Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni


II.BOB.BO`G`IN VA URG`UNING ALOQADORLIGI



Yüklə 90,27 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü90,27 Kb.
#137736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bo`G`in va uning turlari reja kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek-fayllar.org

II.BOB.BO`G`IN VA URG`UNING ALOQADORLIGI
2.1.URG`U HAQIDA TUSHUNCHA. SO`Z URG`USI
Urgʻu — turli fonetik vositalar (mas, nafas chiqarishning kuchi, ovozni kuchaytirish, bugin tarkibidagi unlining choʻziq talaffuzi, ton balandligini oʻzgartirish) orqali boʻgʻin yoki soʻzni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish obʼyektiga koʻra, Urg`uning 2 turi farqlanadi: soʻz Urg`usi (lugʻaviy U.) va fraza U.si (mantiqiy U.). Ikki va undan ortiq boʻgʻinli suzlarda shu bugʻinlardan birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi suz Urg`usi deyiladi.
So`z Urg`usi, oʻz navbatida, soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi, qaysi boʻgʻinga birkitilganligiga koʻra 2 ga boʻlinadi: bogʻliq Urg`u va koʻchma (erkin) Urg`u Bogʻliq Urg`u so`zda bo`gʻinlar soni oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan Urg`udir (mas, rus tilida).
Ko`chma Urg`u affiksatsiya jarayonida soʻzda boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga siljib boradigan Urg`udir. Masalan, oʻzbek tilida so`z Urg`usi shunday: o`qit — oʻqitoʻv — oʻqituvchi — oʻqituvchilik.
Ayrim holatlarda soʻz Urg`usi maʼno farqlash vazifasini ham bajaradi: olma (feʼl) — olma (ot: meva); osma (feʼl:biror narsani osib qoyishning, bo`lishsizlik shakli) — osma(ot:tibbiyot anjomi) yoki soʻz shaklini farqlaydi: ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz — ishchi), otingiz (sizning otingiz) — otingiz (miltiqni oting) kabi.
Soʻz oxiridagi baʼzi qoʻshimchalar, yuklamalar Urg`u bolmaydi, ularda Urg`u oldingi boʻgʻinda qolaveradi. Albatta, umuman, baʼzan, doimo, hamisha, Kobil, Halima kabi oʻzlashma soʻzlarda Urg`u soʻnggi boʻgʻinda emas, undan oldingi boʻgʻinlarda ham keladi. Koʻp boʻgʻinli soʻzlarda, bosh urgʻudan tashqari, ikkinchi darajali urgʻu ham boʻladi.
Fraza Urg`usi (mantiqiy Urg`u.) sintaktik tuzilma tarkibidagi biror boʻlakni — maʼno jihatidan muhim boʻlgai nutq taktini (sintagma)ni boshqalaridan ajratib koʻrsatadi. Fraza U.si qaysi boʻlakka tushsa, oʻsha boʻlak axborot tashishdagi eng ahamiyatli boʻlak hisoblanadi. Masalan : Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtiroketdilar. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.(Huratli foydalanuvchilar, sizlardan jamoamiz nomidan iltimos qilamizki, vikipediyadagi to`gri yozilgan so`zlar va harflarni o`zgartirmasligingizni iltimos qilamiz)
Urg'u so'z tarkibidagi bo'g'inlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi yoki gaplardagi ayrim bo'laklarning, nutq oqimidagi ayrim frazalarning maxsus ohang bilan ta’kidlanishidir. Urg'u 83 muayyan til fonetik-fonologik tizimining supersegment birligi sanaladi. Tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo'lishiga ko'ra urg'uning quyidagi tiplari o'zaro farqlanadi: 1) so'z urg'usi; 2) sintagma urg'usi; 3) ayiruv (ta’kidlov) urg'usi.
So‘z urg'usi bevosita so'zga aloqador bo'lgan, so'z tarkibidagi bo'g'inlardan biriga tushadigan urg'udir. Fonetik tabiatiga, tushadigan o'rniga va harakat qilish belgisiga ko'ra so'z urg'usi har xil bo'ladi. 1. Fonetik tabiatiga ko‘ra so'z urg'usi dinamik, kvantitativ, tipik ottenkali va tonik (musiqiy) xarakterlarda bo'lishi mumkin: a) dinamik urg'u (zarb urg'usi). Urg'uning bu turi so'z tarkibidagi bo'g'inlardan birining, ayniqsa, undagi unli tovushning kuchli zarb bilan talaffuz qilinishiga asoslanadi. Kuchli zarb va baland ovoz dinamik urg'uning akustik belgisi bo'lsa, shu ovozni yuzaga keltiruvchi nutq a’zolari muskullarining kuchlanishi (tortilishi, taranglashishi) bunday urg'uning fiziologik belgisi sanaladi.
Dinamik urg'uli bo'g'inda kuchli zarbning bo'lishi uning shu so'z tarkibidagi boshqa bo'g'inlardan ajralib turishini ta’minlaydi; b) kvantitativ urg'u. Urg'uning bu turi urg'uli bo'g'indagi unli tovushning cho'ziq (davomli) talaffuz etilishi bilan xarakterlanadi; d) tipik ottenkali urg'u (sifat urg'usi). Urg'uning bu turi bo'g'indagi unlining o'ziga xos tipik ottenkasi (sifat belgisi) saqlangan bo'lishi bilan xarakterlanadi, shu belgisiga ko'ra u urg'usiz bo'g'indagi unlining notipik ottenkasidan farqlanadi; e) tonik (musiqiy) urg'u.
Urg'uning bu turini olgan bo'g'in ovoz tonining o'zgarishi bilan urg'usiz bo'g'inlardan farq qiladi. Demak, tonik urg'uda un paychalari chastotasi tezlashadi, ovoz toni esa balandlashadi. Ko'pchilik tillaming so'z urg'usida yuqoridagi fonetik (fizik-akustik) belgilardan bir nechasi birga ishtirok etadi, ammo ulardan bittasi, ba’zan, ikkitasi shu til uchun yetakchi belgi hisoblanadi. Masalan: rus tilidagi so'z urg'usida tonik (musiqiy) urg'u belgisi yo'q, qolgan belgilaming barchasi bor: cho'ziqlik mavjud , bo'g'indagi unlining asosiy sifat (akustik) belgilari saqlangan, zarb ham ishtirok etadi. Quyidagi misollarning qiyosida buni yaqqol anglab olish mumkin: a) oltin (o'zb.) va karantin (rus.), ovsin (o'zb.) va apelsin (rus.) so'zlarining barchasida oxirgi bo'g'in urg'ulidir, barcha urg'uli bo'g'inlarda «i» unlisi qatnashgan, ammo ruscha karantin, apelsin so'zlaridagi «i» unlisi o'zbekcha oltin, ovsin so'zlaridagi «i» dan cho'ziqroq talaffuz etilmoqda.
Bunday tafovutni mavzu (o'zb.) va meduza (rus.) mangu (o'zb.) va mangusta (rus.) so’zlarining urg'uli bo'g'inlaridagi 84 «и» unlisi qiyosida ham ko'ramiz. Rus tili fonetistlarining ta'kidlashicha, ruscha unli fonemalarning urg‘uli bo'g'indagi cho'ziqlik darajasi urg'usiz bo'g'indan biryarim barobar ortiqdir41; b) город (им. падеж, ед. число) - города (им.падеж, мн. число), вода (им. падеж, ед. число) - воды (им. падеж, мн. число) — воды (род. падеж, ед. число).
Keltirilgan so'zlarning barcha grammatik shakllarida lab-lab, o'rta keng «о» unlisi qatnashgan, ammo u o'zining ana shu sifat belgilarini (lab-lab, o'rta keng «о» uchun tipik ottenkalarni) faqat urg'uli bo'g'inda saqlagan, urg'usiz bo'g'inlarda esa bu belgilar o'zgarib, «о» unlisi qisqa «а» (lablanmagan, quyi keng unli) tarzida talaffuz qilinmoqda: гарада, вида, вады kabi. Unli fonemaning asosiy (tipik) ottenkasi namoyon bo'lishi uchun so'z urg'usining qanday ahamiyati borligini shu misollar tahlilidan anglab olish mumkin. Shuning uchun ham so'z urg'usining fonetik tabiatini baholashda rus tilshunoslari birinchi o'ringa sifat belgilarini (unli fonemadagi asosiy ottenkalarning saqlanish darajasini), ikkinchi o'ringa cho'ziqlik belgisini va, nihoyat, uchinchi o'ringa zarb belgisini qo'yadilar.
O'zbek tilida ham musiqiy urg'u yo'q, ammo unda cho'ziqlik belgisi va zarb bor. Bu belgilar urg'uli bo'g'inni shu so'zdagi urg'usiz bo'g'inlardan ajratish imkonini beradi. Bunda shuni ham ta’kidlash kerakki, so'z urg'usining cho'ziqlik darajasi rus va o'zbek tillarida bir xil emas: rus tilidagi so'z urg'usining cho'ziqlik belgisi o'zbek tilidagidan ko'proq darajada seziladi. Buni yuqorida oltin va karantin, ovsin va apelsin so'zlari qiyosida ham ko'rib o'tdik.
Demak, o'zbek tilidagi so z urg'usida zarb birinchi o'rinda turadi, shunga ko'ra uni dinamik urg'u deb baholash maqsadga muvofiqdir. Musiqiy (tonik, melodik) urg'u yapon. xitoy, koreys tillariga xosdir. Urg'uning bu turi boshqa fonetik belgilar. xususan. zarb urg'usi bilan aralash holda shved, norvej, serb, xorvat va litva tillarida ham uchraydi.
2. o‘rniga ko‘ra so'z urg'usi ikki xil bo'ladi: bog'langan urg'u va erkin urg'u: a) bog'langan urg'uli tillarda urg'u so'zdagi biror bo'g'inga doimiy bog'langan bo'ladi. Masalan, turkiy tillarda urg'u so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi.
Bu xususiyat o'zbek tiliga ham xos: kitob, daraxt, bola, ota, shahar kabi. Vengr va chex tillarida so'z urg'usi birinchi bo'g'inga, polyak tilida esa so'zning oxiridan bitta oldingi bo'g'inga tushadi. Bunday xususiyat yuqorida keltirilgan tillarning urg'u tizimiga xos doimiy va asosiy belgilardir;
b) erkin urg'uli tillarda urg'u so'zning turli bo'g'inlariga tushadi. Rus tili ana shunday erkin urg'uli tillar tipiga kiradi. Unda urg'u so'zning birinchi bo'g'iniga (магний, завуч), ikkinchi, uchinchi bo'g'inlariga (оратор, бактерия, одуванчик, барахолка) va oxirgi. bo'g'iniga (бандероль, пейзаж) tushishi mumkin.
Erkin urg'uli tillarda urg'uning o'rni so'z ma’nolarini farqlash funksiyasini (fonologik vazifani) ham bajaradi, ana shu funksiyasida u aksentema hisoblanadi: замок (qulf) va замок (qal a, qasr, saroy, qo'rg‘on), парить (bug'lamoq) - парить (parvoz qilmoq) kabi. Bog'langan urg'uli tillarda bu holat juda kam uchraydi: rus tilidan o'zlashgan so'z bilan o'zbek tili so'zlari o'rtasida shunday munosabat paydo bo'lganda (atlas va atlas kabi), sifatlar ravishga ko'chganda (yangi va yangi kabi) urg'uning o'rni ma’no farqlash xususiyatiga ega bo'lishi mumkin, ammo bu xususiyat bog'langan urg'uli tillar uchun yetakchi va doimiy belgi hisoblanmaydi.
3. Harakat qilish belgisiga ko'ra so'z urg'usi ko'chadigan va ko'chmaydigan turlarga bo'linadi: a) ko'chadigan urg'u muayyan tildagi so'zlarda, ayniqsa, ularning turli grammatik shakllarida bir bo'g'indan boshqa bo'g'inga o'tib turadi, demak, harakatda bo'ladi. Bu xususiyat rus tilida ko'proq uchraydi.
Masalan: загнать-загнан-загонять; задать-задал-задаш;рана-ранение kabi. Rus tilidagi urg'uning turli o'rinlarga ko'chishi hatto bir so'zning o'zida ham uchraydi: докрасна-докрасна, залитый-залитый, казаки-казаки, иначеиначе, загиб-загиб kabi. Bu xususiyat rus tilidagi erkin urg'uning xarakatchanlik belgisidir. Bunday belgi (harakat qilish, ko'chish) o'zbek tilidagi bog'langan urg'uda ham uchraydi. Masalan: temir-temirchi - temirchilikkabi.
Demak, so’z urg'usining harakat qilish, ko'chish belgisi erkin urg'uli tillarda ham, bog'langan urg'uli tillarda ham bor, ammo ulardan birida (masalan, rus tilida) ko'chish turli yo'nalishda — oldingi bo'g'indan keyingi bo'g'inga yoki, aksincha, keyingi bo'g'indan oldingi bo'g'inlarga qarab bo'ladi. Masalan: трава (urg'u so'zning oxirgi bo'g'inida) — травы (urg'u oxirgi bo'g'indan oldingi bo'g'inga ko'chgan), видно (urg'u birinchi bo'g'inda) — видать (uig'u oxiigi bo'g'inga ko'chgan) kabi. O'zbek tilidagi ko'chish esa asosan bir yo'nalishda sodir bo'ladi: urg'u o'zak oxiridan qo'shimchalarga tomon harakat qiladi.
Masalan, shaharshaharlik-shaharliklar kabi. Demak, o'zbek tilidagi so'z urg'usining harakat qilishi bu tildagi urg'uning oxirgi bo'g'inga bog'langanlik belgisiga xilof emas, aksincha, u ayni shu me’yor talabi asosida oxirgi bo'g'inga 86 ko'chmoqda. 0 ‘zbek tilida so'z urg'usining oldingi bo'g'inga qarab ko'chishi juda kam uchraydi: yangi (yangi uy) va yangi (yangi kelib-ketdi) kabi.
Bulardan tashqari, so'z ma’nolari kuchaytirilganda, bu ma'nolarga uslubiy bo'yoq qo'shish zarurati bo'lganda yuzaga keltiriladigan geminatsiya (bir xil undoshlarning qavatlanishi) hodisasida ham urg'uning oldingi bo'g'inlarga ko'chirilishi kuzatiladi: maza qilmoq — mazza qilmoq, yashamagur — yashshamagur kab\. Bunday paytlarda urg'u fonostilistik vositaga aylanadi;
b) ko'chmaydigan urg'u so'z tarkibidagi bitta bo'g'inga bog'langan bo'lib, u boshqa bo'g'inlarga o'tmaydi: rus tilidagi завод, народ, работать so'zlarining turlanishi va tuslanishida bu hodisa kuzatiladi: народ — народы — народов — народами — для народа;работать — работаю — работаешь — работает — работают — проработай — проработали kabi. O'zbek tilida bu xususiyat ayrim olmoshlaming turlanishida kuzatiladi: hamma — hammani — hammaning - hammaga — hammada - hammadan; barcha — barchani — barchaning - barchaga — barchada — barchadan kabi.
O'zbek tilidagi qo'shma va juft so'zlarda urg'u ikki va undan ortiq bo'lishi ham mumkin. Bunday paytlarda oxirgi bo'g'indagi zarb kuchliroq bo'ladi va asosiy urg'u sanaladi, qolgan uig‘ular ikkinchi darajali hisoblanadi: // / ^ ^ / // / // / kaltakesak, temirbeton, gultojixo'roz, aka -uka, qozon-tovoq kabi.
Bunday ikkinchi darajali urg‘ular, rus tilida ham uchraydi: железобетон, само произвольность, тёмно-синий kabi. So'z urg'usining til va nutqdagi roli: a) so'zning fonetik qobig'ini bir butun (kompleks) holatda ushlab turuvchi markaz bo'ladi; b) nutq oqimida so'zni boshqa so'zdan ajratib olishga yordam beradi; d) so'z urg'usining harakatchan turi so'zlarning leksik va grammatik ma’nolarini farqlashi ham mumkin; e) nutqda fonostilistik vosita bo'la oladi.
Keyingi ikki holat urg'uning fonologik va aksentologik xususiyatlari sanaladi.



Yüklə 90,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə