Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida



Yüklə 361,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix17.04.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#106001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Maruza

 
Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida 
 Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish 
XIX asrda yevropa va Shimoliy Amerikada bo’lib 
o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “ ijtimoiy ish” deb 
nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo’lishini ta’minladi. 
G’arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy 
pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlanadi, 
biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyatlarida ko’p umumiy 
jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim so’zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda 
tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo’llab-quvvatlovchi vazifalarni 
bajarishadi. 
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga 
ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’liq. 
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor 
ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”, 
“hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogik ham ijtimoiy ishda 
qo’llanishi tasodif emas. 
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki ishchilar 
toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlaShuviga va bir-birlarini 
to’ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan, 
bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy pedagoglar 
birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o’z majburiyatlariga ega. 


Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli 
fanlardan kelib chiqishgan: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa
ijtimoiyogiyadan. 
Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog 
faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy ishchilar esa asosan
ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanishlarida namoyon bo’ladi. Bu ikki 
mutaxassisliklar Shuningdek, faoliyat ob’ekti bo’yicha ham farqlanadilar. 
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi 
muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga 
keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi mumkin. Ular ham insonga 
bog’liq bo’lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bu 
holatda ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan 
va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi. 
Shunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj 
bo’lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga 
aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir. 
Ijtimoiy ishchi yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy pedagogikada 
odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi.
 
“Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo’lishini bildiruvchi 
ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy 
xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy 
ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti. 
Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirish 
qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va Shuncha o’xshash faoliyat 
doirasidan nafaqat kundalik muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni 
qondirishga to’siq bo’ladigan muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib 
turadi. 
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) 
ko’rsatadigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko’rsatma berish jamiyatning 
yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining 
hamdardligiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy 
ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham 
ko’p emas. 
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo’ladi. Savol paydo 
bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan Shug’ullanadi? 
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tuShunishda asosiy omil 1917 yilda Meri 
Richmandning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda 
“YAxshi ijtimoiy ishchi odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan Shug’ullanmaydi, 
u kambag’allikni umuman bartaraf etish uchunnima qilish haqida o’ylaydi”,-deb 


yozilgan. Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash parofigmasi ijtimoiy ishda 
asosiy bo’ldi. 
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida 
I.Karpf (1931 yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan: 
biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, 
pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi. 
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo’llanilmoqda Avvallari bu ishga 
turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash, yerning 
yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy
ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlari, kambag’allar, nogironlar, 
aqliy ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondaShuvlar bilan 
birga yanada kengroq yondaShuvlar ham shakllandi. 
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash kelishadi. Bu
muammolarga aroqxo’rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon 
munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib 
qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni 
yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi. 
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, 
sog’liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va 
axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslaShuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o’z sohasida 
unga yordam so’rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega 
bo’lishini talab qiladi. 
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondaShuv yetakchi yondoShuvga 
aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslaShuv mos, universallik 
turli usullarni uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi. Pedagogik, ijtimoiyogik,
nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim 
o’zgarishlar ro’y berardi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga 
ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o’zida bir 
qancha inson muammolarini hal qilishdi. 
Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim 
tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya, 
Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvetsariya va Yaponiyada katta farqlarga ega. 
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda 
bilimlar zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan o’zlashtirishganlarning 
qo’shiluvidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya, 
psixologiyadan ko’p narsa olgan. Shaxs, ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila 
muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, 
submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish, murakkab tuzilmalar va turli 
madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar psixologiya va ijtimoiyogiyadan 


o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi xal 
qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi. 
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligini tuShunish kengayib 
bormoqda. Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib 
bormoqda, maxsus konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana 
samarali qo’llash masalasi muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlar 
almashuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin. 

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə