Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni


BO‘G‘INNING TIL VA NUTQDAGI AHAMIYATI



Yüklə 90,27 Kb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü90,27 Kb.
#137736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bo`G`in va uning turlari reja kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek-fayllar.org

1.4. BO‘G‘INNING TIL VA NUTQDAGI AHAMIYATI
  1. So‘zning, xususan, fonetik so‘zning shakllanishida "qurilish materiali" va qoliplovchi vazifalarni bajaradi.


Ayrim tillarda bo‘g‘inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funksiyasi ham bor. Masalan, koreys, vetnam, xitoy tillarida bo‘g‘in ohang turiga qarab so‘z ma'nosini farq-laydi, ayni shu xususiyati bo‘lgan tillarda u sillabema hisoblanadi.


O‘zbek tilida bo‘g‘inning bu funksiyasi nihoyatda kuchsizdir.
  1. Bo‘g‘inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor: birinchi sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatishda, ularda to‘g‘ri talaffuz va imlo ko‘nikmalarini shakllantirishda bo‘g‘inlab o‘qitish va bo‘g‘inlab yozdirish yaxshi natija beradi.


  2. Orfografiya qoidalarining bir qismi bo‘g‘in ko‘chirilishiga asosla-nadi.


  3. Bo‘g‘inning she'riyatdagi turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta'minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she'riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.


Quyidagi she'riy parchalarni qiyoslab ko‘raylik:


1. Kuy avjida uzilmasin tor,
She'r yarmida sinmasin qalam.
Yashab bo‘lmay umrini zinhor, Bu dunyodan ketmasin odam.
(E. Vohidov. "Kuy avjida uzilmasin tor").
2. She'rlarim – chechagim, hayotim, She'rlarim boylikdir, bisotim,
Yomg‘irdan namlanmas qanotim,
Oshaman bulutlar tog‘idan
! (A. Umariy . "Yomg‘irda").
Keltirilgan bu ikki she'riy parchani bir-biriga ohang jihatdan solishtirsak, ularning to‘qqizlik turkumiga mansubligi ma'lum bo‘ladi, shunga qaramay bu ikki she'rning ritmik xususiyatlari bir xil emas. Buning sababi shuki, ularning har birida bo‘g‘inlar turlicha guruhlanib kelmoqda. Qiyos qiling:
    1. Kuy avjida 4 / uzilmasin tor 5 = 9


    2. She'r yarmida 4 / sinmasin qalam 5 = 9


    3. Yashab bo‘lmay 4 / umrini zinhor 5 = 9


    4. Bu dunyodan 4 / ketmasin odam 5 = 9


    5. 2. She'rlarim 3 / chechagim 3 , / hayotim 3 = 9


    6. She'rlarim 3 / boylikdir 3 , / bisotim 3 = 9


    7. Yomg‘irdan 3 / namlanmas 3 / qanotim 3 = 9


    8. Oshaman 3 / bulutlar 3 / tog‘idan 3 = 9


O`zbek tilida bo`g`in muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ahamiyati savod chiqarishda, she`riyat o`lchovlarini tartibga solishda, satrga sig`may qolgan so`z qismlarini so`nggi satrga ko`chirishda ko`rinadi.


Bo‘g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi qatorga bo‘g’in asosida ko‘chiriladi; 2) birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g’in asosida amalga oshiriladi; 3) she’riy misralarda bo‘g’inlar soni teng bo‘ladi.
Fonografema tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: a fonografemasi «а» fonemasini, z fonografemasi «z» fonemasini ifodalagani kabi. Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo'lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo'shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monografibir harfli fonografema) va poligmf (ko'p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflaro'z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to'rt harfli shakllarda bo'lishi mumkin. Hozirgi lotin o'zbek yozuvida ng, sh, ch poligraflari mavjud. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi46. Fonografemaning mazmun planida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo'lishi mumkin.
Chunonchi, o'zbek yozuvidagi o fonografemasining rxiazmun planida bitta «о‘» fonemasi (o'zbek tilining lablangan, o'rta keng unlisi), q fonografemasining mazmun planida bitta «q» fonemasi (o'zbek tilining chuqur til orqa «q» undoshi) kodlashtirilgan. Bular grafemikada monofonemali grafemalar deb nomlanadi; o'zbek yozuvidagi о va j fonografemalarida esa boshqacharoq holat kuzatiladi: о fonografemasining mazmun planida ikkita fonema — o'zbek tilining quyi keng «о» unlisi (ota so'zi boshidagi fonema) va rus tilining o'rta keng, lablangan «о» unlisi (tonna so'zining urg'uli bo'g'inidagi «о» fonemasi) kodlashtirilgan; j fonografemasining mazmun planida ham ikkita fonema — sirg'aluvchi j (jurnal so'zi boshidagi undosh) va qorishiq «j» (dj) (juda so'zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Bunday fonografemalar grafemikada bifonemali grafemalar deb yuritiladi.
Bo‘g‘in — nutq oqimining tovushdan katta. so'zdan kiohik (ba’zan bir so'zga teng) segment birligi. Sillabema — bo'g'inning fonologik birlik sifatidagi nomi.
Sillabika — bo'g'in (sillabema) haqidagi ta’limot.
Bo‘g‘in markazi — bo'g'in balandligi, u bo'g'in tarkibidagi unliga to'g'ri keladi.
Berkitilgan bo‘g‘in - CV, CVC tipidagi bo'g'inlar.
Berkitilmagan bo‘g‘in — V, VC tipidagi bo'g'inlar. Ochiq bo‘g‘in — V, CV tipidagi bo'g'inlar.
Yopiq bo‘g‘in — VC, CVC tipidagi bo'g'inlar.
ToMa ochiq bo‘g‘in - faqat bir unlidan iborat (V tipidagi) bo'g'in.
To‘la yopiq bo‘g‘in - CVC tipidagi bo'g'in. Boshi yopiq bo‘g‘in - CV tipidagi bo'g'in.
Oxiri yopiq bo‘g‘in — VC tipidagi bo'g'in.
Silliq bo‘g‘in — faqat bir unlidan iborat (V tipidagi) bo'g'in.
Kuchayuvchi bo‘g‘in — CV tipidagi bo'g'in.
Pasayuvchi bo‘g‘in - VC tipidagi bo'g'in.
Kuchayuvchi-pasayuvchi bo‘g‘in — CVC tipidagi bo'g'in.
Ko'pchilik tillarning so'z urg'usida yuqoridagi fonetik (fizik-akustik) belgilardan bir nechasi birga ishtirok etadi, ammo ulardan bittasi, ba’zan, ikkitasi shu til uchun yetakchi belgi hisoblanadi. Masalan: rus tilidagi so'z urg'usida tonik (musiqiy) urg'u belgisi yo'q, qolgan belgilarning barchasi bor: cho'ziqlik mavjud , bo'g'indagi unlining asosiy sifat (akustik) belgilari saqlangan, zarb ham ishtirok etadi. Quyidagi misollarning qiyosida buni yaqqol anglab olish mumkin: a) oltin (o'zb.) va karantin (rus.), ovsin (o'zb.) va apelsin (rus.) so'zlarining barchasida oxirgi bo'g'in urg'ulidir, barcha urg'uli bo'g'inlarda «i» unlisi qatnashgan, ammo ruscha karantin, apelsin so'zlaridagi «i» unlisi o'zbekcha oltin, ovsin so'zlaridagi «i» dan cho'ziqroq talaffuz etilmoqda. Bunday tafovutni mavzu (o'zb.) va meduza (rus.), mangu (o'zb.) va mangusta (ms.) so'zlarining urg'uli bo'g'inlaridagi 84 «u» unlisi qiyosida ham ko'ramiz. Rus tili fonetistlarining ta’lcidlashicha, ruscha unli fonemalarning urg‘uli bo‘g‘indagi cho‘ziqlik darajasi urg'usiz bo‘g‘indan bir yarim barobar ortiqdir34; b) eöpod (mm. naaex, ejt. hhcjio) — eopoda (nM.naae>K, mh. hhcjio), eoda (mm. najiex, ejt. hhcjio) — eodbi (hm. naaex, mh. hhcjio) — eodbi (pon. naaex, ea. hhcjio).
Keltirilgan so‘zlarning barcha grammatik shakllarida lab-lab, o‘rta keng «o» unlisi qatnashgan, ammo u o‘zining ana shu sifat belgilarini (lab-lab, o‘rta keng «o» uchun tipik ottenkalarni) faqat urg‘uli bo‘g‘inda saqlagan, urg‘usiz bo'g'inlarda esa bu belgilar o'zgarib, «o» unlisi qisqa «a» (lablanmagan, quyi keng unli) tarzida talaffuz qilinmoqda: eapada, eada, eadbi kabi. Unli fonemaning asosiy (tipik) ottenkasi namoyon bo'lishi uchun so'z urg'usining qanday ahamiyati borligini shu misollar tahlilidan anglab olish mumkin. Shuning uchun ham so'z urg'usining fonetik tabiatini baholashda rus tilshunoslari birinchi o'ringa sifat belgilarini (unli fonemadagi asosiy ottenkalarning saqlanish darajasini), ikkinchi o'ringa cho'ziqlik belgisini va, nihoyat, uchinchi o'ringa zarb belgisini qo'yadilar35. O'zbek tilida ham musiqiy urg'u yo'q, ammo unda cho'ziqlik belgisi va zarb bor. Bu belgilar urg'uli bo'g'inni shu so'zdagi urg'usiz bo'g'inlardan ajratish imkonini beradi. Bunda shuni ham ta’kidlash kerakki, so'z urg'usining cho'ziqlik darajasi rus va o'zbek tillarida bir xil emas: rus tilidagi so'z urg'usining cho'ziqlik belgisi o'zbek tilidagidan ko'proq darajada seziladi.
Buni yuqorida oltin va karantin, ovsin va apelsin so'zlari qiyosida ham ko'rib o'tdik. Demak, o'zbek tilidagi so'z urg'usida zarb birinchi o'rinda turadi, shunga ko'ra uni dinamik urg'u deb baholash maqsadga muvofiqdir.
Musiqiy (tonik, melodik) urg'u yapon, xitoy, koreys tillariga xosdir.
Urg'uning bu turi boshqa fonetik belgilar, xususan, zarb urg'usibilan aralash holda shved, norvej, serb, xorvat va litva tillarida ham uchraydi.

Yüklə 90,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə