü90,27 Kb.
#137736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bo`G`in va uning turlari reja kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek-fayllar.org

2.2. SINTAGMA URG'USI
Sintagma urg'usi — nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo'lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo'llangan urg'u.
Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi.
Sintagma urg'usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo'lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida ko'rib chiqaylik: «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fiiqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir.
Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g‘oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi.» (Prezident I. Karimovning 1995-yil fevral oyidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruzasidan). Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor:
1. «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir».
2. «Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi».
Har bir gap nutqning fonetik bo'linishida bir frazaga teng bo'lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma'lum bo'ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita - intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo'linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar - sintagmalar bor: a) «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi»;b) «yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir».
Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg'u (sintagma urg'usi) bilan yakunlangan bo'lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi «maqsadi» so'zining so'nggi bo'g'ini ochiq bo'lib, bu bo'g'indagi «i» unlisi cho'ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg'u), tovush toni ko'tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgaq (zarb belgisi), bu hoi shu sintagmaning ma’nosini alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg'usidan so'ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan.
Sintagma urg'usining o'rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o'zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor — Dilbaming onasi. (Bu shifokor — ega sostavi; Dilbaming onasi — kesim sostavi). Bu — shifokor Dilbaming onasi. (Bu — ega, shifokor Dilbaming onasi — kesim sostavi).
Fonografema tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: a fonografemasi «а» fonemasini, z fonografemasi «z» fonemasini ifodalagani kabi. Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo'lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo'shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monografibir harfli fonografema) va poligmf (ko'p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflaro'z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to'rt harfli shakllarda bo'lishi mumkin. Hozirgi lotin o'zbek yozuvida ng, sh, ch poligraflari mavjud. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi46. Fonografemaning mazmun planida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo'lishi mumkin.
Chunonchi, o'zbek yozuvidagi o4 fonografemasining rxiazmun planida bitta «о‘» fonemasi (o'zbek tilining lablangan, o'rta keng unlisi), q fonografemasining mazmun planida bitta «q» fonemasi (o'zbek tilining chuqur til orqa «q» undoshi) kodlashtirilgan. Bular grafemikada monofonemali grafemalar deb nomlanadi47; o'zbek yozuvidagi о va j fonografemalarida esa boshqacharoq holat kuzatiladi: о fonografemasining mazmun planida ikkita fonema — o'zbek tilining quyi keng «о» unlisi (ota so'zi boshidagi fonema) va rus tilining o'rta keng, lablangan «о» unlisi (tonna so'zining urg'uli bo'g'inidagi «о» fonemasi) kodlashtirilgan; j fonografemasining mazmun planida ham ikkita fonema — sirg'aluvchi j (jurnal so'zi boshidagi undosh) va qorishiq «j» (dj) (juda so'zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Bunday fonografemalar grafemikada bifonemali grafemalar deb yuritiladi.
Fonografemalarning monograf, poligraf, monofonemali va polifonemali xarakterda boMishi ularning paradigmatik tavsifiga xosdir. Sintagmatik tavsifda (yozma nutq oqimida) esa grafemalarning yana bir qator xususiyatlari borligi ko'zga tashlanadi. Xususan, ong, mingso'zlaridagi n va g harflari bir tovushni (sayoz til orqa «г|» ni), menga, sengaso'z shakllarida esa shu ikki harf bir «г|» ni emas, ikki tovushni («п» va «g»ni) ifodalamoqda.
Shunga ko'ra, ong, w/>7g so'zlaridagi ng digrafi sintagmatik planda analitik grafema (yozma nutq oqimida ikki harf bir tovushni ifodalagani uchun), menga, sengaso'z shakllaridagi n va g harflari esa oddiy grafemalar (yozma nutq oqimida ikkita boshqa-boshqa tovushni ifodalagani uchun) hisoblanadi; Kirill o'zbek yozuvidagi e monografida esa boshqacharoq holat (grafik qoida) kuzatiladi: u so'z yoki bo'g'in boshida bir yo'la ikki fonemani — «й+э» ni ifodalaydi, demak, sintetik xarakterdagigrafema sanaladi (mas., елканso'zida), boshi yopiq yoki to'la yopiq bo'g'in tarkibida esa e monografi bitta «е» unlisining o'zini ifodalaydi, demak, oddiy grafema xarakterida (bir tovushga bir harf munosabatida) bo'ladi (mas., менso'zida). Bu hoi turli fonetik-grafik pozitsiyada qo'llangan э va e grafemalari o'rtasida sinonimik munosabatni ham shakllantiradi.
Qiyos qiling: экин(э-«е») — текин (э-«е»). Bu ikki so'zda ifoda plani (shakli) har xil bo'lgan э va e grafemalari bitta «э» unlisini ifodalagan. Bunday holni парад \ а наряд (a va я = «а»), судva салют (у va ю = «у»), флот va слёт (о va ё = «о») so'zlari tarkibidagi grafemalar sinonimiyasida ham ko'ramiz. Bular rus grafikasiga asoslangan o'zbek yozuvi fonografemalarining strukturaviy va funksional, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ancha murakkabligidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkin: 1. Yangi (lotincha) o'zbek yozuvida ham, kirill o'zbek yozuvida bo'lganidek, monograflar ko'pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati yozma nutq oqimida oddiy grafema sifatida qatnashib, harf va tovush aloqasida simmetriyani - «bir tovushga bir harf» munosabatini ta’minlaydi.
Qiyos qiling: maktab (fonemalar - 6 ta, grafemalar - 6 ta, harflar - 6 ta) - мактаб (fonemalar — 6 ta, grafemalar — 6 ta, harflar — 6 ta) kabi. Bu hoi har ikkala tizim vositasida yozish va o'qish ko'nikmalarining shakllantirilishini osonlashtiradi, shunga ko'ra yozuv amaliyotining pedagogik aspektida ijobiy baholanishi mumkin. 2. sh, ch, ng, ts kabi digraflarning (analitik grafemalarning) mavjudligi yozma nutq oqimida fonetik-grafik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Qiyos qiling: xushchaqchaq (fonemalar — 9 ta, grafemalar — 9 ta, harflar — 12 ta), shoshilinch (fonemalar — 8 ta, grafemalar — 8 ta, harflar — 11 ta) kabi. Bunday asimmetriya yozish va o'qish ko'nikmalarining shakllantirilishini biroz qiyinlashtiradi, shunga ko'ra yozuv amaliyotining pedagogik aspektida salbiy holat tarzida baholanishi mumkin.


Yüklə 90,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə