Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Ijtimoiy pedagogikaning sohalarilari va vazifalari



Yüklə 361,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix17.04.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#106001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Maruza

 Ijtimoiy pedagogikaning sohalarilari va vazifalari. 
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu 
bo’limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy amaliyoti turlaridan biri sifatida 
xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo’yicha muayyan yondaShuv va tavsiyalarni 
berish imkonini yaratadi. 
 Ijtimoiy tarbiya falsafasi
falsafa, etika, ijtimoiyogiya va pedagogika to’qnashuvidan 
kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. 
Xususan ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan 
tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar 
ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va tamoyillari ishlab chiqiladi va 
boshqalar. 
 Ijtimoiy tarbiya
ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani 
ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya 
solohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin 
bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va 
yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy tarbiya
ijtimoiyogiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyat tarbiyaviy kuchlarini 
birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin. 
 Ijtimoiy tarbiya nazariyasi
ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, 
tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya
ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy 
sub’ektlari nima ekanligini va ular o’zaro qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi. 
 Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi
guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, 
ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o’zaro 
munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi. 
 Ijtimoiy tarbiya uslubiyati
ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning 
yangi usullarini ishlab chiqadi. 
 Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti
bir tomondan jamiyatning inson 
mablag’iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi 
mumkin bo’lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu 
bo’limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi. 


Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrin bu 
vazifalarni 3 guruhga ajratib ko’rsatadi: nazariy, insoniylikka oid va amaliy. 
Nazariy vazifa 
ijtimoiy pedagogik bilimlarni to’plab zamonaviy jamiyatda 
o’rganayotgan jarayon va hodisalarining to’liq tasvirini tuzishga intilishida namoyon 
bo’ladi. 
Amaliy vazifalarga
ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va 
psixologik yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan 
bog’liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi: 
1)bola (o’smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o’zaro tuShunishga 
muhabbatni tarbiyalash; 
2)inqirozdan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo’yish, chiqish yo’llarini aniqlash, 
atrofdagilar bilan muomala qilishni o’rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash; 
3) atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq 
va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish; 
4) g’urur, mustaqillik, o’ziga ishonch hissini rivojlantirish; 
5) bola (o’smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala 
qilishga ishtiyoqni oshirish. Bunda ijtimoiy pedagogika o’z tarbiyalanuvchilarining yosh 
xususiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va 
huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat o’rtasidagi nizolarni 
yechishga o’rgatishi kerak. Bu vazifalarni yaxshilik qilish, o’z hayotini tashkil qilishni 
o’rgatish, o’ziga xosligi va iqtidorini tashkil qilishga rivojlantirishda o’z aksini topadi. 
Insonparvarlik vazifasisi
shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi
ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda 
o’z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog 
o’rtasidagi munosabatlarni qattiqqo’llik emas, o’zaro tuShunishga asoslanadi. Ijtimoiy 
pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, 
unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida tarbiyaviy, 
ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiyreabilitatsion umumlashmalarni ajratadi. 
Tarbiyaviy vazifa
bolani atrof muhitga qo’shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, 
o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishini ko’zda tutadi. 
 Ijtimoiy- huquqiy vazifa
davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning huquqiy 
himoyasini bildiradi. 
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa
-nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan 
tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog 
bajaradi. 
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi: 
1)
falokatga uchragan bola(o’smir)larga yordam ko’rsatish. Inqirozdan chiqish 
yo’llarini topish, qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlash ham muhimdir; 


2)
bola(o’smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganish; 
3)
bolani o’rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy 
tarbiya holatining tahlili; 
4)
ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ’ib qilishga 
qaratilish; 
5)
u bola(o’smir) faoliyatini o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini 
mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ; 
6)
ijtimoiy pedagog bola (o’smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, 
huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham Shug’ullanish; 
7)
ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini 
o’rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim. 

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə