Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni



Yüklə 90,27 Kb.
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü90,27 Kb.
#137736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bo`G`in va uning turlari reja kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek-fayllar.org


Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni

BO`G`IN VA UNING TURLARI
REJA:
KIRISH
I.BOB.BO`G`INNING O`ZBEK TILIDA TUTGAN O`RNI
1.1.Nutqning fonetik bo`linishi
1.2. Bo'g'in haqida ma’lumot.
1.3.Bo`g`in tiplari haqida tushuncha.
1.4. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati
II.BOB.BO`G`IN VA URG`UNING ALOQADORLIGI
2.1.Urg`u haqida tushuncha. So`z urg`usi.
2.2. Sintagma urg'usi.
2.3.Oʻzbek tilida urgʻu va ohang
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………3
I.BOB.BO`G`INNING O`ZBEK TILIDA TUTGAN O`RNI
1.1.Nutqning fonetik bo`linishi………………………………………….5
1.2. Bo'g'in haqida ma’lumot……………………………………………8
1.3.Bo`g`in tiplari haqida tushuncha…………………………………...12
1.4. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati…………………………….15
II.BOB.BO`G`IN VA URG`UNING ALOQADORLIGI
2.1.Urg`u haqida tushuncha. So`z urg`usi……………………………..19
2.2. Sintagma urg'usi…………………………………………………...25
2.3.Oʻzbek tilida urgʻu va ohang………………………………………29
XULOSA……………………………………………………………...37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….39

KIRISH
Jamiyatimizda ro`y berayotgan qayta qurish jarayoni barcha fanlar qatori tilshunoslikning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir o`tkazmoqda. O`zbek tilshunosligining hozirgi davrda qo`lga kiritayotgan katta yutuqlari bilan birga, hali ilmiy tadqiq etilmagan ko`pgina sohalar ham mavjud. Jumladan, fonologiya va morfonologiya, intonologiya va stilistika, til matnshunosligi, semiotika (ramziy belgilar tili) kabi sohalar hanuz yetarli o`rganilmay kelmoqda.
Biz fonologiya va morfonologiya sohasidagi ko`p yillik ilmiy-tadqiqotlarimiz asosida mazkur kitobni yozishga jazm etdik. Garchand unda ko`pgina munozarali masalalar bo`lsa ham, ular kelgusida chuqurroq muhokama etish va bu sohadagi ilmiy izlanishlarni davom ettirish zarur. Fonologiyaning paydo bo`lishi nafaqat tilshunoslikda, balki barcha ijtimoiy fanlarning rivojlanishida katta burilish yasadi.
Mashhur fransuz olimi K. Levi-Strosning yozishicha: «Fonologiya ijtimoiy fanlarga nisbatan qanchalik yangilovchilik xizmatini bajargan bo`lsa, xususan, yadro fizikasi ham barcha aniq fanlarga nisbatan shunchalik xizmat qilgan»
  1. Bu fikrdan fonologiya ham yetakchi fanlar qatoriga kira olishi va undagi oppozisiya (qarama-qarshilik), korrelyasiya (bir turdagi bir necha oppozisiyalarning majmuasi),!integrasiya (bir butun bo`lib birlashuv) va neytralizasiya


(oppozisiyaning ma’lum holatda qolishi) faqat tilshunoslikda emas, boshqa ijtimoiy fanlarda, xususan, mantiq, falsafa, tarix, antropologiya va boshqalarda qo`llanib kelayotganianglashiladi.


O`z navbatida, fonema, allofon va arxifonema tushunchalari esa, falsafadagi umumiylik, xususiylik va alohidalik kategoriyalarini va dialektik qarama-qarshilik qonuniyati eslatadi. Endilikda «fonologiya yetakchi fanlarning klassik namunasidnr»
  1. Bu etakchilik fan «biio»sininimaning poydevoriga qurish mumkinligini, bilimning boshqa sohalarida uni qo`llash mumkinligini ko`rsatadi. Tilning eng quyi bosqichi bo`lgan fonologiyadagi tushuncha va atamalar, qolaversa, unda qo`llanadigan usul, uslub va qonun-qoidalartilning boshqa bosqichlarini, xususan, morfologiya, sintaksis,leksika va stilistikan ilmiy tadqiq etishda ham qo`l kelgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda oliy maktabda ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, talabalar uchun yangi, zamonaviy o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish va ular bilan o‘tkaziladigan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishni hozirgi davr kun tartibining dolzarb masalalari qilib qo‘ydi.


O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy maktab ilmiy jamoalari oldiga qo‘yilayotgan yuksak talablarning boisi ham shundadir. Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilshunosligi fani va uning barcha sohalarini, ayniqsa, “Hozirgi o‘zbek tili” kursini ana shu talablar darajasida o‘qitish, buning uchun mavjud darslik va qo‘llanmalarni yangi mazmun asosida qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilmoqda.
Chunki ular nazariy jihatdan eskirmagan bo‘lsa ham, darslik va qo‘llanmalar matnlaridagi iste’moldan chiqqan ayrim so‘z va iboralar, atamalarni almashtirish zarurati paydo bo‘ldi. [1]



Yüklə 90,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə