Bola huquqlari bo’yicha komissiyalar reja



Yüklə 22,37 Kb.
səhifə2/2
tarix05.01.2023
ölçüsü22,37 Kb.
#98240
1   2
BOLA HUQUQLARI BO’YICHA KOMISSIYALAR

Vakil Feruza Eshmatova hozirgi kunda Davlat rahbari Ombudsman instituti zimmasiga mamlakatimizda qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquq va manfaatlarini kafolatlash bo‘yicha qator vazifalarni yuklash bilan birga uning vakolatlarini kengaytirish masalasini ham ilgari surayotganini qayd etdi.
- Ombudsman instituti bugungi kun talabi asosida ishlashi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi. Xususan, murojaatlar bilan ishlash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jalb etilib, ariza va shikoyatlarni ijobiy hal etish, buzilgan huquqlarni tiklashda parlament, NNT va OAV bilan hamkorlikda samarali jamoatchilik nazorati yuritiladi. Murojaatlarni o‘rganish davomida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonun hujjatlarni takomillashtirish, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish samaradorligini oshirish maqsadida institutning monitoring-tahlil faoliyati kuchaytiriladi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ham OAV va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari R.Komenda ham o‘z o‘rnida inson huquqlarini taʼminlash borasida O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari xalqaro maydonda yuqori baholanayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Jahondagi Ombudsman institutlari salohiyatini baholash bo‘yicha faoliyat yurituvchi Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi Ekspertlar guruhi mamlakatimizda bo‘lib, Ombudsman instituti o‘zining xalqaro pozitsiyasini mustahkamlab, “B” maqomga ko‘tarilganligi bilan yana bir bor tabriklab, kelgusida Milliy huquqni himoya qiluvchi muassasalar Global Alyansi Akkreditatsiya bo‘yicha kichik qo‘mita tavsiyalari bo‘yicha ishlash niyatida ekanini bildirdi.
Shuningdek, 2021 yildan Vakilning qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha faoliyati kuchaytirilib, monitoring tashriflariga reja asosida OAV jalb etilayotgani haqida maʼlumot berildi.
Yüklə 22,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə