Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Ijtimoiylashuv tushunchasi



Yüklə 361,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix17.04.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#106001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Maruza

Ijtimoiylashuv tushunchasi 
“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-
iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylaShuvi ma’nosini 
anglatgan. 
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy__ nazariyasi” (1987) 
kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings 
hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini 
rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. 
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida 
o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining 
tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoShuvga ajratish imkonini beradi: 
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida 
qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) 
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy 
holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. 
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tuShunishning hozirgi talablariga ikkinchi 
yondaShuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning 
madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi. 
Ijtimoiylashuv jarayoni 
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy 
moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo 
bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini 
namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va 
vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallaShuvi ro’y beradi. Bu 
hodisa Shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari 
individual, faqat Shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-
turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi 
ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba 
madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga 


kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) 
va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni 
inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va 
ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
 
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. 
Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish 
jarayoni va natijasidir. IndivuallaShuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan 
ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj: 
a) o’z qarashlariga ega bo’lish; 
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish; 
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga 
xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi. 
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalaShuv jarayonlari 
o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlaShuvi ro’y beradi. Shu bilan 
birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. Shunday qilib, 
muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallaShuv o’rtasida muvozanat 
saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: 
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal 
olish. 
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-
atvor me’yorlarini o’zlashtirish. 
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z 
ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish. 

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə