Bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 361,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix17.04.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#106001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Maruza

Falsafa va ijtimoiy pedagogika.
Falsafa inson borlig’i masalalarini o’rtaga qo’yadi va 
ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan tizimini ishlab 
chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo’limi inson va uning 
tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu 
falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi. 
Etika va ijtimoiy pedagogika.
Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining 
umumiy qonuniyatlarini, Shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va 
ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan 
tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa,
ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining boshqa muammolarini o’rganadi. 
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika.
Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va
ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fan
ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o’rgana turib ijtimoiy 
bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari: (yosh, shahar va qishloq, dam olish, 
ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan 
foydalanadi. 
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika.
Etnografiya xalqlarning 
maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining 
etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi 
qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya 
va psixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi 
ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini 
belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi 
ma’lumotlardan foydalanadi. 
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya 
ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va 
mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. Shu bilan 
birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda shakllangan tarbiya 
usullaridan Shu xalq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadida muvofiqdir. 
Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan 
doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish ham lozimdir. 
 Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika.
ijtimoiy psixologiya 
insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va 
yurish-turish qonuniyatlari, Shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham 
o’rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari 
Shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy 
pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatShunoslik) muammolarini o’rgana 


turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh 
psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. 
Shunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi 
hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar 
hisoblanadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya tomonidan 
o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya, usul va 
vositalardan ham foydalanadi. Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika o’zining nazariya, 
uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi. 
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda 
yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: 
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning 
ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning 
samaraliusullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan 
pedagogika sohasi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini 
o’rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan 
ta’minlaydigan fan sifatida ta’lif bersak ham bo’ladi 

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə